Олий таълим тизимидаги бугунги ўзгаришлар ҳақида фикрингиз қанақа?

Сизнингча, янги вазир Абдуқодир Тошқулов тизимда ижобий ўзгаришлар қила оладими?

❗️Таклиф беринг: янги вазир энг аввало ишни нимадан бошлаши керак ва олий таълим тизимида нималарни ўзгартириш талаб этилади?


👉 @xushnudbek 👈

1869 comments

Show 100 more comments
Nurbek
Xushnut aka sizga bitta savolim bor nechchi yil diganda o'qishga kirgansiz?
Taklifim qisqacha abiturentlarni avvalam bor saralash lozim baza tashkil qilib 4-5 yil topshirib o'qishga kiromaganlarni saralab bez imtixon qabul qilish zarur.3 yil topshirib kirolmaganlargayam qanaqadir imtiyoz yoki tekin repititorlik kurslarini tashkil qilish yoki 6 oylik sinov bilan o'qishga qabul qilish o'zlashtirib ketsa o'qishda qoldirish zarur. nega endi oddiy oilani bolasi imtihondan o'tsa o'qishi (o'tmasa o'qimasligi) kerak ahir imtihondan o'tolmasdan turib super kantrakt to'lashga qurbi yetadigan olilani bolasi oqiwga kiryaptiyu. USHBU TAKLIFIM INOBATGA OLINISHINI SO'RAB QOLAMAN.
🅁🄰🄼🅉🄸🄳🄳🄸🄽 ㅤㅤㅤ
Meni bitta savol oʻylantiryapti. Hozir hamma taʼlim shaklidagi va yoʻnalishidagi talabalar oʻqishga,ananaviy shaklda darslarga qaytdi. Lekin sirtqi taʼlim shaklidagi talabalar haliyam online shaklda dars oʻtyapti. Men ham sirtqi taʼlim shaklida oʻqiyman. Men uchun bu darslar judayam noqulay chunki internet yaxshimas. Koʻplab talaba doʻstlarim shu sababli norozi boʻlyapti. Menimcha sirtqida oʻqiydiganglarni ham avvalgi shaklga qaytarish kerak. Iltimos oʻz telegram kanalingizda shu muammoga Munosabat bildirib oʻting.
men ham yuqoridagi fikrga qowilman. Men ham sirtqi bòlim talabasiman. Nega sirtqi ta'lim onlayn uqiydida, kunduzgilar ananaviy. Òzi sirtqilar smestrda 1oy uqisak, wundan foydalanb qoliwni hohlimz. Lekin masalan bizga dars bowlanganiga 1hafta bolgan bolsa 1kungina tayinli dars utildi. Bundan tawqari qator muammolar. Xullas tawqaridan adolatli va foydali koringan onlayn uqiw usulidan karrupsiya busa ham ananaviy uqiw foydali edi deb òyliyman. Iltimos qilib qolardik bu masalani qayta ko'rib chiqishlarini.
Zirapcha
Men yangi vazirimizga ishonaman.Chunki, vazir bo'lishlaridan oldin ham televideniya va internet orqali bir necha bor bildirgan fikr-mulohazalarini eshitganman.Judayam to'g'ri fikrlarni bildirganlar.Endi,takliflarga kelsak,ular quyidagilar:
- O'qituvchilarni biroz o'z ustida ishlashi va ilmiy ish qilishi uchun muhit yaratishga imkoniyat berilsa yaxshi bo'lardi.Ertalabdan kechgacha kafedrada vaqt o'tkizishdan foyda yo'q.Darsini o'tsin, keyin kutubxonaga boradimi,uyigami,xullas,o'zi uchun ishlashiga, maqola,dissertatsiya yozishiga qulay sharoit bor joyga ketishiga ruxsat berish kerak.Oliy ta'limda 20-30 yildan beri ishlab,hali ilmiy ish qilmagan,himoya qilmagan pedagoglarimiz bor.Yoshlarga ko'proq imkoniyat berish lozim.
- O'qituvchilarga baho berish masalasida ham talabalar fikrini ham o'rganish lozim.Anonim so'rov tarzida emas, ochiq muloqot tarzida bo'lsa yaxshi bo'lardi.Chunki, o'qituvchining haqiqiy mahoratini auditoriyada o'tirgan talaba ko'radi.Qaysi o'qituvchi yaxshiyu,qaysi biri darsni yaxshi o'tmasligini ular yaxshi bilishadi.Shunday holatlar mavjudki, ayrim rahbarlar yoki yoshi katta pedagoglarga fikrlashing yoki qaysidir yangiliklaring yoqmay qolsa, darrov yo'qotish payiga tushib qolishadi.Aslida,bu yosh o'qituvchi halol va yaxshi dars o'tishi mumkin.Ana shunday holatda unga faqat va faqat talabalar haqiqiy bahoni bera olishadi.
-Fan dasturlarini ham ko'rib chiqish lozim.
Azizbek Rustamov
Gapingiz balki to`g`ridir, lekin xatto toshkent shahrining o`zida ham 80 foiz ota-ona kundalik ko`pga kirmidi. ushbu saytga sinf rahbari ham o`zining nomidan, ham o`quvchilar va ularning ota onalari nomidan kirib o`tirishadi. shu kerakmidi, internet rivojlanmagan davlatimizdaa
Бунда айб ота онада бирорта ота она йук интернетдан фойдаланмайдиган улар тугри фойдалана билишлари кк урганишлари керак замон узгармокдаку харакат килиш керак менга жуда ёкди кундалик ком бор экан ёлгон бахо куйишни иложи йук
Azi
Бунда айб ота онада бирорта ота она йук интернетдан фойдаланмайдиган улар тугри фойдалана билишлари кк урганишлари керак замон узгармокдаку харакат килиш керак менга жуда ёкди кундалик ком бор экан ёлгон бахо куйишни иложи йук
Siz o`qituvchimisiz yoki ota-onamisiz??? sizni gapingiz to`g`ri sizning fikringizni inkor etaolmayman. lekin o`sha ota-ona kundalik.comga kirishni o`rganguncha bu yuklamani o`qituvchilarga ham yuklab qo`ymaslik kerak.
yana bir gap yolg`on baho qo`yaolmaydi deb qo`ysa bo`ladi, unda ham hohlagancha baho qo`yish mumkin.
Kechki ovqatdan keyin bir ayol, ayolimga telefon qildi, hamkasbi ekan. M.R nega meni bo`lamga past baho qo`yibsiz deya ayolim bilan tortishayapdi. Opa farzandiz o`zi yaxshi o`qimaydiyu buni bilasizkuu desa ham tushunmasdan, o`zi muallim bo`lgan ayol, bolasiga dars o`tgan boshqa bir hamkasbi bilan urishayapdi. qani aytingchi bunaqada qachon rivojlanamiz???
SHERZODBEK ZOKIROV
ХАР ХИЛ ИМТИЁТЗЛАР БИЛАН ТАЛАБАЛИККА КАБУЛ КИЛИШНИ БЕКОР КИЛИШИ ТАРАФДОРИМАН. ХАР КАНАКА ИМТИЁЗЛАРДАН ВОЗ КЕЧИШ КЕРАК
Ha to'g'ri aytasiz.
Falon-falonlarni shoxi bor deb bo'm-bo'sh kallalarni OTM ga kirgazish ahmoqlik
Oliy ta'limga kirish uchun avliyo bo'lish shart emas ozgina o'qishga intilish kerak.
10 ta kitobni eplab o'qiy olmasa OTMda yuzlab qiyin kitoblarni qanday o'qiydi.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
O'zbekistonlik abiturientlar nega boshqa mamlakatlarga borib o'qishga kirishi kk?
Yana perevod muammosi Qozog'iston , Qirg'iziston ,Tojikistonga borgincha o'zimizga shu qabulni ko'paytirsa nima qiladi ushbu davlatlardan kambag'al bo'p qoladimi ? Yoki ta'lim sifati ulardan pasayib ketadimi bizda buni chuqur va tezlik bn o'ylab ko'rish kk.
800 $ bersaiz yuqoridagi davlatlarni xohlagan yo'nalishiga kirasiz haqiqatku bu (harbiy va diniy yo'nalishlardan tashqari)
Endi meditsinaga Qirg'izistonga kirgan talaba imtihon topshiradi va O'zbekistonda talaba. Ha baraka topgur undan ko'ra o'zbek farzandlarini ovora qilmasdan shuyerga qabul qilsin qanchadan qancha o'zbek qizlari ovorayu sargardon qizbola boshi bn.
Umuman olganda to'g'ri 2030- yilgacha qabul ko'rsatkichini 50 foizgacha yetkazish nazarda tutilyabdi lekin ungachachi qanchadan qancha o'zbek qizlari Tojikistonda va boshqa davlatlarda sargardon endi u yerlarda bo'ladigan vaziyat haqida gapirmayman.
O'zbekistonda oliy ta'lim muassalariga qamrovni qachon yuqori darajaga oshiradi? 50 , 60 foizga chiqarishsa nima o'zgarishi mumkin? qanaqa salbiy va ijobiy oqibatlari bor?
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Odamlar oliy ta'limdagi diplom emas balki hayotdagi bilim, tajriba diplomdan ustun bo'laolishini anglab yetsin
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Shunda balki bizda ham biznesmenlar , aytichilar , ixtrochilar , ishlab chiqarish ko'payar!?
Odamlar faqat davlat ishidan umidvor bo'lib yurishmasdan boshqa ishlar bn ham shug'ullanadiganlar ko'payar
Oliy ta'lim muassasalari faqat super kontraktga óqiydigan talabalarga qiziqib nafsidan osilgan. Institutlarda yetarli joy bólmasa ham qabul qilaveradi.
Temur Nurmatov
Mening fikrimcha, davlat asosiy mablag'ni ta'limga sarflashi kerak, chunki dunyo hamjamiyatida faqatgina intellektual aql sohiblari, zamon bilan mutanosib fikrlay oladigan yoshlar davlatni yuksaltirishi mumkin, ishchi kuchi bo'lib chet elda yurmasdan, ana shunda òzimizdan haqiqiy ma'nodagi buyuk insonlar chiqishi mumkin. Endi bir nechta tavsiyalarimni aytin o'tsam:
1.Universitet ichki tuzilmasi. OTMga ishga kirgan o'qituvchilarga muddat qo'yish kerak, masalan, 3 yil ichida ilmiy ish qilib ilmiy darajasini oshirmasa, uni ishdan ozod etish;
2. OTM o'qituvchilarini ilmiy salohaiyatini oshirish uchun chet elga rag'bat asosida malaka oshirishga yuborish va uni takomillashtirish (1ta universitetga 2ta o'qituvchi tarzida emas);
3. Talabalar ko'lamini oshirish. Bu prezident farmonida ham bor, (super kontrakt giper kontrakt to'lab kirgandan chet elda 500-800$ga o'qishga kirib "perevod" qilgan yaxshi);
4. Talabalar ko'lami oshgandan keyin o'-o'zidan ularga turar joy masalasi o'rtaga chiqadi, mening fikrimcha, har bir viloyatda va Toshkent shahrida universitet talabalari ko'lamidan kelib chiqib umumiy talabalar kvartalini tashkil qilish kerak;
5. Stipendoya va kontrakt malasali. Stipendiya va kontraktni bir xil stavkada amalga oshirish. Masalan, bazaviyda hisoblansa, ikkalasiyam bazaviyda amalga oshsin. Bittasi bazaviy, boshqasi MHTEKIHda emas;
6. Ta'limning manbai bo'lmish kutubxonalar. Kutubxonalardagi kitoblar ko'lamini elektron va kitob shaklini oshirish. Kutubxonalarda talabalar uchun tekin wifi va choy va kofe shunga o'xshash narsalar tarqatish, bu talabaga kutubxonada ko'proq vaqtini o'tkazishini ta'minlaydi. Kutubxonalarga yirik biznesmenlarni homiy qilish(bu ajoyib natija beradi);
7. Talabalarning chet eldagi nufuzli OTMlarda bilimini oshirishlariga ko'proq kvotalar, grantlar yaratish. Talabani keraksiz va chalg'ituvchi forma va doimiy davomaddan ozod qilish(bunda albatta me'yordan oshmagan holda);
Illo, eng to'g'ri sarflangan mablag' bu ta'limga sarflangan mablag'dir!
Òrta maxsus Kòp stajli tarbiyachi mutaxassislar oliy ta'limda kirishi shartmikan.🤔Xushnud aka shunga javob yozvoring.
Олий таълим укитувчисини дарс утишдан бошка ишлардан озод этиш керак. Адоги йук жадваллар гурухда нечта талаба турмушга чиккан нечтаси хаммлодор ва х.к. Контракт пулини туламаса гурух мураббий айбдор укишга кемаса хам гурух мураббий айбдор. Уз фарзандларимизга унака гамхурлик килолмаймиз
Ассалому алейкум. Менинг фикримча хар бир олий таьлим муассасаларида малакали (кучли)профессор укитувчиларни купайтириш керак. Киргизистондан, Козогистондан перевод килиш ни тухтатиш керак. Чунки улар пул оркали киришади. Укимайди. Яхши кадр чикмайди. Таьлим сифатига таьсир курсатади
꧁͜͡࿇͜͡𖣐͜͡✵꧁͙ ABBOS ꧁✵͜͡ ͜͡𖣐͜͡࿇͜͡꧂͜
Oliy taʼlimni bepul qilish kerak
Salom Xushnudbek qachon òrta maxsus kop yillik tarbiyachilarni OTM ga imtiyozli kirish haqidagi muammolarini muhokama qilasizlar.javob bering.oldindan rahmat
Show next 3 comments