⚡️РАСМАН: ДТМ магистратура учун чет тилидан тест синовига БАРЧА даъвогарларнинг келишини сўрамоқда

ДТМ магистратуранинг мутахассислик фанидан 56%дан кам балл тўплаганларга ҳам рухсатнома чиқарилгани бўйича расмий муносабат билдирди.

Унда айтилишича, рухсатномалар Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан ДТМга тақдим этилган маълумотлар асосида шакллантирилган бўлиб, ОТМлар томонидан мутахассислик фани бўйича ўтказилган имтиҳонда неча балл олганидан қатъи назар рухсатнома чиққан барча талабгорлар тест синовларида иштирок эта олади.

Шунга кўра, ҳаммага кўнгилни тўқ қилиб, тест синовларида қатнашишларини тавсия этамиз.

❗️P.S.: 56%дан кам тўплаганлар томонидан "қатнашсак, кейин нима бўлади, натижага қандай ҳисобланади, унақами, мунақами?" деган саволлар, шубҳа-гумонлар кўп билдирилмоқда. Ўртоқлар, охирини ўйлаган қаҳрамон бўла олмайди. Сизга яна бир марта истисно тарзда имконият бериляптими, демак, бундан максимал фойдаланиш керак. Қолгани Аллоҳдан. Бир гап бўлади. Ҳозир бошингизни қотирганингиз билан ҳеч нарса ўзгармайди. Тестга киринг, илмингиз етганича ишланг, уёғи тақдирдан.


👉 @xushnudbek 👈

530 comments

Show 100 more comments
VMning 393-qaroridagi band istisno
bo’lyaptiku, Xushnudbek bunga qanday huquqiy baho berish mumkin?
Naturalness is beauty
Undaymas. Nega yaxshilab chunmay talashaslaraaaa. Ular o'rni chet tiliga kirgan va jami ballariga qarab taqsimlanadi 56 dan yuqori olganlar orasida
Imtixonlar tugagandan keyin mutaxasislikdan 56% dan yuqori ball to'plagan davogarni to'plagan umumiy bali 56% past ball to'plgan balidan past bo'lsa kim grantga tavsiya etiladi shu savol qorong'u man uchun
Hammaga salom

Magistratura guruhlarida juda ko‘p mulohazalar bo‘ldi adolatsizlik yuzasidan


Bakalavr imtihonlari uchun ko‘p qaror qabul qilindi
Lekin magstr imtihonlari haliyam o‘z-bo‘larchilikka qolgan.

Adolatsizlik bo‘lgan holatlar qaytadan o‘rganib chiqiladimi? Testlar avvaldan ko‘chaga chiqib ketgan yoki ketmaganini, test shakillantirilgan savollar va savol tarkibi to‘liq dasturni qamragan yoki qamramaganini kimdir o‘rganib chiqadimi?

Endi mutaxasislik fanidan testdan o‘ta olmagan, lekin ingliz tili va natihaviy bali hisobiga mutaxassislikdan ko‘ proq bal to‘plagan talabadan ko‘ra Ko‘proq topib qo‘ysa nima bo‘ladi????

O‘tgan yili, bakalavr diplomi bilan ish topa olmaganlar deylik matematika yo‘nalishiga diplom bali balandligi hisobiga kirgandi. Bu yil ingliz tili hisobiga kiradimi???

Nega har yil har xil imtihon olinmoqda?
O‘tgan yili pedagogika, mantiqdan ham test bor edi.

Bu savol menga qiziq, magistraturaning bugungi talabasi ertaga universitet o‘qituvchisi.
Pulni vijdondan ustun qo‘ygan ayrimlar sabab magstraturaga bilimi pastlar ham kirib bormoqda. Ular erta shu universitet kelajagiku.
Shu zaylda davom etaversak, kafedralarda to‘plangan bilim tajribalar cheksiz kamayuvchi geometrik progressiya kabi kamayib...yo‘qolib ketadi.

Aytavergandan foyda bormi? Xushnudbek aka, o‘qib javob yozasizmi, javob yozganiz nimanidir hal etadimi?

Nizom kabi kiritilgan qoida nega ishlamayapti??
🎓Dilnoza🎓
Alam qilayotgani hammani kiritilishi emas shu narsa oldinroq aytilmagani.bir kun qogandayam chiqariladimi axir
Qip-qizil adolatsizlik!
Soqqa bilan diplomdan 86 va undan yuqori ishlab mutaxasislikdan 56 dan kam yiqqanlar imtihonga kiritilsa qani adolat!? E xullas...
Test👆 Ingliz tildan test sotiladi narxi arzon emas (addushi oladganla lichkaga ótsin faqat Toshkent shaharga)
Masalan mutaxasislik fanlaridan testlar 4 ta smenada bir xil 1 smenadan keyin testlar tarqab FDU da inyazda ball kotarilib ketdi bilim bilan yechgan talabalar qolib hozir tepada testni yodlab kirganlar turibdi shuyam adolatmi bunaqa holatlar qachongacha davom etadi nega oliy talimdagilar munosabat bildirmaydi.
HUSNIDDIN
Professional
Mutaxassislikdan 56% to'play olmagan talaba magistr o'qimay boshqa ish qilgani yaxshi
Hurmatli Professional! Agarda siz ham òzingiz ishlganizda ballkim 10 ball olgan bòlarmidingiz?
Sherzod Samatov
Quliz ctrl+v ga bosilib qoldimi deyman
Ha nimaydi bosilib qoladimi yoqmi ishiz bomasin ok
Naturalness is beauty
Mizomov Muhammad
Imtixonlar tugagandan keyin mutaxasislikdan 56% dan yuqori ball to'plagan davogarni to'plagan umumiy bali 56% past ball to'plgan balidan past bo'lsa kim grantga tavsiya etiladi shu savol qorong'u man uchun
56 DAN yuqori olgan albatta. 56 DAN past olganlar faqat qoʻshimcha bersa shunga kirishi mumkin. Bu hozirgi ichi qoralik arziydimi shuncha janjalga hayronman
Ovora bo'lib 56 to'dalab utirmanglar. Baribir testga kirarkasila. Qonun O'zbekistonda 0. Ishlamaydi. Qonun chiqarib ovora bup yotmanglar🙊
Zuxra Eshmirzaeva
Rostan ham 55dan yuqorilar buncha ichlariz qora. Yoki uzlarizga ishonmayapsizlarmi.
Show next 100 comments