⚡️РАСМАН: ДТМ магистратура учун чет тилидан тест синовига БАРЧА даъвогарларнинг келишини сўрамоқда
ДТМ магистратуранинг мутахассислик фанидан 56%дан кам балл тўплаганларга ҳам рухсатнома чиқарилгани бўйича расмий
муносабат билдирди.
Унда айтилишича, рухсатномалар Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан ДТМга тақдим этилган маълумотлар асосида шакллантирилган бўлиб, ОТМлар томонидан мутахассислик фани бўйича ўтказилган имтиҳонда
неча балл олганидан қатъи назар рухсатнома чиққан барча талабгорлар тест синовларида иштирок эта олади.
Шунга кўра, ҳаммага кўнгилни тўқ қилиб, тест синовларида қатнашишларини тавсия этамиз.
❗️P.S.: 56%дан кам тўплаганлар томонидан "қатнашсак, кейин нима бўлади, натижага қандай ҳисобланади, унақами, мунақами?" деган саволлар, шубҳа-гумонлар кўп билдирилмоқда. Ўртоқлар, охирини ўйлаган қаҳрамон бўла олмайди. Сизга яна бир марта истисно тарзда имконият бериляптими, демак, бундан максимал фойдаланиш керак. Қолгани Аллоҳдан. Бир гап бўлади. Ҳозир бошингизни қотирганингиз билан ҳеч нарса ўзгармайди. Тестга киринг, илмингиз етганича ишланг, уёғи тақдирдан.
👉 @xushnudbek 👈
Har joyda bor toshu tarozi
Sizga Xorijda tibbiyot sohasida taxsil olayotgan talabalar va shaxsan ozim nomimdan yozayabman. Bu yil Xorijdan Oqishni kochirish DTM ga o'tdi. Ammo negadir Imtihonlarda haqqaqoniylik bo'lmadi, sabab: barcha viloyatga bir xil tipdagi va bir xil variantli testlar tushdi, va barchasi yangi testlar.
Vaholanki DTM rahbari Majid Karimov bir intervyusida O'tgan yilgi testlarni tushiramiz degan edi, ammo bu narsa bolmadi.
Aksincha bo'ldi. Bizni murojaatimizni mazmuni shuki, Tibbiyot sohasini ham o'tgan yilgidek 56.7 dan yuqori 100 balldan past ball olganlarni ham qabul qilishingizni soraymiz. Biz yoshlarning o'tgan yilgi talabalardan nima kamimiz bor? Qo'shni davlatda o'qiyitganlarni o'tgan yili imtihonsiz perevod qildi. Biz imtihon topshirdik bu yil, bizga ham shu yo'lni berishsin. oldingi yillarda viloyatlarga otish balli past bolgan, lekin bu yil barchasi baland. Men ozim bu yil perevod imtixonidan 96,20 ball topladim, viloyatlarga iloji bolsa kochirishingizni soragan bolardim.
Tabaqalashtirilgan-kontrakt masalasini ni xam boshqattan korib chiqishlaringizni xoxlardik, nega deganda, masalan oddiy oqituvchi farzandiga bu nixoyat katta mablagni yigib berishi juda qiyin. Xozirgi sharoit va pandemiya sababli mening arizamni toliq korib chiqing!
Bu yil yoshlar yili, qolaversa hozirgi taxlikali davrda biz o'z yurtimizda bilim olishni hohlaymiz. Bizni qo'llab-quvvatlashlarini talab qilimiz Prezidentimizdan. Shu murojaatimizni ko'tarib chiqing Iltimos!