Олий таълим тизимидаги бугунги ўзгаришлар ҳақида фикрингиз қанақа?
Сизнингча, янги вазир Абдуқодир Тошқулов тизимда ижобий ўзгаришлар қила оладими?
❗️Таклиф беринг: янги вазир энг аввало ишни нимадан бошлаши керак ва олий таълим тизимида нималарни ўзгартириш талаб этилади?
👉 @xushnudbek 👈
Термиз давлат университети фаолиятининг 2020 йилдаги сарҳисоби
-Термиз давлат университети олий таълим муассасалари орасидаги миллий рейтинг тизимида, бир йилда 12 поғона юқорилади.
-2019/2020 ўқув йили якунида 35 та бакалавриат таълим йўналишида 3288 нафар, 18 та магистратура мутахассислигида 95 нафар, жами 3383 нафар битирувчиларга дипломлар топширилди;
-2020/2021 ўқув йилида бакалавриат таълим йўналишлари 58 та, магистратура мутахассисликлари 29 та, таҳсил олаётган талабалар сони 22439 нафар;
-2020 йилда Юридик факультет; Ахборот технологиялари факультети; Миллий либос факультети ҳамда Миллий ҳунармандчилик ва кулолчилик факультети ташкил этилди;
-Янгидан 8 та таълим йўналишлари ва 6 та магистратура мутахассисликлари очилди;
-Владимир давлат университети (Россия) ва Полоцк давлат университети (Беларусь)лари билан қўшма таълим дастурлари доирасида 3 та таълим йўналиши ва 1 та магистратура мутахассислигида кадрлар тайёрлаш йўлга қўйилди;
-2020 йил давомида профессор-ўқитувчилар томонидан 4 та дарслик ва 29 та ўқув, 15 та услубий қўлланмалар, 52 та монография яратилди;
-пандемия сабабли барча таълим йўналиши ва мутахассисликлари талабалари учун 2019/2020 ўқув йили 2-семестридан moodlle платформасида онлайн таълим йўлга қўйилди;
-университет педагог-ходимлари томонидан 5 нафар фан доктори (DSc) ва 27 нафар фалсафа доктори (PhD) диссертациялари ҳимоя қилинди. 19 нафар педагог-ходим доцент унвонларига эга бўлди. Илмий даражага эга бўлган ўқитувчилар сони 165 нафарга етди;
-университет тарихида биринчи марта аёллар орасида фан доктори (DSc) диссертация иши ҳимоя қилинди;
-талабаларимиздан 19 нафари республика фан олимпиадаларида ғолиб бўлди;
-6,75 млрд. сўмлик амалий ва фундаментал лойиҳалар амалга оширилди;
-университет ҳузуридаги учта техникум ва бириктирилган умумтаълим мактабларига услубий ёрдам бериш янги босқичда ташкил этилди;
-жамоанинг икки нафар аъзоси давлатимизнинг юксак мукофоти билан тақдирланди;
-талабаларимиздан 4 нафари жаҳон ва Осиё чемпионатларида, 32 нафари республика миқёсида ғолиб бўлиб, 36 дона медалларни қўлга киритишди;
-400 ўринли талабалар турар жойи фойдаланишга топширилди;
-5 та видеоконференция алоқа студиялари яратилди;
-Дизайн ҳамда миллий тикув буюмлари таълим йўналишларида кадрлар тайёрлаш сифат-самарадорлигини ошириш мақсадида “Дизайн” студияси ташкил этилди;
-1000 ўринли Ахборот технологиялари факультети ўқув биноси қурилиши бошланди;
-Бойсун туманидаги “Дарбанд” амалиёт маркази профессор-ўқитувчилар ва талабаларининг илмий тадқиқот олиб боришлари учун обод масканга айлантирилди;
- “Сурхондарёда илм ва фан” илмий-услубий ҳамда филология соҳасига ихтисослашган “Филологик тадқиқотлар: тил, адабиёт, таълим” илмий-инновацион журналлари таъсис этилди;
-“ТерДУ босмахонаси” фаолияти йўлга қўйилди.
👉TerDU | Rektor rasmiy kanali
Abduqodir Toshqulov avvalo halol isnon va lider kadr hisoblanadi.
O'ylaymanki oliy ta'lim vazirligida ham shunday ish oboradi.
Termiz davlat universitetida 3 yilda 12 pog'ona reytingda oldiga siljigan buni o'zlariz ham ko'rishlariz mumkin tepadagi ma'lumotlardan.
Jahon miqyosida O'zbekistonni mundanda yuqori o'ringa olib chiqadi degan ummidaman .
Endi taklif sifatida aytmoqchimanki 1. qabul sonini ko'paytirish kerak tezlik bilan.Tojikiston, Qozog'iston va ko'plab mamlakalrga borib ovora bo'lib yurishmasin abiturientlar.
Bundan ko'zlangan maqsad boshqa davlarga borib o'qiyotganlar avvalo O'zbekiston farzandi va fuqarosi.
Davlat xalqi va kadrlari sifati uchun qayg'urishi kk.
Xullas Bu mavzuda gapirsa gap judaham ko'p.
2. Haqiqatda sifatli kadr ishlab chiqishni yo'lga qo'yish kk.
Universitet o'qituvchilarini birinchi o'rinda o'qitish kk hammasini emas harxolda.
Prezident administratsiyasidan bo'lsa ham zamonaviy lider kadrlar universitet o'qituvchilarini o'qitishi kk.
O'zbekistonga haqiqatda halol ishlaydigan, kasbim - faxrim deb ishlaydigan kadrlar kk.
Qog'ozda, telvizorda zo'r aslida bum bum hamma tomon.
Xullas juda ham gaplar ko'p gapirsa.To'g'ri, biz islohotlar jarayonidamiz lekin buni tezroq amalga oshirish kk.
Gaplarim balanparvoz bo'lsa ming bora uzr so'rayman.
Hammaga rahmat,#Xushnudbek aka sizga alohida kattakon rahmat , yaxshi qilibsiz kommentariya ochib bu mavzuda.
Omon bo'ling ilohim!.
Taklifim qisqacha abiturentlarni avvalam bor saralash lozim baza tashkil qilib 4-5 yil topshirib o'qishga kiromaganlarni saralab bez imtixon qabul qilish zarur.3 yil topshirib kirolmaganlargayam qanaqadir imtiyoz yoki tekin repititorlik kurslarini tashkil qilish yoki 6 oylik sinov bilan o'qishga qabul qilish o'zlashtirib ketsa o'qishda qoldirish zarur. nega endi oddiy oilani bolasi imtihondan o'tsa o'qishi (o'tmasa o'qimasligi) kerak ahir imtihondan o'tolmasdan turib super kantrakt to'lashga qurbi yetadigan olilani bolasi oqiwga kiryaptiyu. USHBU TAKLIFIM INOBATGA OLINISHINI SO'RAB QOLAMAN.
- O'qituvchilarni biroz o'z ustida ishlashi va ilmiy ish qilishi uchun muhit yaratishga imkoniyat berilsa yaxshi bo'lardi.Ertalabdan kechgacha kafedrada vaqt o'tkizishdan foyda yo'q.Darsini o'tsin, keyin kutubxonaga boradimi,uyigami,xullas,o'zi uchun ishlashiga, maqola,dissertatsiya yozishiga qulay sharoit bor joyga ketishiga ruxsat berish kerak.Oliy ta'limda 20-30 yildan beri ishlab,hali ilmiy ish qilmagan,himoya qilmagan pedagoglarimiz bor.Yoshlarga ko'proq imkoniyat berish lozim.
- O'qituvchilarga baho berish masalasida ham talabalar fikrini ham o'rganish lozim.Anonim so'rov tarzida emas, ochiq muloqot tarzida bo'lsa yaxshi bo'lardi.Chunki, o'qituvchining haqiqiy mahoratini auditoriyada o'tirgan talaba ko'radi.Qaysi o'qituvchi yaxshiyu,qaysi biri darsni yaxshi o'tmasligini ular yaxshi bilishadi.Shunday holatlar mavjudki, ayrim rahbarlar yoki yoshi katta pedagoglarga fikrlashing yoki qaysidir yangiliklaring yoqmay qolsa, darrov yo'qotish payiga tushib qolishadi.Aslida,bu yosh o'qituvchi halol va yaxshi dars o'tishi mumkin.Ana shunday holatda unga faqat va faqat talabalar haqiqiy bahoni bera olishadi.
-Fan dasturlarini ham ko'rib chiqish lozim.
yana bir gap yolg`on baho qo`yaolmaydi deb qo`ysa bo`ladi, unda ham hohlagancha baho qo`yish mumkin.
Kechki ovqatdan keyin bir ayol, ayolimga telefon qildi, hamkasbi ekan. M.R nega meni bo`lamga past baho qo`yibsiz deya ayolim bilan tortishayapdi. Opa farzandiz o`zi yaxshi o`qimaydiyu buni bilasizkuu desa ham tushunmasdan, o`zi muallim bo`lgan ayol, bolasiga dars o`tgan boshqa bir hamkasbi bilan urishayapdi. qani aytingchi bunaqada qachon rivojlanamiz???
Falon-falonlarni shoxi bor deb bo'm-bo'sh kallalarni OTM ga kirgazish ahmoqlik
Oliy ta'limga kirish uchun avliyo bo'lish shart emas ozgina o'qishga intilish kerak.
10 ta kitobni eplab o'qiy olmasa OTMda yuzlab qiyin kitoblarni qanday o'qiydi.
Yana perevod muammosi Qozog'iston , Qirg'iziston ,Tojikistonga borgincha o'zimizga shu qabulni ko'paytirsa nima qiladi ushbu davlatlardan kambag'al bo'p qoladimi ? Yoki ta'lim sifati ulardan pasayib ketadimi bizda buni chuqur va tezlik bn o'ylab ko'rish kk.
800 $ bersaiz yuqoridagi davlatlarni xohlagan yo'nalishiga kirasiz haqiqatku bu (harbiy va diniy yo'nalishlardan tashqari)
Endi meditsinaga Qirg'izistonga kirgan talaba imtihon topshiradi va O'zbekistonda talaba. Ha baraka topgur undan ko'ra o'zbek farzandlarini ovora qilmasdan shuyerga qabul qilsin qanchadan qancha o'zbek qizlari ovorayu sargardon qizbola boshi bn.
Umuman olganda to'g'ri 2030- yilgacha qabul ko'rsatkichini 50 foizgacha yetkazish nazarda tutilyabdi lekin ungachachi qanchadan qancha o'zbek qizlari Tojikistonda va boshqa davlatlarda sargardon endi u yerlarda bo'ladigan vaziyat haqida gapirmayman.
O'zbekistonda oliy ta'lim muassalariga qamrovni qachon yuqori darajaga oshiradi? 50 , 60 foizga chiqarishsa nima o'zgarishi mumkin? qanaqa salbiy va ijobiy oqibatlari bor?
Odamlar faqat davlat ishidan umidvor bo'lib yurishmasdan boshqa ishlar bn ham shug'ullanadiganlar ko'payar
1.Universitet ichki tuzilmasi. OTMga ishga kirgan o'qituvchilarga muddat qo'yish kerak, masalan, 3 yil ichida ilmiy ish qilib ilmiy darajasini oshirmasa, uni ishdan ozod etish;
2. OTM o'qituvchilarini ilmiy salohaiyatini oshirish uchun chet elga rag'bat asosida malaka oshirishga yuborish va uni takomillashtirish (1ta universitetga 2ta o'qituvchi tarzida emas);
3. Talabalar ko'lamini oshirish. Bu prezident farmonida ham bor, (super kontrakt giper kontrakt to'lab kirgandan chet elda 500-800$ga o'qishga kirib "perevod" qilgan yaxshi);
4. Talabalar ko'lami oshgandan keyin o'-o'zidan ularga turar joy masalasi o'rtaga chiqadi, mening fikrimcha, har bir viloyatda va Toshkent shahrida universitet talabalari ko'lamidan kelib chiqib umumiy talabalar kvartalini tashkil qilish kerak;
5. Stipendoya va kontrakt malasali. Stipendiya va kontraktni bir xil stavkada amalga oshirish. Masalan, bazaviyda hisoblansa, ikkalasiyam bazaviyda amalga oshsin. Bittasi bazaviy, boshqasi MHTEKIHda emas;
6. Ta'limning manbai bo'lmish kutubxonalar. Kutubxonalardagi kitoblar ko'lamini elektron va kitob shaklini oshirish. Kutubxonalarda talabalar uchun tekin wifi va choy va kofe shunga o'xshash narsalar tarqatish, bu talabaga kutubxonada ko'proq vaqtini o'tkazishini ta'minlaydi. Kutubxonalarga yirik biznesmenlarni homiy qilish(bu ajoyib natija beradi);
7. Talabalarning chet eldagi nufuzli OTMlarda bilimini oshirishlariga ko'proq kvotalar, grantlar yaratish. Talabani keraksiz va chalg'ituvchi forma va doimiy davomaddan ozod qilish(bunda albatta me'yordan oshmagan holda);
Illo, eng to'g'ri sarflangan mablag' bu ta'limga sarflangan mablag'dir!