Олий таълим тизимидаги бугунги ўзгаришлар ҳақида фикрингиз қанақа?

Сизнингча, янги вазир Абдуқодир Тошқулов тизимда ижобий ўзгаришлар қила оладими?

❗️Таклиф беринг: янги вазир энг аввало ишни нимадан бошлаши керак ва олий таълим тизимида нималарни ўзгартириш талаб этилади?


👉 @xushnudbek 👈

1869 comments

Show 100 more comments
XUSHNUDBEK QARANG QANCHA AQLLI FIKRLAR .VAZIRLAR BUNCHA FIKRLANI O'QISA EDI BIZ YAPONIYAGA YETIB OLARDIK.
Talimda qoģozbozlikni yòqotish kerak, hali ham komissiya yoki keladigan attestatsiya komissiyasi uchun mustaqil ish, kurs ishi va hakozo konspektlar yozishyapti talabalar, uni hech kim ochib òqimaydi, uni òrniga talimga innovatsiyani, akt ni keng joriy etish kerak, aslida talim, ayniqsa oliy talim tizimi òzi dasturiy mahsulotlar ishlab chiqib, BIRINCHILARDAN bòlib òziga joriy etib , keyin kerak bòlsa boshqa vazirlik va idoralarga uni sotishi kerak!
Oliy ta’limda o‘qituvchi sha‘ni va obro‘yini himoya qiladigan tizim qilishsa yaxshi bo‘lardi. Tanish bilishchilik, qog‘ozvozlikka chek qo‘yish kk. Yaxshi o‘qigan talabalarni rag‘batlantirish kerak. Talabga javob bermaydigan pedagoglarni yangilash kerak. Yoshlarga imkoniyat berish kk. Eng asosiysi korrupsiya holatlariga jiddiy kurashish maqsadga muvofiq.
Oliygohlarda diniy erkinlikni berib talaba qizlarni xijobini taqib qilishni to‘xtatish kk diniy erkinlik konstitutsiyada himoyalangan shuncha yildan beri konstitutsiya buzilib kelinyapti. Bu maktab uchun ham taalluqli. Texnika yo‘nalishdagi oliygohlarni bazasini yangilash kerak sovetskiy pragrammalarni olib tashlab zamonga qarab harakat qilish kk. Qurilish sohasida ta‘lim hozirgi talablarga javob bermaydi. Amaliyotda yurgan aqlli odamlarga yaxshiroq maosh berib o‘qituvchilikga olib kelish kerak. Sovetichiskiy professorlarni pensiyaga kuzatish kerak ular yoshlarni feodal tizimda o‘qitmoqchi bo‘ladi. Hozirgi o‘qitivchilarni tushunchasi bo‘yicha talaba domladan qo‘rqmasa uni hurmay qilmaydi deb o‘ylaydi. Oldin talabaga erkinlik, yaxshi sifatli ta‘lim berib undan keyin talab qilish kerak. 80 minut peshonasi terlab auditoriyani tinch ushlab turish uchun konspekt yozdirib hurmatga erishib bo‘lmaydi.
Assalomu alaykum.talabalarga aslida hamma fan ham kerakli. Lekin mutaxassislik fanlari koʻpaytirilsin. Tajribasi yuqori professor oʻqituvchilar kirishini. Yosh tajribasi kam ustozlar maʼruzani biz xolagandek tushintirib bera olmaydi koʻp hollarda. Shularni taminlab bereshingizni soʻrab qolardim.
Grandga kirgan talabalarni har tomonlama qiynalyapdi dib òyleman waxsan man 1kursman grandda òqiyman man жиззахdan Toshkentga kelib òqiyman qiz bolaman yotoxonadan OILAVIY waroitimiz kantraktni kòtarmasligini bilib abiturintligimda grandga òqiwim kerak dib qattiq tayyorlandim va ollohimga shukr 1-yilni òzidayoq grandga kirdim ammo grandligim tufayli manga yotoxona beriwmadi mana 4kunki sarsonmiz yana qizbolaman sessiya 3 bòlsa stipindya yòq bòladi kvartira topgan taqdirimizda ham uni pulini stipindya kòtarmedi yana stipindyani olalsek òwandayam Toshkentda òqiw qiyinakan db òz viloyatimizga перевод qisek kantrak bòlamiz kantrakni esa mani oilam kòtara olmaydi kvartirani ham ILTIMOS òqituvchilarga aytin biz grandlani tòģri tuwuniwsin agar Toshkentda buni iloji bòlmasa òz viloyatimizda grandla grand kantrakla kantrak holicha òqisin grandla bn kantrakla sessiya bahosiga bir xil qaralsin
...
1. Eng avvalo, e'tiborni nimaga qaratishni bilib olish kerak. Yarim tiynga qimmat forma, tadbir, ma'naviyatxonlik emas. O'qishmi o'qish bo'ldi, talabadan "lichni" narsa talab qilmang. 2. Domla qanaqa dars o'tyapti, bu dunyo standartiga javob beradimi bu masala ham eng dolzarbdir. (DUNYO STANDARTI - O'ZBEK STANDARTI EMAS!!!) 3. Talabaga sharoit yarating, 100% emas dars qilishga yetsa bo'ldi. Talabaman kvartira 250$, kontrakt 10-14 ming dollar. Men nima qilaman, albatta, ishlayman topdingiz!!! Yotoqxonani ko'paytiring, talabalarni kvartirantlar (hammasiyam emas!!!) mol deb hisoblashadimiey bilmadim. Qisqasi bunga sharoit yaratmadingizmi, Ilon Mask, Nyuton, Bill Gatesga o'xshagan umuman hech kimni kutmang, faqat qo'ylarni kutishingiz mumkin bizdan. 4. Poraxo'rlik. Perevod desa barchamizning hayolimizga "soqqa" kelsa kerak. Aytmasam ham bilasiz... 5. Talabadan darsga kel deb tanbeh berishlar tugatishini so'rardim. Xohlasang kel, xohlamasang yo'q, ammo imtixonda sendan hamma narsani so'rab olamiz. Kutubxonaga kirganlarning bahosi ko'tarilsin, buni aniqlash uchun kerak bo'lsa turniket qo'yilar institutga. 6. Stipendiya. Akalar talabaga 100% sharoit yaratmang, ammo hozirgidek yerga urib "bulg'ab" ham tashlamang. Hech bo'lmasa bahomizga yarasha stipendiya olaylik. 60 ming qo'shishingizni aytmayapman. Anavi institut tomonidan berilishi kerak bo'lgan (beriladi 3 yoki 4 kishiga) stipendiyani gapirmang. O'zlari bilishadi ular kimga berganini biz hech qaysimiz xabardor emasmiz. Qisqasi samarasiz, korrupsiyaga bulg'anish ehtimoli katta bo'lgan usul bu institut tomonidan berilishi.
Kutubhona temasidan boshqasi —
Канакадир тусиклар булмаса Таьлим тизими учун яхши кадр келди дия оламан.Бу инсон Билан 2016 йилда сухбатда булганман хакикий фидоий устоз .
3 tomonlama shartnoma...
Shu fikrlarga to'liq qo'shilaman Аббосхон Бозоров
17:00
1. Eng avvalo, e'tiborni nimaga qaratishni bilib olish kerak. Yarim tiynga qimmat forma, tadbir, ma'naviyatxonlik emas. O'qishmi o'qish bo'ldi, talabadan "lichni" narsa talab qilmang. 
2. Domla qanaqa dars o'tyapti, bu dunyo standartiga javob beradimi bu masala ham eng dolzarbdir. (DUNYO STANDARTI - O'ZBEK STANDARTI EMAS!!!) 
3. Talabaga sharoit yarating, 100% emas dars qilishga yetsa bo'ldi. Talabaman kvartira 250$, kontrakt 10-14 ming dollar. Men nima qilaman, albatta, ishlayman topdingiz!!! Yotoqxonani ko'paytiring, talabalarni kvartirantlar (hammasiyam emas!!!) mol deb hisoblashadimiey bilmadim. Qisqasi bunga sharoit yaratmadingizmi, Ilon Mask, Nyuton, Bill Gatesga o'xshagan umuman hech kimni kutmang, faqat qo'ylarni kutishingiz mumkin bizdan.
4. Poraxo'rlik. Perevod desa barchamizning hayolimizga "soqqa" kelsa kerak. Aytmasam ham bilasiz...
5. Talabadan darsga kel deb tanbeh berishlar tugatishini so'rardim. Xohlasang kel, xohlamasang yo'q, ammo imtixonda sendan hamma narsani so'rab olamiz. Kutubxonaga kirganlarning bahosi ko'tarilsin, buni aniqlash uchun kerak bo'lsa turniket qo'yilar institutga. 
6. Stipendiya. Akalar talabaga 100% sharoit yaratmang, ammo hozirgidek yerga urib "bulg'ab" ham tashlamang. Hech bo'lmasa bahomizga yarasha stipendiya olaylik. 60 ming qo'shishingizni aytmayapman. Anavi institut tomonidan berilishi kerak bo'lgan (beriladi 3 yoki 4 kishiga) stipendiyani gapirmang. O'zlari bilishadi ular kimga berganini biz hech qaysimiz xabardor emasmiz. Qisqasi samarasiz, korrupsiyaga bulg'anish ehtimoli katta bo'lgan usul bu institut tomonidan berilishi. +++++++++++++++++
Eng avvalo barcha universitetlardagi mutaxasislikka oid bo'lmagan fanlarni qisqartrish kerak. O'quvchilarga ko'proq o'z ustilarida ishlashlari uchun sharoit yaratish va mustaqil ta'limni o'rnatish kerak.
Тўлқин Рахматуллаев
Барча ОТМларда ўқишни 5 кунлик қилишдан бошласин. Кўплаб ётоқхоналар қуришни бошласин.
Vazirni bilmadimuuu lekin Avazjon Marahimovni bizdan ya'ni Milliy universitetdan ketgani bizga ma'qul. Endi borib Termizdagilarni asabini buzmasa bo'ldi. Termizda o'qiydigan aka-uka opa-singillar bardam bo'ling. U inson kimdirlarga yaxshi ko'rinish uchun har balo qiladi. Xullas shunaqaaa
Buzuq moshinani(tizim) eplab haydar yaxshi shafyor(inson) lekin.. Yuldagi GAI(amaldorlar) lar xalaqit bermasa
Baxriddin Daminov
Buni vaqt kursatadi, lekin biz Oliy ta'limni keskin islox qilishimiz kerak, ushanda rivojlanishimiz juda xam tezlashadi.
oliy ta`limdan avval o`rta ta`limni rivojlantirish kerak. buning uchun esa oliy va o`rta talim vazirligi hammasida alohida-alohida islohotlar o`tkazavermay birining ustiga birini quruvchi oliy va o`rta ta`lim tizimini yangilashi kerak. deylik oliy ta`lim o`ziga o`quvchilarni ancha avvaldan tayyorlash uchun e`lon bersin. Oliy ta`limda marketing tizimini yaxshiroq yo`lga qo`yilishi kerak. Bu marketing orqali har bir oliy o`quv yurti o`ziga kerakli yo`nalish va kadrlar sonini maktablarga habar berin va maktablar shu sohalarga o`quvchilarni tayyorlab bersin. Ya`ni maktablar ham o`z yo`lini bilib olsin. ixtisoslashgan sinflarni ko`paytirilsin. bu hozirda hamma maktablarda ham yo`l qo`yilmadi.
Жураев Ж.Н
1. Ta'lim sifatini oshirishga e'tibor.
Buning uchun:
a)Yaponiya, Singapur kabi rivojlangan davlatlar o'qitish uslublarini o'rganish va tadbiq etish.
b)Ta'limda nazariyot va amaliyotni teng olib borish sharoitlarini yaratish.
b)Talabalarda o'qish-o'rganishga bo'lgan dunyoqarashni o'zgartirish kerak. Talabani maqsadi yaxshi baho yoki diplom olish emas, balki bilim olib kuchli mutaxassislikni egallash bo'lishi kerak.
2. Korrupsiyani yo'qotish kerak.
3. Stipendiyani oshirish kerak. Puldan qiynalgan talaba qanday yaxshi o'qiydi.
4. Qat'iy va keskin chora-tadbirlar.
Songa emas sifatga e'tibor beradigan vaqt keldi nazarimizda.Bizda guruhda hamma talaba bitiradi, ulardan 5-10% mutaxassis bo'lib chiqadi, qolganlari chalasavod, 4-5yillik behuda umr va diplom. Biz shunday yangicha ta'limga o'taylikki 40-50% bitirsin va kuchli mutaxassis chiqsin, bu miqdor ko'payadi yildan-yilga.
Сайёра
Минг биз ўзимизча таклиф киритганимиз билан фойдаси йўқ .Ҳаммаси бир гўр буларни .Ҳаммаси каррупсияя ўчоғиии .
Zayniddin
Kadirlarni oliy talim muassasalariga isha qabul qilishda mutahassisligiga etibor qaratish maqsadga muvofiq bo‘lar edi(ingliz tilidan darajasiga etiborni kuchaytirgandan ko‘ra).
Yotoqxona bilan taminlash va korrupsiyani yoq qilish
Юнус Хайдаров
Биз берадиган таклифдан нима маьно бор.
Yaxshi bilmimanu🤔 lekin taklif berardim shu chetga oʻqishga chiqib ketmaslik choralarini koʻrishini !
Barbir perevod qilib qaytib kelishyapti 🙄 Aytishingiz mumkin 🤔 ʼʼsupper kontrak borʼʼ deb, shuni narxini tushirsa chetga toʻlanayotgan pullar oʻzimizda qoladi 😏 tagʻin bilmadim 🤷🏻‍♀️
Show next 100 comments