Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Xamma joyimni tekshirishdiyu chòntagimdagi telfonni payqashmagan. Bunchalik oddiy yòl tutmiydi deb òylagandurda.
1 августни 6 йил куттим минг афсуски буу вирус хаммасини озгартириб йуборди
Альхамдулиллах Аллох манга Талабалик бахтини откан йили берди Худога шукур. Бу йилги Абитуриентлага омад тилиман. Илохим хамма хамма окишга хохлаган озига хайрли боган Институт Университетга кириб кетсин ИншаАллох.🤲🏻🤲🏻🤲🏻
Muhokamalar yaxshi, ammo baribir bizlarga qandaydir refleksga aylanib ulgurgandi. Shunday deymizu lekin aldingiz "qistir qistirli" kunlar yo‘qolib, islohatlar o‘z kuchini ko‘rsatmoqda...
Bu kun sirlari hammaga ayon😄😂
1- avgust boshqacha edi bir yil qilgan mehnat yuzaga chiqadigan kun edi.
1-avgust Qanchadan qancha insonlar taqdiri,kelajagi hal boʻlgan kun
Man 11-sinfni bitirdim.òtgan yili 13-avgustda imtihonga borgandim akam bilan.Akamni òqishi aniq bòlgandi hisob yani 2-òrinda edi.Kirishiga ishonchi baland edi.U bir qizni orqasidan man uni orqasidan borgandim😃.Faqat bizlar xursand yurardik.Qolganlar hayajonda edi.Bazilar esa bizga yomon qarab qòyardi.Endi esa man imtihon topshiraman.òtgan yilgidek kulgu bòlmasa kk😃.
O'tkan yilgi shu kun esimda.Xushnud aka agar eslasangiz bir yigitimiz talabiga binoan oyning 15 qorong'u 15 yorug qoshigini maxsus qoyib bergandingiz
Улугбек
2012- yil shpargalka zo'r o'ynaga edi shuni eslayman. 2013-yil esa shpargalka chiqmagan edi shuni hisobidan ballar tushgan edi ancha. Bizga o'xdhagan tayyorlanganlarni ko'pchiligi kirgan edi. Lekin paravoz bilan bo'nker yaqin vaqtgacha katta ta'sir qilib kelayotgandi imtihonlarda.
💐MADINA💐
Ухламасдан чиқардим
men hali endi 11sinfni tamomladim aynan shu imtixon uchun talaba bòlaman deb 3yildan bera tayyorlanaman
Ma'ruf Mansurov
1 - avgust bu kunni hayajoni takrorlanmasa kerak ko'pchilikda. Kimgadir omad kimgadir qayg'u olib keladigan kun. Rosa sog'indim shu kunni hayajonini bu ta'riflab bo'lmas o'zgacha his juda ajoyib.
Oldinlari bunkerda yilda bir Marta bayram bo'lardi. Utgan yil yilda 15 Kun ikki maxaldan bayram bumadi🤣
Oʻqiwla zoʻr bo'lyapti biz armislarga bizga yaratilgan ligotalar borasidagi yangiliklarga wukur qlip harakatni yanaya kuchaytiryapmiz.
Xushnudbek aka yaxshimsz bu yil imthonlar shaffof boladi degan umiddaman
Bu yil test sinovlari kechikdi sababli ravishda abituriyentlarga omad lekn imtixon sanasini bu oyda o'tkazish kerak ancha qiyin bo'ldi ularga
2 yildan beri ancha tozalandi korrupsiya
Özi 41 chi razmerli oyoq kiyim kiyardim ösha kuni 44 ham kichkinadek tuyulardi.
Show next 100 comments