Олий таълим тизимидаги бугунги ўзгаришлар ҳақида фикрингиз қанақа?

Сизнингча, янги вазир Абдуқодир Тошқулов тизимда ижобий ўзгаришлар қила оладими?

❗️Таклиф беринг: янги вазир энг аввало ишни нимадан бошлаши керак ва олий таълим тизимида нималарни ўзгартириш талаб этилади?


👉 @xushnudbek 👈

1869 comments

Show 100 more comments
1 курсга кабул килинганлардан диктант олдирсин,адашиб кирганларни укитмасин
Feruzaxon Muhammadiyeva
Yangi vazirdan koʻp yaxshi islohotlarni kutib qolamiz,hozirda Sherzod Shermatov ning olib borayotgan islohotlari juda ham maʼqul boʻlyapti
Feruzaxon Muhammadiyeva
Oliy taʼlim vazirligidan ham shunday ijobiy oʻzgarishlarni kutamiz
Feruzaxon Muhammadiyeva
Oʻqishga kirishdagi turli xil qolipga sigʻmaydigan imtiyozlarni yoʻqotishini, kadrlar salohiyatini oshirish kerakligi ustida bosh qotirish kerak
Birinchidan OTMlar tizimida chuqur o'rganishlar olib borilib korrupsion harakatlarga chek qo'yish kerak.Shu bilan hamoxang tarzda o'qitish tizimida nazariy dars berishni kamaytirib sohaga yangi texnologiyalar va amaliy darslar ko'lamini kengaytirish kerak. Chunki biz talabalar nazariy darslardan ko'ra amaliy darslardan ko'proq ko'nikma hosil qilamiz.Ana o'shandagina kadrlar sifati o'z sohasi bo'yicha mukammal darajaga yetishiga katta turtki bo'ladi.
Tizimdagi ijobiy o'garishlari bn Insha Alloh bu kishi tarixga kiradilar. Alloh kuch quvvat bersin.
Elbek
Eng asosiysi virtual qabulxona(yoki ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar) ochib uni yaxshi yuritish kerak usha joyda ko'p muammolar hal bo'lardi!
Hammasini bitta joyga oborib portlatish kerak
Oliy ta'limga kirishni soddalashtirish, ichki tizimni murakkablashtirish kerak. Shundagina malakali kadrlar yetishib chiqadi. Bu mening fikrim xolos.
HABIBULLO KUSHANOV
Талабалар ётоқхонаси қуриш биринчи навбатда
Xushnudbek aka oʻziz nima deb oʻylaysiz bu kishini qoʻlidan keladimigan oliy taʼlimda tubdan burulish yasash kechki suhbat qilib bering shu boʻyicha sizni fikrlariz ham qiziq
Safarali Jo'rayev
Munosib nomzod yangiliklar kutub qolamiz. Erkinlik berilishi kerak Toshqulovga
Joker 01001
Assalomu-alaykum. Uztozni yangi lavozim bilan tabriklayman, ishlariga omad tilayman, nasib bundanda yuqori martabalarga erishishini xudodan so'rab qolaman. Bu insonga Xudoning nazari tushgan, mana nasib vazirlikdagi lavozimlarida xam yangi, innovasion xalqimiz uchun muxim o'zgarishlarni olib kiradi deb bemalol aytishim mumkin. Doimo uztozimga sog'liq, tinchlik, xotirjamlik, oilaviy baxt tilayman. Shogirtingiz Mansur.
Oliy ta'limda 1 ta mavzuni 3-4 xil ijtimoiy fanlarda o'tganmiz. Hammasida bitta gapni takrorlashardi. Ijtimoiy fanlarni qisqartirish kerak!!!! Talabani bo'sh vaqtini o'zini yo'nalishiga mos ish bilan ta'minlab kamaytirish kerak! Hech bolmaganda bitiruvchi kurslarni ishga joylash kerak!!!!
Yana oʻzimni fikrlarimni bildirsam vazirimiz hamma OTMlarga borib talabalar bilan uchrashib domlalar bilan uchrashib haqiqiy holatni bilishi lozim prizentimiz eslarizda boʻsa ishni oʻshandan boshlagandilar kelsin koʻrsin vaziyatni bilsin taʼlim kerakmas odamlarni ishdan olsin talabalarga mativatsiya bersin bizarda vazirlik nima ish qilishini bilmaydiganlar bor toʻgʻri juda koʻp muomolar bor bundan keyin ham muomolar boʻladi va muomolar boʻlgan joyda ish boʻladi faqat vazirlikga ishonibgina qolmay oʻzimiz ham harakat qilishimiz kerak deb oʻylayman vazirni ishlariga omad kuch quvvat bersin oʻsha gap kelsin koʻrsin OTMdagi vaziyatni
Oliy ta'lim tizimining moddiy texnik bazasi (turli laboratoriyalar, tehnika sohasidagi OTMlar)ni yangilash kerak. Ayrimlarida umuman tehnikadan asar ham yo'q. Lekin tehnika bo'yicha mutahassislar tayyorlaydi. Hammasi faqat o'zimizni xalqni aldaydi. Yo'q narsani qanday o'rgatish mumkin. Eng avval mana shu muammolarni hal qilishi lozim. Shuncha talaba kontrakt to'layapti. O'qituvchilarga shu pulni hammasini oylik qilib bermaydiku. nari borsa 25% ini oylik qilib berishi mumkin. Qolgan 75 foiziga allaqachon universitetni gullatib yashnatib yuborish mumkin edi. Bilmayman shuncha kontrakt puli qayoqqa ketyapti.
Ассалому алайкум. Юқорида анча яхши таклифлар киритилган. Олий таълимдан келган баъзи буйруқлар, қарорларни ўқиб, бу инсонларнинг ўзи таълим тизимидан хабари борми?- деган табиий савол туғилади. 1) Масалан, суперконтракт билан кирадиганлар сонини, умумий квотани ОТМ ўзи белгилайдиган бўлса (уларнинг сони фақат ошмоқда), нега ўқитувчилар сони шу даражада қисқартириб ташланган ва бу халигача давом этмоқда? 2) Ўзимиздаги, яъни ЎзРдаги ўқитувчиларнинг малакасини ошириш тизимини тубдан қайта кўриб чиқиш керак. У ерда ҳам кераксиз тестлару, кераксиз ҳужжатбозликлар ўқитувчининг тинкасини қуритиш даражасига етган. Малака ошириш ўқитувчи учун каторга даражасидаги жойга айланган. Илгари мавжуд бўлган "Истеъдод" жамғармасида малака ошириш жуда мароқли ва фойдали эди. 3) Ҳақиқатан талабалар ётоқхонасига эътиборни янада кучайтириш, уларнинг сонини кўпайтириш лозим. 4) Интилувчан, юқори савияли, ўз устида мунтазам ишлайдиган талабаларга эътиборни кучайтириш лозим. Бу фақат "Устоз-шогирд" тизими билан чегараланиб қолмаслиги, моддий рағбатлантириш эса фақат Президент стипендияси билан чегараланмаслиги лозим, чунки бундай талабалар ҳам анчагина Алҳамдулиллаҳ. 5) Ҳамма ёмон отлиқ қилган тизим давридаги ўқитувчиларнинг ижтимоий ҳимояланишларини яна тиклаш лозим деб ўйлайман. Мана шу нарса ҳам жамиятда ўқитувчиларнинг мавқеи баланд бўлишига таъсир этган.6) Уй-жой масаласи йилдан-йилга оғирлашиб бормоқда. Ўқитувчининг уй сотиб олиши жуда мушкул иш бўлиб қолди (Бу кўпчилик учун шундай. Ҳозир гап Олий таълим ҳақида кетаётгани учун ўқитувчиларни ёзмоқдаман). Балки аввалгидек ҳар бир ОТМ қошида ўқитувчилар учун баъзи имтиёзли тўловлар асосида (фақат кредит эмас -- бир оз осонроқ йўли, масалан, узоқроқ муддатли рассрочка) уйлар қуриш лозимдир? Гапираман деса гап жуда кўп. Ҳозирча шу ерда тўхтатаман.
Show next 100 comments