Олий таълим тизимидаги бугунги ўзгаришлар ҳақида фикрингиз қанақа?

Сизнингча, янги вазир Абдуқодир Тошқулов тизимда ижобий ўзгаришлар қила оладими?

❗️Таклиф беринг: янги вазир энг аввало ишни нимадан бошлаши керак ва олий таълим тизимида нималарни ўзгартириш талаб этилади?


👉 @xushnudbek 👈

1869 comments

Show 100 more comments
Talim jarayonlarni xudddi abiturentlik davrimizdagidek individual talimga otish kerak.
Yangi vazirimizdan Maxsus sirtqini fevraldan ochishlarini sòrardim .
5 йил иш стажига эга, тавсия асосида ўқишга кирган талабалар бор. Баъзиларга ташкилот контрактни ўзи тўлаб беради лекин баъзилар ўзи тўлаб ўқишмоқда хозирги кунди 19021000 сўм яъни хар йили икки баробардан ўша кантракт миқдорини иккинчи курсдан бир баробар қилса яхши бўларди. Биринчи йили майли икки баробар тўлансин.Иккинчи йилдан бир баробарга туширса кўпчиликни дуосини олган бўларди.
..... .......
Kirish imtihonlari yaxshi domlalar tomonidan yuzma -yuz olib borilsa yaxshi bo'lardi Diktant you insho yozdirilib savodxonlik chiroyli dastxatlar e'tiborga olinsa bo'lardi
A Z I M O V
Raqobatbardosh kadrlar tayyorlash kerak kerak qabul tizimini qisqartirish,xorijiy ta'limdan oqishni kochirishni mutlaqo toxtatish kerak son Emas bizga sifat kerak .Malakaviy oqitichilarni koproq moddiy ragbatlantirish kerak .Imtiyozli ravishda oqituvchi va murabbiylarga kreditlar ajratish kerak.
Raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash kerak,xorjiy oliygohlarni talabalarini mutloqa ko'chirmaslik zarur degan fikrga qo'shilaman. Sababi ular O'zbekiston talabalari raqobatiga dosh berolmaganlar qo'shuni davlatlarda o'qimoqda
Maktabdagi sinf xonalariga kameralar òrnatilsa nur ustiga a'lo nur bòlardi.Maktab òqituvchilari,òquvchilari nazoratda bòlardi
Янги вазир биринчи навбатда манинг ўйлашимча ўз атрофдагиларни битта тўхтамга келтириб олиши керак давлатда қандай ўқитиш тизимини олиб бориш хақида олдин ўзлари битта тўхтамга келиб кейин хали биз учун янги бўлган таълим тизимларини беришиб қисқа вақт ичида натижани талаб қилишади (pisa,pirls..)
Assalomu alaykum men fikrimni aytar bo‘lsam
Tibbiyot talabasi sifatida shuni aytamanki bazi tibbiyot inistutlarida o‘qitish sistemasi juda sust mulyajlar deyarli yo‘q .
Agarda biz tibbiyot talabalariga morkda amalyot o‘tashni ruxsatini qilib amalyotimizni nazorat ostiga olsa biz mediklar uchun yaxshi bo‘lardi.
Xozirda ko‘p medik talabalar o‘zlarini pedagoglardek tasavur qilyabdi darsga bor va kel .
Kesib ,ko‘rib ,ushlab , o‘rganish yo‘q.
kredit moduli tizimiga otildi lekin bu ozbekistonga togri kelmaydi deb oylayman hamda oldingi stipendiyalarni qaytarish kerak
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
​​#САРҲИСОБ

Термиз давлат университети фаолиятининг 2020 йилдаги сарҳисоби

-Термиз давлат университети олий таълим муассасалари орасидаги миллий рейтинг тизимида, бир йилда 12 поғона юқорилади.

-2019/2020 ўқув йили якунида 35 та бакалавриат таълим йўналишида 3288 нафар, 18 та магистратура мутахассислигида 95 нафар, жами 3383 нафар битирувчиларга дипломлар топширилди;

-2020/2021 ўқув йилида бакалавриат таълим йўналишлари 58 та, магистратура мутахассисликлари 29 та, таҳсил олаётган талабалар сони 22439 нафар;

-2020 йилда Юридик факультет; Ахборот технологиялари факультети; Миллий либос факультети ҳамда Миллий ҳунармандчилик ва кулолчилик факультети ташкил этилди;

-Янгидан 8 та таълим йўналишлари ва 6 та магистратура мутахассисликлари очилди;

-Владимир давлат университети (Россия) ва Полоцк давлат университети (Беларусь)лари билан қўшма таълим дастурлари доирасида 3 та таълим йўналиши ва 1 та магистратура мутахассислигида кадрлар тайёрлаш йўлга қўйилди;

-2020 йил давомида профессор-ўқитувчилар томонидан 4 та дарслик ва 29 та ўқув, 15 та услубий қўлланмалар, 52 та монография яратилди;

-пандемия сабабли барча таълим йўналиши ва мутахассисликлари талабалари учун 2019/2020 ўқув йили 2-семестридан moodlle платформасида онлайн таълим йўлга қўйилди;

-университет педагог-ходимлари томонидан 5 нафар фан доктори (DSc) ва 27 нафар фалсафа доктори (PhD) диссертациялари ҳимоя қилинди. 19 нафар педагог-ходим доцент унвонларига эга бўлди. Илмий даражага эга бўлган ўқитувчилар сони 165 нафарга етди;

-университет тарихида биринчи марта аёллар орасида фан доктори (DSc) диссертация иши ҳимоя қилинди;

-талабаларимиздан 19 нафари республика фан олимпиадаларида ғолиб бўлди;

-6,75 млрд. сўмлик амалий ва фундаментал лойиҳалар амалга оширилди;

-университет ҳузуридаги учта техникум ва бириктирилган умумтаълим мактабларига услубий ёрдам бериш янги босқичда ташкил этилди;

-жамоанинг икки нафар аъзоси давлатимизнинг юксак мукофоти билан тақдирланди;

-талабаларимиздан 4 нафари жаҳон ва Осиё чемпионатларида, 32 нафари республика миқёсида ғолиб бўлиб, 36 дона медалларни қўлга киритишди;

-400 ўринли талабалар турар жойи фойдаланишга топширилди;

-5 та видеоконференция алоқа студиялари яратилди;

-Дизайн ҳамда миллий тикув буюмлари таълим йўналишларида кадрлар тайёрлаш сифат-самарадорлигини ошириш мақсадида “Дизайн” студияси ташкил этилди;

-1000 ўринли Ахборот технологиялари факультети ўқув биноси қурилиши бошланди;

-Бойсун туманидаги “Дарбанд” амалиёт маркази профессор-ўқитувчилар ва талабаларининг илмий тадқиқот олиб боришлари учун обод масканга айлантирилди;

- “Сурхондарёда илм ва фан” илмий-услубий ҳамда филология соҳасига ихтисослашган “Филологик тадқиқотлар: тил, адабиёт, таълим” илмий-инновацион журналлари таъсис этилди;

-“ТерДУ босмахонаси” фаолияти йўлга қўйилди.

👉TerDU | Rektor rasmiy kanali
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Assalomu aleykum hammaga!.
Abduqodir Toshqulov avvalo halol isnon va lider kadr hisoblanadi.
O'ylaymanki oliy ta'lim vazirligida ham shunday ish oboradi.
Termiz davlat universitetida 3 yilda 12 pog'ona reytingda oldiga siljigan buni o'zlariz ham ko'rishlariz mumkin tepadagi ma'lumotlardan.
Jahon miqyosida O'zbekistonni mundanda yuqori o'ringa olib chiqadi degan ummidaman .
Endi taklif sifatida aytmoqchimanki 1. qabul sonini ko'paytirish kerak tezlik bilan.Tojikiston, Qozog'iston va ko'plab mamlakalrga borib ovora bo'lib yurishmasin abiturientlar.
Bundan ko'zlangan maqsad boshqa davlarga borib o'qiyotganlar avvalo O'zbekiston farzandi va fuqarosi.
Davlat xalqi va kadrlari sifati uchun qayg'urishi kk.
Xullas Bu mavzuda gapirsa gap judaham ko'p.
2. Haqiqatda sifatli kadr ishlab chiqishni yo'lga qo'yish kk.
Universitet o'qituvchilarini birinchi o'rinda o'qitish kk hammasini emas harxolda.
Prezident administratsiyasidan bo'lsa ham zamonaviy lider kadrlar universitet o'qituvchilarini o'qitishi kk.
O'zbekistonga haqiqatda halol ishlaydigan, kasbim - faxrim deb ishlaydigan kadrlar kk.
Qog'ozda, telvizorda zo'r aslida bum bum hamma tomon.
Xullas juda ham gaplar ko'p gapirsa.To'g'ri, biz islohotlar jarayonidamiz lekin buni tezroq amalga oshirish kk.
Gaplarim balanparvoz bo'lsa ming bora uzr so'rayman.
Hammaga rahmat,#Xushnudbek aka sizga alohida kattakon rahmat , yaxshi qilibsiz kommentariya ochib bu mavzuda.
Omon bo'ling ilohim!.
Б.А.А
Дастлаб олий таълимни холислигини таъминлаш керак яъни жамоатчиликка ва судлар олдида чиқиш қилиб тушунтириш керак, ўқитувчиларни Низом асосида ишлашларига имконият яратиш керак деб уйлайман...
"Pedagog hodimning maqomi tòĝrisidagi "qonun loyihalarini tezroq amalda joriy qilishlari lozim.Avvalambor Xushnudbek akaga katta rahmat aytaman.
Ассалому алайкум... 5 йил 10 йиллаб сохада ишлаетганларга имтиез бериш керак ... тавсия нома дейишди лек корхоналар санокли кадрларга беришади янаям халол йул бил эмас.... ана уша Козогистон Киргизистондагилар айнан шунака кадрлар.... пулларини бошка давлатга ташлаб келишяпти... сиртки масофавий укиш квотасини ошириш керак... хусусий ОТМ ларни купайтириш керак
Nurbek
Xushnut aka sizga bitta savolim bor nechchi yil diganda o'qishga kirgansiz?
Taklifim qisqacha abiturentlarni avvalam bor saralash lozim baza tashkil qilib 4-5 yil topshirib o'qishga kiromaganlarni saralab bez imtixon qabul qilish zarur.3 yil topshirib kirolmaganlargayam qanaqadir imtiyoz yoki tekin repititorlik kurslarini tashkil qilish yoki 6 oylik sinov bilan o'qishga qabul qilish o'zlashtirib ketsa o'qishda qoldirish zarur. nega endi oddiy oilani bolasi imtihondan o'tsa o'qishi (o'tmasa o'qimasligi) kerak ahir imtihondan o'tolmasdan turib super kantrakt to'lashga qurbi yetadigan olilani bolasi oqiwga kiryaptiyu. USHBU TAKLIFIM INOBATGA OLINISHINI SO'RAB QOLAMAN.
🅁🄰🄼🅉🄸🄳🄳🄸🄽 ㅤㅤㅤ
Meni bitta savol oʻylantiryapti. Hozir hamma taʼlim shaklidagi va yoʻnalishidagi talabalar oʻqishga,ananaviy shaklda darslarga qaytdi. Lekin sirtqi taʼlim shaklidagi talabalar haliyam online shaklda dars oʻtyapti. Men ham sirtqi taʼlim shaklida oʻqiyman. Men uchun bu darslar judayam noqulay chunki internet yaxshimas. Koʻplab talaba doʻstlarim shu sababli norozi boʻlyapti. Menimcha sirtqida oʻqiydiganglarni ham avvalgi shaklga qaytarish kerak. Iltimos oʻz telegram kanalingizda shu muammoga Munosabat bildirib oʻting.
men ham yuqoridagi fikrga qowilman. Men ham sirtqi bòlim talabasiman. Nega sirtqi ta'lim onlayn uqiydida, kunduzgilar ananaviy. Òzi sirtqilar smestrda 1oy uqisak, wundan foydalanb qoliwni hohlimz. Lekin masalan bizga dars bowlanganiga 1hafta bolgan bolsa 1kungina tayinli dars utildi. Bundan tawqari qator muammolar. Xullas tawqaridan adolatli va foydali koringan onlayn uqiw usulidan karrupsiya busa ham ananaviy uqiw foydali edi deb òyliyman. Iltimos qilib qolardik bu masalani qayta ko'rib chiqishlarini.
Zirapcha
Men yangi vazirimizga ishonaman.Chunki, vazir bo'lishlaridan oldin ham televideniya va internet orqali bir necha bor bildirgan fikr-mulohazalarini eshitganman.Judayam to'g'ri fikrlarni bildirganlar.Endi,takliflarga kelsak,ular quyidagilar:
- O'qituvchilarni biroz o'z ustida ishlashi va ilmiy ish qilishi uchun muhit yaratishga imkoniyat berilsa yaxshi bo'lardi.Ertalabdan kechgacha kafedrada vaqt o'tkizishdan foyda yo'q.Darsini o'tsin, keyin kutubxonaga boradimi,uyigami,xullas,o'zi uchun ishlashiga, maqola,dissertatsiya yozishiga qulay sharoit bor joyga ketishiga ruxsat berish kerak.Oliy ta'limda 20-30 yildan beri ishlab,hali ilmiy ish qilmagan,himoya qilmagan pedagoglarimiz bor.Yoshlarga ko'proq imkoniyat berish lozim.
- O'qituvchilarga baho berish masalasida ham talabalar fikrini ham o'rganish lozim.Anonim so'rov tarzida emas, ochiq muloqot tarzida bo'lsa yaxshi bo'lardi.Chunki, o'qituvchining haqiqiy mahoratini auditoriyada o'tirgan talaba ko'radi.Qaysi o'qituvchi yaxshiyu,qaysi biri darsni yaxshi o'tmasligini ular yaxshi bilishadi.Shunday holatlar mavjudki, ayrim rahbarlar yoki yoshi katta pedagoglarga fikrlashing yoki qaysidir yangiliklaring yoqmay qolsa, darrov yo'qotish payiga tushib qolishadi.Aslida,bu yosh o'qituvchi halol va yaxshi dars o'tishi mumkin.Ana shunday holatda unga faqat va faqat talabalar haqiqiy bahoni bera olishadi.
-Fan dasturlarini ham ko'rib chiqish lozim.
Azizbek Rustamov
Gapingiz balki to`g`ridir, lekin xatto toshkent shahrining o`zida ham 80 foiz ota-ona kundalik ko`pga kirmidi. ushbu saytga sinf rahbari ham o`zining nomidan, ham o`quvchilar va ularning ota onalari nomidan kirib o`tirishadi. shu kerakmidi, internet rivojlanmagan davlatimizdaa
Бунда айб ота онада бирорта ота она йук интернетдан фойдаланмайдиган улар тугри фойдалана билишлари кк урганишлари керак замон узгармокдаку харакат килиш керак менга жуда ёкди кундалик ком бор экан ёлгон бахо куйишни иложи йук
Azi
Бунда айб ота онада бирорта ота она йук интернетдан фойдаланмайдиган улар тугри фойдалана билишлари кк урганишлари керак замон узгармокдаку харакат килиш керак менга жуда ёкди кундалик ком бор экан ёлгон бахо куйишни иложи йук
Siz o`qituvchimisiz yoki ota-onamisiz??? sizni gapingiz to`g`ri sizning fikringizni inkor etaolmayman. lekin o`sha ota-ona kundalik.comga kirishni o`rganguncha bu yuklamani o`qituvchilarga ham yuklab qo`ymaslik kerak.
yana bir gap yolg`on baho qo`yaolmaydi deb qo`ysa bo`ladi, unda ham hohlagancha baho qo`yish mumkin.
Kechki ovqatdan keyin bir ayol, ayolimga telefon qildi, hamkasbi ekan. M.R nega meni bo`lamga past baho qo`yibsiz deya ayolim bilan tortishayapdi. Opa farzandiz o`zi yaxshi o`qimaydiyu buni bilasizkuu desa ham tushunmasdan, o`zi muallim bo`lgan ayol, bolasiga dars o`tgan boshqa bir hamkasbi bilan urishayapdi. qani aytingchi bunaqada qachon rivojlanamiz???
Show next 18 comments