Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Man 11-sinfni bitirdim.òtgan yili 13-avgustda imtihonga borgandim akam bilan.Akamni òqishi aniq bòlgandi hisob yani 2-òrinda edi.Kirishiga ishonchi baland edi.U bir qizni orqasidan man uni orqasidan borgandim😃.Faqat bizlar xursand yurardik.Qolganlar hayajonda edi.Bazilar esa bizga yomon qarab qòyardi.Endi esa man imtihon topshiraman.òtgan yilgidek kulgu bòlmasa kk😃.
O'tkan yilgi shu kun esimda.Xushnud aka agar eslasangiz bir yigitimiz talabiga binoan oyning 15 qorong'u 15 yorug qoshigini maxsus qoyib bergandingiz
Улугбек
2012- yil shpargalka zo'r o'ynaga edi shuni eslayman. 2013-yil esa shpargalka chiqmagan edi shuni hisobidan ballar tushgan edi ancha. Bizga o'xdhagan tayyorlanganlarni ko'pchiligi kirgan edi. Lekin paravoz bilan bo'nker yaqin vaqtgacha katta ta'sir qilib kelayotgandi imtihonlarda.
💐MADINA💐
Ухламасдан чиқардим
men hali endi 11sinfni tamomladim aynan shu imtixon uchun talaba bòlaman deb 3yildan bera tayyorlanaman
Ma'ruf Mansurov
1 - avgust bu kunni hayajoni takrorlanmasa kerak ko'pchilikda. Kimgadir omad kimgadir qayg'u olib keladigan kun. Rosa sog'indim shu kunni hayajonini bu ta'riflab bo'lmas o'zgacha his juda ajoyib.
Oldinlari bunkerda yilda bir Marta bayram bo'lardi. Utgan yil yilda 15 Kun ikki maxaldan bayram bumadi🤣
Oʻqiwla zoʻr bo'lyapti biz armislarga bizga yaratilgan ligotalar borasidagi yangiliklarga wukur qlip harakatni yanaya kuchaytiryapmiz.
Xushnudbek aka yaxshimsz bu yil imthonlar shaffof boladi degan umiddaman
Bu yil test sinovlari kechikdi sababli ravishda abituriyentlarga omad lekn imtixon sanasini bu oyda o'tkazish kerak ancha qiyin bo'ldi ularga
2 yildan beri ancha tozalandi korrupsiya
Özi 41 chi razmerli oyoq kiyim kiyardim ösha kuni 44 ham kichkinadek tuyulardi.
Afsus yana bu yil ham 1- avgust imtixonsiz oʻyadigan boldi men uchun oʻtgan yili xam imtixonni intiqib kutgandim 1- kuni bolmagandi bu yil bolsa undan ham yomon boladigan boldi
М.Н.К.
Хушнуд ака бироз адашдиз 2011 йилда тест синовлари 2 августда булган
Ўқишга кирдим деб қувонган вақтларим
Жавоб чиққанда эса киролмадим деб йиғлаган пайтларим ажойиб хотираларимни эсга солдиз рахмат Хушнудбек ака
А Ботиров
2009 йил 1 августда топширганман имтихон ва контрактга кирганман. Ўшанда 1 млн 400 минг сўм эди контракт 😅
Assalomu alaykum.Qiziq voqea bo‘lgandi.Amakimning o‘g‘li 3-yil oldin o‘qishga topshirgan edi.31-kun poyabzalini ichiga ustaga olib borib telefon soldirgandi(u paytlar shpargalkalar avj olgan edi).1-avgust ertalab o‘z nomeriga tel qilgandi poyabzalini ichida rosa jiringlagandi😅😅😅Yaxshiyam o‘sha yerda jiringlab qolmagandi...🤦‍♀️
ㅤㅤㅤㅤㅤ
Qanchalar kutgan onlarim har doim bu kunni kutganman.Akam, opam keyin esa doʻstlarim imtihonga kirgan 1 avgust kuni menga armon boʻldi😔
Элмуродова Нилуфар
1-abgust men eng kutgan kunlardan edi...chunki bu yil birinchi marta imtixon topshiraman😊
Show next 100 comments