«Йиғлаб қўнғироқ қилиб, тезда қочинг деб огоҳлантирди»
Сардобадаги фалокатдан биринчилардан бўлиб хабар топган фуқаролар воқеа қандай бўлганини сўзлаб берди.
Уйи томон сув бостириб келаётганини эшитган юртдошларимиз ўша чоғда нималарни ҳис қилишди экан-а? Биз ҳатто тасаввур қилишга ҳам қўрқамиз буни.
Шунақа ваҳимали пайтда ҳам одамийлигини йўқотмаган инсонларга минг раҳмат.
👉 @xushnudbek 👈
Xalqimiz boshiga mana bir qancha sinov ofatlarning kelishi barchamizga turlicha ta'sir qilyapti.
Hammaning holati va munosabati har xil. Kimdir zarar ko'rgan uyiga achinsa, yana kimdir yo'qotgan buyumlariga, boshqa bir kishi ajrab qolgan qarindoshi , birodariga a'za tutsa ,yana bir kishi mol qo'yiga ko'z yosh to'kmoqda.Unutmangki buyumlar sotib olib joyiga qo'yiladi, uysizlar yana qayta uy quradi, boshpana topadi, yo'qotganlarimiz qayg'u hijroni asta sekin unutiladi.
Ammo eng katta fojiamiz bu Alloh taaloning bizning ustimizda Qodir ekanligini unutganimiz( agar Alloh xoxlasa kichik zarrachalar bilan butun insoniyatni ojiz qoldirishi mumkinligini guvohi bo'lib turibmiz).
Inson so'zining asli unutuvchidir ,mana unutdik va bizga Allohga qaytishimiz uchun eslatmalar yuborildi, taassuf ko'pchilik bundan kerakli xulosalar chiqarmadi , ibodatga ,haqqa bo'yinsunmadi.Zero, Alloh faqat o'zi suygan bandalarigagina hidoyatni nasib etadi.Asl ziyonkorlardan bo'lib qolmaylik, dunyoda obro' va mol- mulk to'plash uchungina yashamaylik!
Сардоба сув омбори хақида.... Барчамизга маълум манимча.... давлат томонидан қуриладиган объектлар, намунавий уйларни хомашёсидан -қурилиш бошлиқларидан ташқари қўл остида ишлайдиган УСТАЛАР хам фойда кўришларига харакат қилишади, мн: семент, арматура ва ҳ..ларни қурилиш бўлаётган қишлоқ ахолисига арзонроқ нархларда сотишганларини эшитиб қоласиз. Айтмоқчи бўлганим шу сувомборини хам қурилиши жараёнида ишлатиладиган семент ва ҳ.. ларни ўша ердаги баъзи ахоли сотиб олганларига шубхам йўқ. Мана энди ўзлари хам афсусланишаётганлари тайин, буюрмади, бу ерда ахолини айбламиман, чунки кўпчилик шунга ўрганган, қанча арзон бўлса шунча яхши...
Лекин хозирги вазиятдан келиб чиқиб ахолидан кимлар шундай қилганларини билишса айтишларини, уларга бу маълумотлар ун тазийиқ ўтказмасликларини айтишса одамларни ўзларида иқрор бўлишади ва энг асосийси... Халқ бундай ўғирликдан хазар қилиб бошлашлари аниқ манимча.....
Men oddiy abituriyentman.
Sardoba suv omborining buzilishi ham bu Allohning bergan sinovlaridan biridir.
Eshtib shunchaki beparvo bo'lgandim, ammo Xushnudbek akani kanallaridan, televideniyadan videolarni ko'rib qanday vaziyatga tushganimni o'zim sezmay qoldim...
Lekin oliyjanob xalqimiznining ko'maklashyotganini ko'rib yig'lavordim to'grisi.Men mana shunday fidoyi xalqimizning farzandi ekanimdan va jonimdan aziz Shu yurtda tug'ulganimdan faxrlanaman.Agar hozir talaba bo'lganimda balkim yordamim tegarmidi.Biz bir tanu bir jon bo'lib bu qiyinchiliklardan albatta chiqamiz Inshaalloh.Bu vaziyat xalqimizni bir biriga yanada jipslashtirmoqda...
Har narsada bir hikmat. Faqat yaxshi tomonlarini o'ylashimiz kerak.
YURTBOSHIMIZGA, KECHAYU KUNDUZ TINIM BILMAY XIZMAT QILAYOTGAN SHIFOKORLARMIZGA, MILLI Y GVARDIYA, ICHKI ISHLAR XODIMLARI VA JONKUYAR XALQIMGA BOSHIM YERGA TEKKUNCHA TA'ZIMDAMAN. SHULARNING BORIGA SHUKR.ALLOH BARCHANI O'Z PANOHIDA ASRASIN.
BIZ BIRMIZ QALBAN BIRGAMIZ O'ZBEK XALQIM🙂
O'YLAMANG O'ZBEKNI
BIR KUN SINAR DEB,
O'YLAMANG NOCHOR DEB
G'URURI BOR TIK,
ISMI HAM JISMIGA
MONAND O'ZI BEK
EGILMAY YASHAYDI
DUNYODA O'ZBEK!!!
INSHAALLOH YANA O'SHA TINCH OSUDA KUNLARGA QAYTISHIMIZGA SANOQLI KUNLAR QOLDI O'ZBEGIM...
BARCHANGZNI TUTGAN RO'ZANGIZ ALLOH DARGOHIDA QABUL BO'LIB, BARCHA DUOLARIMIZ IJOBAT BO'LSIN...
BARCHA O'ZBEK ELIMGA SABR MATONAT TILAYMAN!
BIZ BIR TANU BIR JON BO'LSAK TOG'NI HAM QULATAMIZ. AXIR BUZ O'ZBEKMIZ. MEN FIDOKOR XALQIMNI, JONAJON YURTIMINI SEVAMAN. A'LO KAYFIYAT HECH KIMNI TARK ETMASIN.AGAR GAPIM KIMGADUR YOQMAGAN BO'LSA UZR, YOQQAN BO'LSA MEN BUNDAN XURSANDMAN.