Олий таълим тизимидаги бугунги ўзгаришлар ҳақида фикрингиз қанақа?

Сизнингча, янги вазир Абдуқодир Тошқулов тизимда ижобий ўзгаришлар қила оладими?

❗️Таклиф беринг: янги вазир энг аввало ишни нимадан бошлаши керак ва олий таълим тизимида нималарни ўзгартириш талаб этилади?


👉 @xushnudbek 👈

1869 comments

Show 100 more comments
Каромат Абдукаюмовна Кундузова
АССАЛОМУ АЛЕЙКУМ!мен онаман фарзандим тиббиет сохаси га кирмокчи Эди 4-йуналиши Тошкент тиббиет академияси Термиз филиал даволаш фак га 166.9 балл туплаб 0,1 балл етмади 167 булган утиш Бали. Супер киламиз десак МУМКИН ЭМАС экан, чунки 5- йуналиш педагогика биологияни езиб куйган ГРАНДГА утди.АЙБИ 2003 ЙИЛДА ТУГИЛГАН ЕШ БОЛА 1- йуналишга УТИБ КЕТАМАН ДЕБ УЙЛАБ ПЕД БИОЛОГИЯНИ ЕЗИБ КУЙГАНЛИГИ экан.
УКИШГА УТГАН АБУТУРЕНТ ФАКАТ 1 ЧИ ЙУНАЛИШГА СУПЕР КИЛА ОЛАР ЭКАН БИЛИМИ ЙУК Укимаган УТМАГАН ХОХЛАГАН 5ТА ЙУНАЛИШГА СУПЕР КИЛА ОЛАДИ ЭКАН БИЛИМИ БОРГА НИСБАТАН НОХАКЛИК ЭМАСМИ??????????
Орзуси врач булиш эди "чучварани Хом санаб куйибсиз углим"деб мажбурлаб Фаргонадан ТДПУниТермиз филиалига Укиш учун юбордим педагогика биологияга борса етокхона берилмабди.Бу Нима деган гап??? Аввало Супер мупер ни кайта куриб чикишсин билимсиз супер килиб кириб олди ундан кандай натижа кутамиз.....Тошкентда ОТМ лар куп талаба хам шунга яраша Термиздачи ...?нахотки талабалар шундай сарсон булиб укиса.
GULAZZAM ANVAROVNA
ИШЛАРИНГИЗГА ОМАДЛАР ТИЛАЙМАН.СИЗ ИСЛОМ ДИНИДАН УЗОКЛАШГАНИМИЗ УЧУН ХАЛОЛЛИКНИ УНУТГАНИМИЗНИ АЙТГАНИНГИЗДА СИЗНИНГ КАЛБИНГИЗДА ПОКЛИК ХУКМРОН ЭКАНЛИГИНИ АНГЛАДИМ.БИР ИЛТИМОСИМ БОР МЕН АДУНИ ПЕДАГОГИКА ВА ПСИХОЛОГИЯ ЙУНАЛИШИНИ МАХСУС СИРТКИ БУЛИМИНИ 3-КУРСИДА УКИЙМАН.БУ ЙИЛ БИТИРУВЧИМАН.ПСИХОЛОГЛАРНИ ОЙЛИК МАОШИ ФЕВРАЛЬ ОЙИДАН ОШИРИЛГАН ХОЛАТИ ЖУДА ОЗ ЭКАН.ДАРС БЕРИШГА РУХСАТ БЕРИЛМАЯПТИ,ДИПЛОМИНГИЗГА ТАРБИЯ ФАНИ УКИТУВЧИСИ ДЕБ ЁЗСА КЕЙИН ДАРС УТИШИНГЛАР МУМКИН ДЕЙИШЯПТИ.ШУНИНГ УЧУН БИЗ БИТИРУВЧИЛАРГА ЁРДАМ БЕРИШИНГИЗНИ ИЛТИМОС КИЛАМАН МЕН БАРЧА ПСИХОЛОГЛАР НОМИДАН ЁЗДИМ БИЗНИ КУЛЛАБ-КУВВАТЛАШИНГИЗГА ИШОНЧ БИЛДИРАМАН.ПСИХОЛОГЛАР ХАММА БИЛАН ИШ ОЛИБ БОРИШИ ВА ИНСОНЛАРГА РУХИЙ ЁРДАМ БЕРИШИНИ ХИСОБГА ОЛГАН ХОЛДА ОБРУСИНИ ОШИШИДА ЁРДАМ БЕРАСИЗ ДЕГАН УМИДДАМИЗ.
БИЗ СИЗНИ ДОИМО КУЛЛАБ-КУВВАТЛАШИНГИЗГА.
Vazirga maslahat: Daromadlar dekloratsiya qilinmasidan soqqani bosib qolish kerak. Kim biladi bu kursida qancha o'tirishini. "Davring keldi o'ynab qol, navbat senga Gulsara"ni eshitib bosaverish kerak.
Тиббиётда амалий билим олишни Тошкентдагига ўхшашлигири истардим, Хоразмда ҳечким ўлик кўришмайди, амалиётда бироз қолишамиз...
Pedagogika universitetlarida va Institutlarida 4 yil o'qib faqat diplom olib kelish mumkin xalos
Yangi vazir qanaqa harakat qiladi bilmaymizu Majidovni ketgani yaxshi bo'ldi. Kim kelishidan qat'iy nazar Talim tizimini ko'tara olishsa bo'lgani.Keraksiz v
Faqat qog'ozbozlikdan iborat tizimni yo'qotib o'quvchi va talabalarni amaliyotga o'rgatishsa kasbi davomida kerakli bo'ladigan bilimni berishsa va shu uchun real hayotda qo'llay oladigan qarorlar ishlab chiqishsa vazir o'zgarganligi bizga seziladi bo'lmasa yana o'sha har doimgi keraksiz maruzalaru qimmatli vaqtni bekorga sarflash davom etaveradi.
Oliy ta'limdan 100 yil oldin olib qo'yilgan Islomni qaytarish kerak.
Hech bo'lmaganda Hijobli qizlarga, soqol qo'yishga ruxsat beringlar baraka topgurlar. Man Bilgan hijobli qizlar soqolli bolalar boshqalarga nisbatan yaxshi o'qiydi. Bu qonuniy haqqimiz-ku. Rivojlangan davlatlarda Universitetda forma masalasiga buncha qattiq turishmaydi.
Л.С.З.
Талабаларга яшагани жойларни. Купайтириш керак ижарага туловлари жуда киммат хам контракт. Хам ижарага тулагани кийин буляпти.
Assalomu alaykum. Menimcha qoʻshni davlatdan oʻqishni koʻchirish masalasiga eʼtibor berish kerak. Ayniqsa bu yil juda koʻp boʻldi tibbiyot institutlariniga hammasidan koʻra. Birinchidan shuncha bolani sigʻdirishga institutlarining moddiy texnik bazasi va oʻquv xonalari yetishmaydi. Shunday boʻlganini bilishda "tomda boʻlsa ham oʻqitasan" degan buyruq bilan noiloj qabul qilshdi. Hop shunday ekan, koʻproq yoshlarni OTMga jalb qilish kerak boʻlsa, bolalarni sarson qilmay qabul chizigʻini biroz pastroqqa surib qoʻyilsa ham yaxshi boʻlardi. Zero anchayin yuqori ball bilan yiqilgan, lekin moddiyat yuzasidan qoʻshni davlatga chiqib qaytarib oʻtkazishga qurbi yetmay qolgan bola oliygoh talabasi boʻlardi. Tan olib aytish kerak buni hammamiz yaxshi bilamiz oʻqishini koʻchirib olib kelayotgan bolalarning aksariyati bilimsiz. Faqatgina "oʻqimishli" degan nomga ega boʻlish uchun, hoy havasga berilib bitta yaxshi bilmli bolani joyini band qilib oʻtiribdi. Shu masalalarga alohida va jiddiy eʼtibor qaratilsa yaxshi boʻlardi.
Toshkentda katta kutubxona qurilarmish. O'shani o'rniga puliga 20 ta obshita qursa bo'ladi.
Eng avvalo o'qituvchilarni savodsizlarini butkul yoqotish kerak ,eski tizimdan yangi tizimga koproq amaliy mashgulotlarga etibor qilish lozim xo'ja korsingga boladigan ishlarni hechkimga keragi yoq viloyatlarga malakali o'qituvchilarni ham jalb qilish lozim korrupsiya deya atalmish maraz balodan qutulsakgina rivojlanish boladi.OTM lar orasida kuchli raqobatni rivojlantirish zarur ana shunda o'sish boladi
Bilimga qattiq tayanib avvalo talimdagi korrupsiyani yoqotib bilimsiz o'quvchilari kursda 2-3yilgacha toki o'sha sohaning mukammal organgunch qoldirsa oz o'zidan yildan yilga bilimi past oquvchi oliygoxga (super kontrakt qilayotganlar ota onsini puliga ishonganlar) topshirishi kamayadi va jamiyatga yetuk kadrlar yetishib chiqishi kopayadi
Илхом Эргашевич Эгамбердиев
НамДУниям Бир куриш керак. Гапирса гап куп. Янги вазирга омад халоллик тилайман. Акс холла уша Эски тогора булади
O'zgarishlar qilib oliy ta'lim tizimini takomillashtirishiga ishonamiz
Гулноза Адхамовна
Ассалому алайкум биринчи навбатда талабаларга ётогхона.иккинчиси намду жисмоний маданият факультетида амалиёт учун Хеч кандай шароит йук ишонмасанглар келиб куринглар. Чустда.
Yolg'iz otni changi chiqmaydi, changi chiqsa ham dong'i chiqmaydi, deganlaridek, katta tizimda bitta odamdan o'zgarish kutish bo'lmag'ur narsa, Bizda eng yomon aqida bor, kimdir rahbar bo'lsa tamom-shu odam allomai zamon, aytgani aytgan, farishtaday beg'ubor, umuman xato qilmaydi degan. Yo'q! Aslida tizim bir kishini miyasi bilan emas Butun jamoa bilan boshqarilishi kerak, rahbar adashsa to'g'ri yo'lga jamoatchilik fikri bilan tushishi kerak. Bizda afsus unaqa emas, rahbar bir gap aytsa bayroq qilib ko'tarib chopishadi. Xullas, qachonki hamma ongli ravishda ijobiy tomonga harakat qilmas ekan, 100 ta Vazir almashsa ham natija o'zgarmaydi. Bu talabadan tortib ota onalaru professor o'qituvchilarga hammaga bog'liq narsa. Nima bo'lganda ham yaxshilikka bo'lsin!
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Inshalloh bu inson nimanidur uzgartiradi. OAV orqali bu senatorni doima kuzataman gaplaridan vatan tuyg'usini sezaman. Islom diniga bo'lgan muhabbatni ko'raman. Dinni mahkam tutgan odam eng avvalo vijdonli bo'ladi. Nasib qilsa yaxshi o'zgarishlar bo'ladi lekin bunga vaqt kerak. Enga avvalo korruptsiya, byurokratiya degan narsalarni ildizi bilan quritadigan ishlarni qilish kerak. Tizimda inson omilini kamaytirish kerak. Dars beradigan domlalar faqat o'zini ustida ishlashi kerak ortiqcha qog'ozbozlik va yuklamalarni yo'qotish kerak. Talabalarga iloji boricha kerakli fanlarni tanlab o'qishga imkon berish kerak. Men o'qiydikan Yokohama National University da shunaqa. Nasib foydasi bo'ladi. Talaba ham o'z navbatida ortiqcha byurokratiya va yuklamalardan ozod bo'lib erkinroq ijodkorga aylanishi kerak. Shunda ilm olishdan bezimaydi va ishtiyoqi oshadi. Metsaenatga o'xshagan loyixalarni ko'proq amaliyotga tatbiq qilish kerak bu talabalarda o'qishga bo'lgan motivatsiyani oshiradi. Texnik universitetlarda amaliyotni praktika bilan chambarchas bog'lash kerak. Men ham baklalavrni O'zbekistonda o'qiganman. Afsuski bizda xaliyam teorema ko'p amaliyotdan "Ishga borganida o'rganib ketadi" degan eskicha qarash xamon mavjud. Talaba ishga borganida maksimum 2-3 oyda meva berishni boshlashi kerak aks xolda talabani o'qitishdan ko'zlangan asosiy maqsad ro'yobga chiqmagan bo'ladi. Va yakuniy taklifim, iloji boricha rivojlangan mamlakatlarning universitetlarini ko'proq ochish kerak shunda bizda rivojlanish tezlashadi tajriba oshadi chunki men o'z tajribamdan bilamanki rivojlangan davlatlardagi ta'lim allaqachon bizdan judayam ilgarilab ketgan, bizni talabalar o'qiyotgan darsliklar anchyin eskirganga o'xshab ko'rinadi nazarimda. E'tibor uchun rahmat.
Show next 100 comments