This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Йиғлаб қўнғироқ қилиб, тезда қочинг деб огоҳлантирди»

Сардобадаги фалокатдан биринчилардан бўлиб хабар топган фуқаролар воқеа қандай бўлганини сўзлаб берди.

Уйи томон сув бостириб келаётганини эшитган юртдошларимиз ўша чоғда нималарни ҳис қилишди экан-а? Биз ҳатто тасаввур қилишга ҳам қўрқамиз буни.

Шунақа ваҳимали пайтда ҳам одамийлигини йўқотмаган инсонларга минг раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

126 comments

Show 100 more comments
Saydullo Axtamov
Assalom aleykum qadrli yurtdoshlar!
Xalqimiz boshiga mana bir qancha sinov ofatlarning kelishi barchamizga turlicha ta'sir qilyapti.
Hammaning holati va munosabati har xil. Kimdir zarar ko'rgan uyiga achinsa, yana kimdir yo'qotgan buyumlariga, boshqa bir kishi ajrab qolgan qarindoshi , birodariga a'za tutsa ,yana bir kishi mol qo'yiga ko'z yosh to'kmoqda.Unutmangki buyumlar sotib olib joyiga qo'yiladi, uysizlar yana qayta uy quradi, boshpana topadi, yo'qotganlarimiz qayg'u hijroni asta sekin unutiladi.
Ammo eng katta fojiamiz bu Alloh taaloning bizning ustimizda Qodir ekanligini unutganimiz( agar Alloh xoxlasa kichik zarrachalar bilan butun insoniyatni ojiz qoldirishi mumkinligini guvohi bo'lib turibmiz).
Inson so'zining asli unutuvchidir ,mana unutdik va bizga Allohga qaytishimiz uchun eslatmalar yuborildi, taassuf ko'pchilik bundan kerakli xulosalar chiqarmadi , ibodatga ,haqqa bo'yinsunmadi.Zero, Alloh faqat o'zi suygan bandalarigagina hidoyatni nasib etadi.Asl ziyonkorlardan bo'lib qolmaylik, dunyoda obro' va mol- mulk to'plash uchungina yashamaylik!
Dilnoza Xudayberdieva
Assalomu alaykum, 2002 yil 23 mart kuni Guzor tumanini bir necha qishloqlarini suv bosgandi.Kechasi 00.30 chamasi edi,juda kuchli yomgir yogardi,eshikni ochganimizda, suv shiddat bn uyga kirgan,belimizgacha suv kechib suvdan chiqqanmiz,u payt xech narsani xis qilmaydi na qurquv,na boshqa narsa,karaxt bop qoladi.Usha seldan keyin kop narsa yuqotdik,boshpanasiz qolganmiz,xamma narsamiz suvda oqib ketgan.Bizlar yosh edik,uquvchi,talaba,ota onamga juda ogir bolgan uqituvchini oylik maoshi bn yana qaytadan xam ruzgor xam uy qurdilar.Qancha moddiy manaviy qiyinchiliklar kordik.Ukalarim bolaligi shu qiyinchiliklarda utib ketdi.Xech kim yordam bermagan faqat tekinga yer berishgan qaytadan uy qurdila ota onam juda qiyin,Selda qolganlarni xolatini man yaxshigina his qilip turibman.Utgan asrda emas mustaqillik yillari mana shunaqa qiyinchiliklarni korib ulgaydik.Na Tv da,na radioda elon qilinmagan 2002 yil 23 martdagi Qashqadaryoni Guzor tumanidagi suv toshqini.Titanikni korsam uzim qolib ketgan selni eslayman.Mol yarasi bitadi,usha vaqtdan qolgan yomon xotiralar xech qachon unitilmaydi.
Ассалому алайкум яхшимисиз Хушнудбек Худойбердиев сиз билан кандай боглансам булади зарур масала бор
Avvalombor assalomu alaykum! Ilohim ulargaolloxim g‘oyibidan yaxwi kunlarni ato etsin! to‘g‘risi xar safar tvdan yordam jo‘natdik deganlarini ko‘rsak oilamiz bn yig‘lab ko‘ramiz biz siz bn aziz Vatandoshlarimiz
Olloh rozi bulsin doim duodamiz baraka topsin.
Hech kimni boshiga tushmasin ilohim, ko'rganimiz shu bo'lsin. Eshitib yo biz ham qochishimizni bilamiz, yo utirishni na ishda utirdik na qulimiz ishga bordi. Ko'chada traktorlar mashinalar hali odam. Internet tarmog'ida chiqayotgan turli havolalar ko'z oldimizdan o'tadi oxirgi zamonda bo'ladi odamlar kasallanadi kabi. Bu sinov ayrim kimsalarni vijdonini uyg'otib tovba tazarruk qilishga undagandir balki. Sal bo'lsada ichini jimirlatib o'zida insoniylik tuug'usini uyg'otgan bo'lsa ajabmas.
ONLINE 24/7
Хаммага Ассалому алайкум, Хурматли Хушнудбек,сиздан бир илтимосим бор. Блогер сифати албатта ёритинг. Сардобадаги офат сабаб уйсиз, хеч вакосиз колган хамюртларимизнинг ахволини хаммамиз билиб турибмиз. Уларга юртимизнинг хамма жойларидан ёрдамлар бориб турибди. Бу албатта яхши ва савобли ишдир. Лекин баъзи санъат ахли хар доимгидек узларини худдики, килган ёрдамларини мана куриб куйинглар дегандек, ночор ахволдаги инсонлар б.н тиржайиб олиб расмга тушишмокда. Нима бу, килган ёрдамлари хисобига уларнинг устидан кулишми ё камситишми? Хуп, байрамларда расмга тушишса, лекин ночорликда колган хамюртларимиз уша санъат ахли б.н расмга тушамиз деган хаёлда утиришибдими. Охирги вактларда санъат ахлидан халкнинг кунгли колиб бормокда. Нима уларнинг фахм фаросатлари етмайдими.. ночор хамюртларимиз кабул килиб олган ёрдамлар эвазига "мажбурликдан" расмга тушаётгани аник. Ээй айрим "калтафахм" одамлар, озрок аклларингизни ишлатинглар. Аслида уша Сардобага сизларнинг умуман керагингиз йук. Жуда ёрдам бергингиз келаётган булса, вайрон булган уйдарни тозалаш, тиклаш ищларида катнашинг. Ёки уз уйингизда жимгина утириб уйсиз колганлар хаккига дуода булинг. Эх, санъат ахли, качон акл киради сизларга (хаммасига тегишли эмас бу гапларим). Озрок уялинглар!
Ассалому алайкум Хушнудбек яхшимисиз, рўзаи рамазон ойида сизга куч қувват тилайман. Мен сизни,,Заковат,, ўйинлари орқали танирдим ва кейин каналингизга уландим.
Сардоба сув омбори хақида.... Барчамизга маълум манимча.... давлат томонидан қуриладиган объектлар, намунавий уйларни хомашёсидан -қурилиш бошлиқларидан ташқари қўл остида ишлайдиган УСТАЛАР хам фойда кўришларига харакат қилишади, мн: семент, арматура ва ҳ..ларни қурилиш бўлаётган қишлоқ ахолисига арзонроқ нархларда сотишганларини эшитиб қоласиз. Айтмоқчи бўлганим шу сувомборини хам қурилиши жараёнида ишлатиладиган семент ва ҳ.. ларни ўша ердаги баъзи ахоли сотиб олганларига шубхам йўқ. Мана энди ўзлари хам афсусланишаётганлари тайин, буюрмади, бу ерда ахолини айбламиман, чунки кўпчилик шунга ўрганган, қанча арзон бўлса шунча яхши...
Лекин хозирги вазиятдан келиб чиқиб ахолидан кимлар шундай қилганларини билишса айтишларини, уларга бу маълумотлар ун тазийиқ ўтказмасликларини айтишса одамларни ўзларида иқрор бўлишади ва энг асосийси... Халқ бундай ўғирликдан хазар қилиб бошлашлари аниқ манимча.....
VAZIRA
Sardoba axliga sabr tilayman. Shu haqiqa qanday yangilik yoki video ko'rsam ko'zim yoshlanyapdi. Xudo xoxlasa hammasi o'tib ketadi.
Olloh rozi bo'lsin silardan
Haqiqiy qahramonlarni vaziyayt òzi yuzaga chiqaradi. Oz jonini xatarga qòyib xalqni òylagan bu inson zamonamizning haqiqiy qahramoni ekan. Otangizga rahmat, sizga ta'lim bergan uztozingizga rahmat deyman
Avvalom bir assalomu aleykum!
Men oddiy abituriyentman.
Sardoba suv omborining buzilishi ham bu Allohning bergan sinovlaridan biridir.
Eshtib shunchaki beparvo bo'lgandim, ammo Xushnudbek akani kanallaridan, televideniyadan videolarni ko'rib qanday vaziyatga tushganimni o'zim sezmay qoldim...
Lekin oliyjanob xalqimiznining ko'maklashyotganini ko'rib yig'lavordim to'grisi.Men mana shunday fidoyi xalqimizning farzandi ekanimdan va jonimdan aziz Shu yurtda tug'ulganimdan faxrlanaman.Agar hozir talaba bo'lganimda balkim yordamim tegarmidi.Biz bir tanu bir jon bo'lib bu qiyinchiliklardan albatta chiqamiz Inshaalloh.Bu vaziyat xalqimizni bir biriga yanada jipslashtirmoqda...
Har narsada bir hikmat. Faqat yaxshi tomonlarini o'ylashimiz kerak.
YURTBOSHIMIZGA, KECHAYU KUNDUZ TINIM BILMAY XIZMAT QILAYOTGAN SHIFOKORLARMIZGA, MILLI Y GVARDIYA, ICHKI ISHLAR XODIMLARI VA JONKUYAR XALQIMGA BOSHIM YERGA TEKKUNCHA TA'ZIMDAMAN. SHULARNING BORIGA SHUKR.ALLOH BARCHANI O'Z PANOHIDA ASRASIN.
BIZ BIRMIZ QALBAN BIRGAMIZ O'ZBEK XALQIM🙂
O'YLAMANG O'ZBEKNI
BIR KUN SINAR DEB,
O'YLAMANG NOCHOR DEB
G'URURI BOR TIK,
ISMI HAM JISMIGA
MONAND O'ZI BEK
EGILMAY YASHAYDI
DUNYODA O'ZBEK!!!

INSHAALLOH YANA O'SHA TINCH OSUDA KUNLARGA QAYTISHIMIZGA SANOQLI KUNLAR QOLDI O'ZBEGIM...
BARCHANGZNI TUTGAN RO'ZANGIZ ALLOH DARGOHIDA QABUL BO'LIB, BARCHA DUOLARIMIZ IJOBAT BO'LSIN...
BARCHA O'ZBEK ELIMGA SABR MATONAT TILAYMAN!
BIZ BIR TANU BIR JON BO'LSAK TOG'NI HAM QULATAMIZ. AXIR BUZ O'ZBEKMIZ. MEN FIDOKOR XALQIMNI, JONAJON YURTIMINI SEVAMAN. A'LO KAYFIYAT HECH KIMNI TARK ETMASIN.AGAR GAPIM KIMGADUR YOQMAGAN BO'LSA UZR, YOQQAN BO'LSA MEN BUNDAN XURSANDMAN.
SIRDARYOLIK O'ZBEK ELIMGA SABR BARDOSH TILAYMAN. INSHAALLOH HAMMASI YAXSHI BO'LADI. O'ZINGIZNI EHTIYOT QILING AZIZ YURTDOSHIM BUTUN O'ZBEK XALQI SIZ BILAN QALBAN BIRGA. HAMMASINI YENGIB O'TAMIZ INSHAALLOH.
Suv bostirib kelishi haqida bizda Qorakolda ham yolģon xabar tarqalganda qanchalik qòrquvga tushgandik hamma uyini tawlab qochgandi. Haqiqiy suv toshqinida qolgan Sardoba xalqini ahvolini tasavvur ham qilib bòlmaydi. Barchalariga Alloh sabr bersin yòqotganlarini òrnini Alloh òzi tòldirsin
Абу Муҳаммад Умарий
Кадаст ҳодимларимас, Аллоҳни танийдиган, намоз ўқиб, рўза тутадиган, бировнинг ҳақидан қўрқадиган мўмин мусулмонлар, дейиш керак. Намозхонларни кўрса ола қарайдиганларга дарс бўлсин.
Alloh rozi bosin
Olloh hammamizni panohida asrasin!!!
Jobir Egamberdiyev
Ushbu insonlarga tashakkur!!! Allox barcha sardobaliklarga sabr bersin, barcha sirdaryo viloyati uchun yordam berayotgan insonlarga kuch quvvat bersin, barchalariga raxmat!!!
хамма нарсага вакт даво халк бир кузгаладию яна эсдан чикиб кетади , бу вокеалар хам 1 ойдан кейин эсланмайди хам худдики жм машиналари нархи кутарилганига ёпишиб олганимиздай, бу ишларни хам охирига етилмайди, вактни пайсалга солиш катталар тутган энг яхши йул хозирча
Assalomu alaykum haqiqatdan ham... Ishlariga rivoj