Олий таълим тизимидаги бугунги ўзгаришлар ҳақида фикрингиз қанақа?
Сизнингча, янги вазир Абдуқодир Тошқулов тизимда ижобий ўзгаришлар қила оладими?
❗️Таклиф беринг: янги вазир энг аввало ишни нимадан бошлаши керак ва олий таълим тизимида нималарни ўзгартириш талаб этилади?
👉 @xushnudbek 👈
Faqat qog'ozbozlikdan iborat tizimni yo'qotib o'quvchi va talabalarni amaliyotga o'rgatishsa kasbi davomida kerakli bo'ladigan bilimni berishsa va shu uchun real hayotda qo'llay oladigan qarorlar ishlab chiqishsa vazir o'zgarganligi bizga seziladi bo'lmasa yana o'sha har doimgi keraksiz maruzalaru qimmatli vaqtni bekorga sarflash davom etaveradi.
Hech bo'lmaganda Hijobli qizlarga, soqol qo'yishga ruxsat beringlar baraka topgurlar. Man Bilgan hijobli qizlar soqolli bolalar boshqalarga nisbatan yaxshi o'qiydi. Bu qonuniy haqqimiz-ku. Rivojlangan davlatlarda Universitetda forma masalasiga buncha qattiq turishmaydi.
2. Amaliyotga ko'proq e'tobor berish kerak.
3. Talabalar yotoqxona bilan ta'minlansin
4. Stipendiya avvalgi tabaqalashtirilgan tarziga qaytsin. Chunki hech kim o'qimay qo'ydi, o'qishga qiziqishiyam qolmadi.
5. Qog'ozbozlik juda juda rivojlangan. Shuni qisqartirish kerak