Олий таълим тизимидаги бугунги ўзгаришлар ҳақида фикрингиз қанақа?

Сизнингча, янги вазир Абдуқодир Тошқулов тизимда ижобий ўзгаришлар қила оладими?

❗️Таклиф беринг: янги вазир энг аввало ишни нимадан бошлаши керак ва олий таълим тизимида нималарни ўзгартириш талаб этилади?


👉 @xushnudbek 👈

1869 comments

Show 100 more comments
Hammasini bitta joyga oborib portlatish kerak
Oliy ta'limga kirishni soddalashtirish, ichki tizimni murakkablashtirish kerak. Shundagina malakali kadrlar yetishib chiqadi. Bu mening fikrim xolos.
HABIBULLO KUSHANOV
Талабалар ётоқхонаси қуриш биринчи навбатда
Xushnudbek aka oʻziz nima deb oʻylaysiz bu kishini qoʻlidan keladimigan oliy taʼlimda tubdan burulish yasash kechki suhbat qilib bering shu boʻyicha sizni fikrlariz ham qiziq
Safarali Jo'rayev
Munosib nomzod yangiliklar kutub qolamiz. Erkinlik berilishi kerak Toshqulovga
Joker 01001
Assalomu-alaykum. Uztozni yangi lavozim bilan tabriklayman, ishlariga omad tilayman, nasib bundanda yuqori martabalarga erishishini xudodan so'rab qolaman. Bu insonga Xudoning nazari tushgan, mana nasib vazirlikdagi lavozimlarida xam yangi, innovasion xalqimiz uchun muxim o'zgarishlarni olib kiradi deb bemalol aytishim mumkin. Doimo uztozimga sog'liq, tinchlik, xotirjamlik, oilaviy baxt tilayman. Shogirtingiz Mansur.
Oliy ta'limda 1 ta mavzuni 3-4 xil ijtimoiy fanlarda o'tganmiz. Hammasida bitta gapni takrorlashardi. Ijtimoiy fanlarni qisqartirish kerak!!!! Talabani bo'sh vaqtini o'zini yo'nalishiga mos ish bilan ta'minlab kamaytirish kerak! Hech bolmaganda bitiruvchi kurslarni ishga joylash kerak!!!!
Yana oʻzimni fikrlarimni bildirsam vazirimiz hamma OTMlarga borib talabalar bilan uchrashib domlalar bilan uchrashib haqiqiy holatni bilishi lozim prizentimiz eslarizda boʻsa ishni oʻshandan boshlagandilar kelsin koʻrsin vaziyatni bilsin taʼlim kerakmas odamlarni ishdan olsin talabalarga mativatsiya bersin bizarda vazirlik nima ish qilishini bilmaydiganlar bor toʻgʻri juda koʻp muomolar bor bundan keyin ham muomolar boʻladi va muomolar boʻlgan joyda ish boʻladi faqat vazirlikga ishonibgina qolmay oʻzimiz ham harakat qilishimiz kerak deb oʻylayman vazirni ishlariga omad kuch quvvat bersin oʻsha gap kelsin koʻrsin OTMdagi vaziyatni
Oliy ta'lim tizimining moddiy texnik bazasi (turli laboratoriyalar, tehnika sohasidagi OTMlar)ni yangilash kerak. Ayrimlarida umuman tehnikadan asar ham yo'q. Lekin tehnika bo'yicha mutahassislar tayyorlaydi. Hammasi faqat o'zimizni xalqni aldaydi. Yo'q narsani qanday o'rgatish mumkin. Eng avval mana shu muammolarni hal qilishi lozim. Shuncha talaba kontrakt to'layapti. O'qituvchilarga shu pulni hammasini oylik qilib bermaydiku. nari borsa 25% ini oylik qilib berishi mumkin. Qolgan 75 foiziga allaqachon universitetni gullatib yashnatib yuborish mumkin edi. Bilmayman shuncha kontrakt puli qayoqqa ketyapti.
Ассалому алайкум. Юқорида анча яхши таклифлар киритилган. Олий таълимдан келган баъзи буйруқлар, қарорларни ўқиб, бу инсонларнинг ўзи таълим тизимидан хабари борми?- деган табиий савол туғилади. 1) Масалан, суперконтракт билан кирадиганлар сонини, умумий квотани ОТМ ўзи белгилайдиган бўлса (уларнинг сони фақат ошмоқда), нега ўқитувчилар сони шу даражада қисқартириб ташланган ва бу халигача давом этмоқда? 2) Ўзимиздаги, яъни ЎзРдаги ўқитувчиларнинг малакасини ошириш тизимини тубдан қайта кўриб чиқиш керак. У ерда ҳам кераксиз тестлару, кераксиз ҳужжатбозликлар ўқитувчининг тинкасини қуритиш даражасига етган. Малака ошириш ўқитувчи учун каторга даражасидаги жойга айланган. Илгари мавжуд бўлган "Истеъдод" жамғармасида малака ошириш жуда мароқли ва фойдали эди. 3) Ҳақиқатан талабалар ётоқхонасига эътиборни янада кучайтириш, уларнинг сонини кўпайтириш лозим. 4) Интилувчан, юқори савияли, ўз устида мунтазам ишлайдиган талабаларга эътиборни кучайтириш лозим. Бу фақат "Устоз-шогирд" тизими билан чегараланиб қолмаслиги, моддий рағбатлантириш эса фақат Президент стипендияси билан чегараланмаслиги лозим, чунки бундай талабалар ҳам анчагина Алҳамдулиллаҳ. 5) Ҳамма ёмон отлиқ қилган тизим давридаги ўқитувчиларнинг ижтимоий ҳимояланишларини яна тиклаш лозим деб ўйлайман. Мана шу нарса ҳам жамиятда ўқитувчиларнинг мавқеи баланд бўлишига таъсир этган.6) Уй-жой масаласи йилдан-йилга оғирлашиб бормоқда. Ўқитувчининг уй сотиб олиши жуда мушкул иш бўлиб қолди (Бу кўпчилик учун шундай. Ҳозир гап Олий таълим ҳақида кетаётгани учун ўқитувчиларни ёзмоқдаман). Балки аввалгидек ҳар бир ОТМ қошида ўқитувчилар учун баъзи имтиёзли тўловлар асосида (фақат кредит эмас -- бир оз осонроқ йўли, масалан, узоқроқ муддатли рассрочка) уйлар қуриш лозимдир? Гапираман деса гап жуда кўп. Ҳозирча шу ерда тўхтатаман.
Muammolarning dolzarbligi bo'yicha yozaman.
1. Talabalar yotoqxonasi degan muammo aslo bo'lishi kerak emas.
2. O'qituvchilarni sharoitini yaxshilash deb aytmayman chunki shundoq ham anchagina ishlar bajarildi. Ularni oyligini ko'tarishni o'rniga universitetning moddiy tehnik bazasini umuman yangidan tashkillashtirish kerak.
3. Qolganlarini vazir darajasida hal qilish shart emas. Shunchaki vazir o'z yoniga kelajakni to'g'ri tasavvur qila oladigan kadrlarni olishi kerak.
Raxim Burxanov
Assalomu alaykum Xushnudbek aka
Avvalom bor ustozni tabriklayman yangi lavozimi bilan chin dildan xalqimizga xizmat qiladi deb umid qilamiz.
Menga u kishining ta'limdan islomni yiroqlashtirdek deb, brifingda aytgan gaplarini to'g'ri deb o'ylayman. Ta'limni rivojlantirishni qishloqdan boshlash kerak ,shaharda shundoq xam sharoitlar yetarli ilm olishga o'zlari intilsa
Kutubxonalar qurish. Kerak qishloqda xam
Har bir o'qtuvchi o'z mutaxasislikdan dars berish kerak
Shunga yetarli e'tibor qaratish kerak.
Haqiqatda xam ilmi bor kadirlarni tanlab, pensiya yoshidagi ustozlarni o'rniga qo'yish kerak.
Institut, maktab barcha ta'lim sohasida
U kishidan qiishloqga ko'proq e'tibor va keksalarni o'rnini munosib yosh kadrlarga bo'shatishini so'ragan bo'lardimm.
Iloji bo'lsa o'zi so'roqdan o'tkazib
Yoki maxsus test rejim qilib.
Энг аввало укитувчиларн ойлигини ошириш кераг
Олий таълим дарсликларига 1-4 курсгача Исломий таълим дастурини киритиш керак. Янги келажакда кадрларга халол ва харом тушунтириш керак. Худо хохласа шунда ҳаммаси яхши бўлади.
Oliy ta'limda korrupsiyaga barxam berish kerak
Assalomu aleykum! Bu insonni tadbirlarda korganman. O'ziga bôlgan ishonchi kuchli. Bu insonga biror taklif berish shart emas!!
Oz ishini juda kuchli insoni. Zamon jonkuyari deb bemalol aytolaman.
Abdulhaqova Sayyora
Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutiga yangi o'ziga o'xsharkan rektor saylasin birinchi,hozirgi v.b eplolmayapti nazarimda
Shaxzod Qurbonov
Universitet laboratoriya jihozlari yangilash kerak
Show next 100 comments