⚡️РАСМАН: ДТМ магистратура учун чет тилидан тест синовига БАРЧА даъвогарларнинг келишини сўрамоқда
ДТМ магистратуранинг мутахассислик фанидан 56%дан кам балл тўплаганларга ҳам рухсатнома чиқарилгани бўйича расмий
муносабат билдирди.
Унда айтилишича, рухсатномалар Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан ДТМга тақдим этилган маълумотлар асосида шакллантирилган бўлиб, ОТМлар томонидан мутахассислик фани бўйича ўтказилган имтиҳонда
неча балл олганидан қатъи назар рухсатнома чиққан барча талабгорлар тест синовларида иштирок эта олади.
Шунга кўра, ҳаммага кўнгилни тўқ қилиб, тест синовларида қатнашишларини тавсия этамиз.
❗️P.S.: 56%дан кам тўплаганлар томонидан "қатнашсак, кейин нима бўлади, натижага қандай ҳисобланади, унақами, мунақами?" деган саволлар, шубҳа-гумонлар кўп билдирилмоқда. Ўртоқлар, охирини ўйлаган қаҳрамон бўла олмайди. Сизга яна бир марта истисно тарзда имконият бериляптими, демак, бундан максимал фойдаланиш керак. Қолгани Аллоҳдан. Бир гап бўлади. Ҳозир бошингизни қотирганингиз билан ҳеч нарса ўзгармайди. Тестга киринг, илмингиз етганича ишланг, уёғи тақдирдан.
👉 @xushnudbek 👈
👆👆👆
Bu gapga qarshiman. Bunday holatlarda hammasi aniqlashtirilgan bo'lishi shart edi. Hamma savollar asosli. Chunki bu ham abituriyentning huquqi hisoblanadi. Shunchaki "bir gap bo'lar" degan narsa ketmaydi.
Iltimos DTM yoki oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi saralash haqida aniq ma'lumotlar berishsin!
bo’lyaptiku, Xushnudbek bunga qanday huquqiy baho berish mumkin?
Magistratura guruhlarida juda ko‘p mulohazalar bo‘ldi adolatsizlik yuzasidan
Bakalavr imtihonlari uchun ko‘p qaror qabul qilindi
Lekin magstr imtihonlari haliyam o‘z-bo‘larchilikka qolgan.
Adolatsizlik bo‘lgan holatlar qaytadan o‘rganib chiqiladimi? Testlar avvaldan ko‘chaga chiqib ketgan yoki ketmaganini, test shakillantirilgan savollar va savol tarkibi to‘liq dasturni qamragan yoki qamramaganini kimdir o‘rganib chiqadimi?
Endi mutaxasislik fanidan testdan o‘ta olmagan, lekin ingliz tili va natihaviy bali hisobiga mutaxassislikdan ko‘ proq bal to‘plagan talabadan ko‘ra Ko‘proq topib qo‘ysa nima bo‘ladi????
O‘tgan yili, bakalavr diplomi bilan ish topa olmaganlar deylik matematika yo‘nalishiga diplom bali balandligi hisobiga kirgandi. Bu yil ingliz tili hisobiga kiradimi???
Nega har yil har xil imtihon olinmoqda?
O‘tgan yili pedagogika, mantiqdan ham test bor edi.
Bu savol menga qiziq, magistraturaning bugungi talabasi ertaga universitet o‘qituvchisi.
Pulni vijdondan ustun qo‘ygan ayrimlar sabab magstraturaga bilimi pastlar ham kirib bormoqda. Ular erta shu universitet kelajagiku.
Shu zaylda davom etaversak, kafedralarda to‘plangan bilim tajribalar cheksiz kamayuvchi geometrik progressiya kabi kamayib...yo‘qolib ketadi.
Aytavergandan foyda bormi? Xushnudbek aka, o‘qib javob yozasizmi, javob yozganiz nimanidir hal etadimi?
Nizom kabi kiritilgan qoida nega ishlamayapti??
Soqqa bilan diplomdan 86 va undan yuqori ishlab mutaxasislikdan 56 dan kam yiqqanlar imtihonga kiritilsa qani adolat!? E xullas...
Nimani qoyillatadiki chet tilini bilsa?