⚡️РАСМАН: ДТМ магистратура учун чет тилидан тест синовига БАРЧА даъвогарларнинг келишини сўрамоқда

ДТМ магистратуранинг мутахассислик фанидан 56%дан кам балл тўплаганларга ҳам рухсатнома чиқарилгани бўйича расмий муносабат билдирди.

Унда айтилишича, рухсатномалар Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан ДТМга тақдим этилган маълумотлар асосида шакллантирилган бўлиб, ОТМлар томонидан мутахассислик фани бўйича ўтказилган имтиҳонда неча балл олганидан қатъи назар рухсатнома чиққан барча талабгорлар тест синовларида иштирок эта олади.

Шунга кўра, ҳаммага кўнгилни тўқ қилиб, тест синовларида қатнашишларини тавсия этамиз.

❗️P.S.: 56%дан кам тўплаганлар томонидан "қатнашсак, кейин нима бўлади, натижага қандай ҳисобланади, унақами, мунақами?" деган саволлар, шубҳа-гумонлар кўп билдирилмоқда. Ўртоқлар, охирини ўйлаган қаҳрамон бўла олмайди. Сизга яна бир марта истисно тарзда имконият бериляптими, демак, бундан максимал фойдаланиш керак. Қолгани Аллоҳдан. Бир гап бўлади. Ҳозир бошингизни қотирганингиз билан ҳеч нарса ўзгармайди. Тестга киринг, илмингиз етганича ишланг, уёғи тақдирдан.


👉 @xushnudbek 👈

530 comments

Show 100 more comments
Forest Gamp
R
Birodar shunga aytomma bitta joyga qarab hulosa qilmang. Gap so'zlarizdan ma'lum kasbizga vatanizga bo'lgan muxabbatiz lekin hamma joyda bir xil adolat bo'lmadida.
Biz jabr ko‘rmasligimiz kerak~ku?! 2 oy eng jazirama shaharga borib tayyorlandim. Diplom balim juda past. Faqat o‘qiganman. Lekin Baho so‘rab bormaganman. O‘zi xohlaganini qo‘yavergan. 5 ga o‘qisam 3 qilib. Baho uchun yugurmasdim. Endi esa shu baho hal qiladi. Deylik 54 olgan bilan ingliz tili bir xil oldim. Diplom bali uniki baland bo‘lsa. Shu adolatmi? Nima bo‘lgandayam nizomdan chiqmaslik kerak edi. Ayniqsa 3 kun qolganda.
Imtihonga bormaganlargayam chiqarilyapti demak ular ham Chet tili imtihonida qatnashsa buladi ekanda?!
Stay tuned qilish kerak
Har joyda bor toshu tarozi
Dilovar Umarova
Ruxsatnoma olishga kimdir urinib ko‘rdimi tekshiruv kodi noto‘g‘ri deb beryapti shuni qanaqa qilib olindi. Bilsangiz ulashing
Men oldim 28 avgust ertalabki 7:00 ekan Botanika 4- sektor ekan
Pòlat Alamdar bòp ketingey
Dilovar Umarova
Xusan
Nechi Bal ogandiz
50 ball olganman
Dilovar Umarova
O‘shandaqa qilib xam ko‘rdim qabul qilmadi
Nima deganiz bu "bir gap bo'lar , bo'lar ish bo'ldi ". Huquqshunosni gapimi shu ? Nizom buzilayotganini ochiq oydin ko'rib turubsizku . Agar shu 56 dan past olganlar testga kelsa keyin umumiy mandatda ularni hisobga olishmasa ularga yetkazilgan moddiy manaviy zararni kim to'laydi ? Shu savollarni siz berishingiz kerak emasmi ?
Islom Karimov
Hammaga salom.Masalam kvota bõyicha 6 ta oladi va 56% dan kõp tõplaganlar 4 ta bõlsa qolgan 2 kvota qanday tõldiriladi.javob uchun oldindan rahmat
O‘tgan yili umumiy bali past, lekin mutaxassislik fanidan yuqori ball olganlar qabul qilingan ekan. Qani bu yerda mantiq? Bu yil ham shunday bo‘ladimi? Unda nima kerak ovora qilib?
Islom Karimov
Shunday agar 56% ga yaqinini olinadigan bõlsa nima keragi bor ingliz tilini masalan meniki 50% va 54,53% lar ham bor va ulardek bizda ham imkoniyat borku ingliz tili yaxshiroq bõlishim mumkun
Islom Karimov
Men õzimni nazarda tutmayapman hamada ham shunday vaziyat bõlayaptiku tõğrimi
Doston ོ
Зато смотри какое мирное небо
Show next 100 comments