«Йиғлаб қўнғироқ қилиб, тезда қочинг деб огоҳлантирди»
Сардобадаги фалокатдан биринчилардан бўлиб хабар топган фуқаролар воқеа қандай бўлганини сўзлаб берди.
Уйи томон сув бостириб келаётганини эшитган юртдошларимиз ўша чоғда нималарни ҳис қилишди экан-а? Биз ҳатто тасаввур қилишга ҳам қўрқамиз буни.
Шунақа ваҳимали пайтда ҳам одамийлигини йўқотмаган инсонларга минг раҳмат.
👉 @xushnudbek 👈
Xalqimiz boshiga mana bir qancha sinov ofatlarning kelishi barchamizga turlicha ta'sir qilyapti.
Hammaning holati va munosabati har xil. Kimdir zarar ko'rgan uyiga achinsa, yana kimdir yo'qotgan buyumlariga, boshqa bir kishi ajrab qolgan qarindoshi , birodariga a'za tutsa ,yana bir kishi mol qo'yiga ko'z yosh to'kmoqda.Unutmangki buyumlar sotib olib joyiga qo'yiladi, uysizlar yana qayta uy quradi, boshpana topadi, yo'qotganlarimiz qayg'u hijroni asta sekin unutiladi.
Ammo eng katta fojiamiz bu Alloh taaloning bizning ustimizda Qodir ekanligini unutganimiz( agar Alloh xoxlasa kichik zarrachalar bilan butun insoniyatni ojiz qoldirishi mumkinligini guvohi bo'lib turibmiz).
Inson so'zining asli unutuvchidir ,mana unutdik va bizga Allohga qaytishimiz uchun eslatmalar yuborildi, taassuf ko'pchilik bundan kerakli xulosalar chiqarmadi , ibodatga ,haqqa bo'yinsunmadi.Zero, Alloh faqat o'zi suygan bandalarigagina hidoyatni nasib etadi.Asl ziyonkorlardan bo'lib qolmaylik, dunyoda obro' va mol- mulk to'plash uchungina yashamaylik!