⚡️РАСМАН: ДТМ магистратура учун чет тилидан тест синовига БАРЧА даъвогарларнинг келишини сўрамоқда

ДТМ магистратуранинг мутахассислик фанидан 56%дан кам балл тўплаганларга ҳам рухсатнома чиқарилгани бўйича расмий муносабат билдирди.

Унда айтилишича, рухсатномалар Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан ДТМга тақдим этилган маълумотлар асосида шакллантирилган бўлиб, ОТМлар томонидан мутахассислик фани бўйича ўтказилган имтиҳонда неча балл олганидан қатъи назар рухсатнома чиққан барча талабгорлар тест синовларида иштирок эта олади.

Шунга кўра, ҳаммага кўнгилни тўқ қилиб, тест синовларида қатнашишларини тавсия этамиз.

❗️P.S.: 56%дан кам тўплаганлар томонидан "қатнашсак, кейин нима бўлади, натижага қандай ҳисобланади, унақами, мунақами?" деган саволлар, шубҳа-гумонлар кўп билдирилмоқда. Ўртоқлар, охирини ўйлаган қаҳрамон бўла олмайди. Сизга яна бир марта истисно тарзда имконият бериляптими, демак, бундан максимал фойдаланиш керак. Қолгани Аллоҳдан. Бир гап бўлади. Ҳозир бошингизни қотирганингиз билан ҳеч нарса ўзгармайди. Тестга киринг, илмингиз етганича ишланг, уёғи тақдирдан.


👉 @xushnudbek 👈

530 comments

Show 100 more comments
... .....
Ichi qoralar pul berganlar alamda o‘tirishibdi
... .....
E'tiborilar uchun bu yilgi magistratura imtihonlari OTM o‘tgani uchun korrupsiya bor deb o‘ylayman. Ichi qora g‘alamislar pul berib ball olganlar nizomni talab qilishmoqda. O‘tkan yili ham nizom buzilgan. Mutaxasislikdan o‘ta olmaganlar ingiliz tilidan imtihonga kirishi mumkin emasligi yozilgan edi. Lekin o‘tkan yili bir vaqtda 2 ta imtihon o‘tkazilgan.

Hulosa o‘zingizdan bilmingizga ishonib kiravering tanish bilish qilib o‘tib olgan ichi qoralar
Muncha xom ish qiladi dtm,nima mutaxassislikdan yaxshi ball to‘plaganimizi ahamiyati yo‘qmi.Bu yil yozma ishga kirib,hech narsa yozmey o‘tirganlar 10-15 ball olishdi,o‘shalar ham kiradimi.Korrupsiya shu darajada bo‘lganki,hatto to‘plagan balimiz yetib bormagan dtmga.Shunga hammaga ruxsatnoma chiqarib tashlandi.Hech bo‘lmasa buyog‘iga adolat qilinglar endi.
Pul bermaganlar ham nisbatan yaxshi ball oludik,56 dan o‘zimizi mehmatimiz bn o‘tdik.Endi buyog‘iga yana bitta o‘yin boshlanadi shekilli
Man ololmayapman ruxsatnomani nima qilsam bòladi
Nodiraxon Rahmatullayeva
Assalomu aleykum Xushnud aka men sirtqi ta'limda 3-bosqichda oqiyman.(Boshlangich ta'lim) Maktabda 1-sinf oquvchilari uchun tashkil etilgan gruppada ishlasam boladimi,ya'ni yordamchi oqituvchi sifatida.Kontrakka harna yordam bolardi.Oilaliman 3 nafar farzandim bor.
malohat
Салом кайердан олиш керак яна рухсатномани.
Boymurodov Muzaffar
Xushnudbek ruhsatnoma chiqmaganlar kimga murojàat qilish kerak shunga yo'l ko'rsatsangiz Ielts yo'q
Professional
HUSNIDDIN
Hurmatli Professional! Agarda siz ham òzingiz ishlganizda ballkim 10 ball olgan bòlarmidingiz?
Agar o'z yo'nalishimdan boshqa yo'nalishga topshirsam balki shunaqa bo'lar
Sharof Yarashev
Nega bu qonunlar chiqaveradi, òzgaraveradi. Xurmatli DTM va Vazirlikdagilar bu òzgartirish kiritishilar bilan silarga bòlgan ishonch futbol terma jamoasiga bòlgan ishonchdan ham pastroqqa tushib ketdiyu🤔
Ingliz tilidan imtihon kuni O'tib ketgan bo'lsa Nima bo'ladi?
Assalomu alaykum. Mandat bugun chiqadimi? shuni aytib yuboring Xushnudbek aka
Hamma narsaning yaxshi va yomon tomoni bor. Bu yil qancha qiynalib yaxshiroq ball olgandim. Endi 55% dan kamlar ham imtihonga keladi degandan so'ng DTM dan nafratlanyapman. Nega mutaxassislik fandan ham yaxshi baho ololmaganlar testga kirishi kerak. Bu o'taketgan adolatsizlik va mantiqsizlik. Bu ketishda ta'lim tizimi butunlay xonavayron bo'ladi.
Show next 89 comments