Audio
Ҳурматли ота-оналар!

Фарзандингиз борадиган мактаб ҳожатхонасини ҳеч кўрганмисиз? Тошкентда ёки бошқа катта шаҳарлардаги мактабларда аҳвол бирмунча яхшироқдиру (унда ҳам барчасида эмас), аммо бошқа жойларда ҳолат ачинарли. Ҳожатхона мавзуси биз учун негадир уятли ёки аҳамиятсиздек туюлади. Аслида унақа эмас. Бу масала ёш фарзандларимизнинг саломатлиги ва руҳияти учун жуда муҳим.

Энди муддаога ўтсам. Фарзандингиз мактабидаги ҳожатхонани яхшилаш учун нима қилиш мумкин? Қачон мактаб таъмирга тушаркин деб кутсангиз, кўп вақт керак. Ўзимиз пул йиғайлик, десангиз, ҳар ҳолда кичкина сумма эмас.

❓Хўш, нима қилиш мумкин?

Бунинг қонуний ва осон йўли бор.

📲 openbudget.uz сайтига кириб, ташаббус қолдиринг. Кейин бошқа ота-оналарни даъват қилиб, овоз йиғинг. Қарабсизки, бюджетдан керакли маблағ санитар тоза ва озода ҳожатхона учун йўналтирилади. Сиздан фақат ташаббус керак холос. Батафсил

❗️Лойиҳада фақат ҳожатхона эмас, бошқа муаммоларга ҳам (кутубхона, ошхона, спорт зал) ташаббус қолдириш мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

182 comments

Show 71 more comments
Малохатхон
,
SHERZOD
Ассалому алейкум
SHERZOD
Аввалам бор мактаблани лойхалаш жараенида ташки коммуникация тизимини урганиш кере боглаш кере качонгача ямали эски типда хожахоналар кулланилади. кумирда иситиладиган козонхоналар урнига газ оркали иситилиши куллаш кере санитария талабларини кучайтириш кере замон талабларига мослаш кере муаммолар жуда куп...
Ehtirom Toshboyev 2
Hojatxonadan ham zarurroq narsalar bor. Maydalashib ketmaylik Xushnudbek.
Орзу Давранов
Сайт ишламаябти как всегда
Гулондон Фозилова
Жунатиб бумияпдику
Yo‘g‘i hali ovoz berish boshlanmadi.Startga turing.
Prosto tayyorgarlik ko‘rish un yo‘riqnoma kk
??¿??????????? !¡!!!!!!!!!!!!!!!!????!
Assalomu aleykum
Yaxshi bulardi
@@🏂
Бизга кутубхона керак
Yaqinda shu fikr kelgan edi bolalarim o'qiydigan maktab xojathonasini ta'mirlab bermoqchiman lekin qancha mablag' ketishini hisoblab imkoniyatlarimni hisob kitob qilmoqchiman yahshi taklif bu ham Sadaqai joriya!
Insonlar iltimos maktabni muammosini aytmanglar salla desa kalla oladigan "KATTALAR" ertaga xat yuborib O'QITUVCHILAR hisobidan xojatxona quradi yoki ta'mirlaydi.
Openbyudjetda qanday qilib sms ovoz bersa bo'ladi.
Гулмийра Утебаева
Oshxona ,sport zal kerak
Ehtirom Toshboyev 2
Hojatxonadan ham zarurroq narsalar bor. Maydalashib ketmaylik Xushnudbek.
Nega?🧐🧐 Uyingizdagi hojatxonaga e'tibor qilmaysizmi, maydalashmaylik, deb. Farzandim maktabda iloji boricha xojatxonaga kirmaydi, nega bilasizmi? Yangi ta'mirlangan, lekin sifatsiz. Noxush hid... Va bolajonlar usha yerga kamida to'qqiz (!!!) yil yoki majbur kirishadi yoki sog'ligiga ziyon qilib kirishmaydi. Bu albatta zarur!
Assalomu alekum. Xushnudbek aka yaxshimisiz?Bizarda elektr tokini o'tkazish buyicha muommo bor(Qashqadaryo viloyati, koson tuman).Kimga va qayerga murojaat qilsak buladi?
openbudget.uz saytida tashabbus qoldirdim.Lekin buni qanday boshqalarga bildirsam bo‘ladi ya‘ni maqullashlari uchun nima qilishim kerak.Shu to‘g‘risida ma‘lumot beroladigan kishi bormi
Go'zal Kochova
Bizning 46 - maktabga sport zal kerak yordam qilishsa yaxshi bo'lardi
Ehtirom Toshboyev 2
Dilafruz Ergasheva
Nega?🧐🧐 Uyingizdagi hojatxonaga e'tibor qilmaysizmi, maydalashmaylik, deb. Farzandim maktabda iloji boricha xojatxonaga kirmaydi, nega bilasizmi? Yangi ta'mirlangan, lekin sifatsiz. Noxush hid... Va bolajonlar usha yerga kamida to'qqiz (!!!) yil yoki majbur kirishadi yoki sog'ligiga ziyon qilib kirishmaydi. Bu albatta zarur!
Man yashaydigan tumanda 19 ta maktab bor. Kamida 10 tasini hojatxonasini bilaman, hammasi talab doirasida. Ayniqsa prizident saylovi arafasida yaxshigina remont qilishdi. Hojatxonadan muximroq narsa deganim chekka hududlarda o'sha siz aytayotgan bolalarimiz toza ichimlik suvidan qiynalishmoqda, tabiiy gaz tarixda yitib kelmaydigan qishloqlar bor, mashina tugul arava ham yura olmaydigan yo'llarda, o'quvchilar yangi olgan oyoq kiyimini qo'yib rezina etikda maktabga borishadi.
Xusanboy Nishanov
Bizni maktabda faollar zali yo‘q. Shuni tashabbusini kiritish kerak
Show next 90 comments