Audio
Ҳурматли ота-оналар!

Фарзандингиз борадиган мактаб ҳожатхонасини ҳеч кўрганмисиз? Тошкентда ёки бошқа катта шаҳарлардаги мактабларда аҳвол бирмунча яхшироқдиру (унда ҳам барчасида эмас), аммо бошқа жойларда ҳолат ачинарли. Ҳожатхона мавзуси биз учун негадир уятли ёки аҳамиятсиздек туюлади. Аслида унақа эмас. Бу масала ёш фарзандларимизнинг саломатлиги ва руҳияти учун жуда муҳим.

Энди муддаога ўтсам. Фарзандингиз мактабидаги ҳожатхонани яхшилаш учун нима қилиш мумкин? Қачон мактаб таъмирга тушаркин деб кутсангиз, кўп вақт керак. Ўзимиз пул йиғайлик, десангиз, ҳар ҳолда кичкина сумма эмас.

❓Хўш, нима қилиш мумкин?

Бунинг қонуний ва осон йўли бор.

📲 openbudget.uz сайтига кириб, ташаббус қолдиринг. Кейин бошқа ота-оналарни даъват қилиб, овоз йиғинг. Қарабсизки, бюджетдан керакли маблағ санитар тоза ва озода ҳожатхона учун йўналтирилади. Сиздан фақат ташаббус керак холос. Батафсил

❗️Лойиҳада фақат ҳожатхона эмас, бошқа муаммоларга ҳам (кутубхона, ошхона, спорт зал) ташаббус қолдириш мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

182 comments

Show 80 more comments
Yaxshi bulardi
@@🏂
Бизга кутубхона керак
Yaqinda shu fikr kelgan edi bolalarim o'qiydigan maktab xojathonasini ta'mirlab bermoqchiman lekin qancha mablag' ketishini hisoblab imkoniyatlarimni hisob kitob qilmoqchiman yahshi taklif bu ham Sadaqai joriya!
Insonlar iltimos maktabni muammosini aytmanglar salla desa kalla oladigan "KATTALAR" ertaga xat yuborib O'QITUVCHILAR hisobidan xojatxona quradi yoki ta'mirlaydi.
Openbyudjetda qanday qilib sms ovoz bersa bo'ladi.
Гулмийра Утебаева
Oshxona ,sport zal kerak
Ehtirom Toshboyev 2
Hojatxonadan ham zarurroq narsalar bor. Maydalashib ketmaylik Xushnudbek.
Nega?🧐🧐 Uyingizdagi hojatxonaga e'tibor qilmaysizmi, maydalashmaylik, deb. Farzandim maktabda iloji boricha xojatxonaga kirmaydi, nega bilasizmi? Yangi ta'mirlangan, lekin sifatsiz. Noxush hid... Va bolajonlar usha yerga kamida to'qqiz (!!!) yil yoki majbur kirishadi yoki sog'ligiga ziyon qilib kirishmaydi. Bu albatta zarur!
Assalomu alekum. Xushnudbek aka yaxshimisiz?Bizarda elektr tokini o'tkazish buyicha muommo bor(Qashqadaryo viloyati, koson tuman).Kimga va qayerga murojaat qilsak buladi?
openbudget.uz saytida tashabbus qoldirdim.Lekin buni qanday boshqalarga bildirsam bo‘ladi ya‘ni maqullashlari uchun nima qilishim kerak.Shu to‘g‘risida ma‘lumot beroladigan kishi bormi
Go'zal Kochova
Bizning 46 - maktabga sport zal kerak yordam qilishsa yaxshi bo'lardi
Ehtirom Toshboyev 2
Dilafruz Ergasheva
Nega?🧐🧐 Uyingizdagi hojatxonaga e'tibor qilmaysizmi, maydalashmaylik, deb. Farzandim maktabda iloji boricha xojatxonaga kirmaydi, nega bilasizmi? Yangi ta'mirlangan, lekin sifatsiz. Noxush hid... Va bolajonlar usha yerga kamida to'qqiz (!!!) yil yoki majbur kirishadi yoki sog'ligiga ziyon qilib kirishmaydi. Bu albatta zarur!
Man yashaydigan tumanda 19 ta maktab bor. Kamida 10 tasini hojatxonasini bilaman, hammasi talab doirasida. Ayniqsa prizident saylovi arafasida yaxshigina remont qilishdi. Hojatxonadan muximroq narsa deganim chekka hududlarda o'sha siz aytayotgan bolalarimiz toza ichimlik suvidan qiynalishmoqda, tabiiy gaz tarixda yitib kelmaydigan qishloqlar bor, mashina tugul arava ham yura olmaydigan yo'llarda, o'quvchilar yangi olgan oyoq kiyimini qo'yib rezina etikda maktabga borishadi.
Xusanboy Nishanov
Bizni maktabda faollar zali yo‘q. Shuni tashabbusini kiritish kerak
Maktablarku mayli universitetlarham shu axvolku
Assalomu alekum Xushnudbek aka biz Tashkent viloyati Buka tumanida uzimiz oddiy bir qishloq aholisi pul yiģib uzimizga Maktab quryabmiz .

P/s bunaqa mayda chuyda narsalargayam kredit u bu deb yurish ham toģri emas menimcha.
MUZAFFAR
Qishloq joylarda yollarni asfalt qilishga xam sal etibor qaratib yuborilar. Koz boyamachlikka kiraverishni asvalt qilib xamma yoq asfalt deyishadi. Yomgir yogsa yollarda yurib bolmaydi. Iltimos
Yo‘llarni asfalt qilinglar
Assalomu aleykum. Nafaqat maktab binosi bo'yicha, balki boshqa sohalardan taklif kiritsak bo'ladimi ? Masalan, kutubxona. Har bir shahar yoki tumanda kutubxonalar, ya'ni bemalol dars tayyorlaydigan binolarni ham joriy qiladigan(yoki sonini oshiradigan) bo'lsak. Hammamiz bo'sh vaqtimizda dars tayyorlab, kitob o'qir edik.
Bizga umuman yangi maktab kerak.Eski maktabni remonti charchatdi.Ohak qilaman desak upirilib tushadi.Yuzimizni ham muncha mjloyim silamaymiz😜.Devorni so'ramang.Qashqadaryo maktablari bilan kim shug'ullanadi.Kelganodam remontdan chiqqan maktablarni. ko'radi
Zarmasov Jo‘raxo‘ja
openbudget.uz saytida tashabbus qoldirdim.Lekin buni qanday boshqalarga bildirsam bo‘ladi ya‘ni maqullashlari uchun nima qilishim kerak.Shu to‘g‘risida ma‘lumot beroladigan kishi bormi
Assalamu alaykum va rohmatullah.
Agar loyiha qoldirgan boʻlsangiz,loyihangiz koʻrib chiqiladi adashmasam 22-fevraldan 8-martgacha,bundan soʻng ovoz yigʻish boshlanadi.Siz loyihangizga ovoz yigʻish uchun saytning eng pastki qismida ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashish tugmalari bor oʻshalar orqali tarqatishiz mumkin
Юлдошев
Assalomu aleykum biz o`tgan yil shu loyiha bo`yicha tashabusda 500 mln som yutib olgandik openbudgetdan lekin xozirgacha bu mablag` bizga yetb kelmadi biz kun uzga xam bergandik maqola qilishga lekin foydasi bolmadi. Siz aytgandek tashabus bilan chiqdiq ovoz berdik va ko`rib chiqilib tashabusda g`alaba qozondik lekin bu xam shunchaki qog`ozda qolib ketdi siz nima deysiz o`zi mablag` ajratilsa qishloqlarga yetib keladimi yoki yuqori hokimyat egalari o`zlari hal qiladimi oldindan rahmat
Show next 81 comments