Олий таълим тизимидаги бугунги ўзгаришлар ҳақида фикрингиз қанақа?
Сизнингча, янги вазир Абдуқодир Тошқулов тизимда ижобий ўзгаришлар қила оладими?
❗️Таклиф беринг: янги вазир энг аввало ишни нимадан бошлаши керак ва олий таълим тизимида нималарни ўзгартириш талаб этилади?
👉 @xushnudbek 👈
Odamlar faqat davlat ishidan umidvor bo'lib yurishmasdan boshqa ishlar bn ham shug'ullanadiganlar ko'payar
1.Universitet ichki tuzilmasi. OTMga ishga kirgan o'qituvchilarga muddat qo'yish kerak, masalan, 3 yil ichida ilmiy ish qilib ilmiy darajasini oshirmasa, uni ishdan ozod etish;
2. OTM o'qituvchilarini ilmiy salohaiyatini oshirish uchun chet elga rag'bat asosida malaka oshirishga yuborish va uni takomillashtirish (1ta universitetga 2ta o'qituvchi tarzida emas);
3. Talabalar ko'lamini oshirish. Bu prezident farmonida ham bor, (super kontrakt giper kontrakt to'lab kirgandan chet elda 500-800$ga o'qishga kirib "perevod" qilgan yaxshi);
4. Talabalar ko'lami oshgandan keyin o'-o'zidan ularga turar joy masalasi o'rtaga chiqadi, mening fikrimcha, har bir viloyatda va Toshkent shahrida universitet talabalari ko'lamidan kelib chiqib umumiy talabalar kvartalini tashkil qilish kerak;
5. Stipendoya va kontrakt malasali. Stipendiya va kontraktni bir xil stavkada amalga oshirish. Masalan, bazaviyda hisoblansa, ikkalasiyam bazaviyda amalga oshsin. Bittasi bazaviy, boshqasi MHTEKIHda emas;
6. Ta'limning manbai bo'lmish kutubxonalar. Kutubxonalardagi kitoblar ko'lamini elektron va kitob shaklini oshirish. Kutubxonalarda talabalar uchun tekin wifi va choy va kofe shunga o'xshash narsalar tarqatish, bu talabaga kutubxonada ko'proq vaqtini o'tkazishini ta'minlaydi. Kutubxonalarga yirik biznesmenlarni homiy qilish(bu ajoyib natija beradi);
7. Talabalarning chet eldagi nufuzli OTMlarda bilimini oshirishlariga ko'proq kvotalar, grantlar yaratish. Talabani keraksiz va chalg'ituvchi forma va doimiy davomaddan ozod qilish(bunda albatta me'yordan oshmagan holda);
Illo, eng to'g'ri sarflangan mablag' bu ta'limga sarflangan mablag'dir!