Олий таълим тизимидаги бугунги ўзгаришлар ҳақида фикрингиз қанақа?

Сизнингча, янги вазир Абдуқодир Тошқулов тизимда ижобий ўзгаришлар қила оладими?

❗️Таклиф беринг: янги вазир энг аввало ишни нимадан бошлаши керак ва олий таълим тизимида нималарни ўзгартириш талаб этилади?


👉 @xushnudbek 👈

1869 comments

Show 100 more comments
Buni vaqt kursatadi, lekin biz Oliy ta'limni keskin islox qilishimiz kerak, ushanda rivojlanishimiz juda xam tezlashadi.
Bakalavirda agrarda o'qib, magistirga psixologiyaga topshirish yoki boshlang'ichdan uzletga perivoar yoki shunga o'xshagan yo'nalishlarni bitib olib magistiraturaga hohlagan yònalishga òtib olishni tòxtatish kk. Òqtuvchilar ham uni qòl ostidagi talabasi ham kòr savot bb qoladi
Sherzod Rajabov
Bu 400 ming so'm hozirgi waroitda ijara puli uchun ham kamlik qiladi 2019 yil 4 baho uchun 520 ming edi hozir 700 ming oliwi kerak talabalar stipendiyani kamaytirgani bilan waroitni yaxwilamadiku
X Malikov
OTM larda talabalarga diniy ilm ham o'rgatilishi kerak. Chunki halol-haromni bilgan talaba halol o'qishga harakat qiladi. Ular pora bermaydi va kelajakda ham olmaydi.
Ochigini aytish kerak shu paytgacha ishlab chiqarilgan amalga tadbiq etilgan ko'pgina qarorlar negizida talaba manfaati birlamchi o'ringa qo'yilmagan. Umid qilamiz ushbu Vazirimiz faoliyati biz talabalar uchun manfaatli bo'ladi...
Элмуродова
Менимча таьлим тизимида коррупция умуман булмаслиги учун куйи бугиндан бошлаб рахбарлар сараланиши керак
Bu inson gap so‘zidan ilmli vaziyatga to‘g‘ri xolisona baho bera oladigan inson
Рузимухаммад
Тил ва амал бир булса албатта узгариш булади.
Yaxshi zòr kadr agar hamma òylaganlarini amalga oshirishga irodasi yetsa
Shuhrat
Олий таълим деб гапиргандан, Гарвардни битириб келганда ҳам тузукроқ иш топилмаса нима фойда?
1. Eng avvalo, e'tiborni nimaga qaratishni bilib olish kerak. Yarim tiynga qimmat forma, tadbir, ma'naviyatxonlik emas. O'qishmi o'qish bo'ldi, talabadan "lichni" narsa talab qilmang.
2. Domla qanaqa dars o'tyapti, bu dunyo standartiga javob beradimi bu masala ham eng dolzarbdir. (DUNYO STANDARTI - O'ZBEK STANDARTI EMAS!!!)
3. Talabaga sharoit yarating, 100% emas dars qilishga yetsa bo'ldi. Talabaman kvartira 250$, kontrakt 10-14 ming dollar. Men nima qilaman, albatta, ishlayman topdingiz!!! Yotoqxonani ko'paytiring, talabalarni kvartirantlar (hammasiyam emas!!!) mol deb hisoblashadimiey bilmadim. Qisqasi bunga sharoit yaratmadingizmi, Ilon Mask, Nyuton, Bill Gatesga o'xshagan umuman hech kimni kutmang, faqat qo'ylarni kutishingiz mumkin bizdan.
4. Poraxo'rlik. Perevod desa barchamizning hayolimizga "soqqa" kelsa kerak. Aytmasam ham bilasiz...
5. Talabadan darsga kel deb tanbeh berishlar tugatishini so'rardim. Xohlasang kel, xohlamasang yo'q, ammo imtixonda sendan hamma narsani so'rab olamiz. Kutubxonaga kirganlarning bahosi ko'tarilsin, buni aniqlash uchun kerak bo'lsa turniket qo'yilar institutga.
6. Stipendiya. Akalar talabaga 100% sharoit yaratmang, ammo hozirgidek yerga urib "bulg'ab" ham tashlamang. Hech bo'lmasa bahomizga yarasha stipendiya olaylik. 60 ming qo'shishingizni aytmayapman. Anavi institut tomonidan berilishi kerak bo'lgan (beriladi 3 yoki 4 kishiga) stipendiyani gapirmang. O'zlari bilishadi ular kimga berganini biz hech qaysimiz xabardor emasmiz. Qisqasi samarasiz, korrupsiyaga bulg'anish ehtimoli katta bo'lgan usul bu institut tomonidan berilishi.
Bza aytgan bilan ozi bilgande ish qladi, Nima ish qlseyam insof bilan qilsin
Siroj
Абдукодир Тошкуловга ишонаман масулятли инсонлар албатта бошкара олади . Омад йор булсин
Turli takliflar bo'lishi tabiiy lekin shu o'rinda, tolerantlik, samimiylik turli e'tiqod vakillari jipslogini ta'minlash uchun erkin ibodatxonalar ochish kerak diniy ibodat vaqti bo'lganda (dinidan qattiy nazar) o'qish payti ko'chaga yugurmasdan ibodatini qilib darsini davom ettirsin. Iloji bo'lsa kutubxona yonida bo'lishi kerak.

Yotoqxonalar sig'imi orttirish kerak, ayniqsa toshkent oliygohiga kirgan aksariyat talaba yotoqxonasiga pul topish uchun sarson bo'ladi.

Kompyuter savodxonligi oshirish, o'zi sohasini IT'ga ulab pul topishni real o'rganish kerak.
- Ya'ni zo'r Psixolog bo'lsa oddiy ijtimoiy tarmoqlarda savol-javob qilib ham yaxshi daromad olish mumkin.
Hamrayev:
Vazir oʻzgargani bilan hech narsa boʻlmaydi. Eskicha fikrlab eskicha metodda dars oʻtadigan domlalani yoʻqotish kerak .
Элмуродова
Коррупцион занжир узилиши учун хамма бирдек курашиши лозим
Olloh qodir qilsa albatta o'zgarishlar bo'ladi......
Boooysssunnnllliiikkk
XUSHNUDBEK QARANG QANCHA AQLLI FIKRLAR .VAZIRLAR BUNCHA FIKRLANI O'QISA EDI BIZ YAPONIYAGA YETIB OLARDIK.
Talimda qoģozbozlikni yòqotish kerak, hali ham komissiya yoki keladigan attestatsiya komissiyasi uchun mustaqil ish, kurs ishi va hakozo konspektlar yozishyapti talabalar, uni hech kim ochib òqimaydi, uni òrniga talimga innovatsiyani, akt ni keng joriy etish kerak, aslida talim, ayniqsa oliy talim tizimi òzi dasturiy mahsulotlar ishlab chiqib, BIRINCHILARDAN bòlib òziga joriy etib , keyin kerak bòlsa boshqa vazirlik va idoralarga uni sotishi kerak!
Oliy ta’limda o‘qituvchi sha‘ni va obro‘yini himoya qiladigan tizim qilishsa yaxshi bo‘lardi. Tanish bilishchilik, qog‘ozvozlikka chek qo‘yish kk. Yaxshi o‘qigan talabalarni rag‘batlantirish kerak. Talabga javob bermaydigan pedagoglarni yangilash kerak. Yoshlarga imkoniyat berish kk. Eng asosiysi korrupsiya holatlariga jiddiy kurashish maqsadga muvofiq.
Show next 100 comments