Тестсиз ўтган 1 август
Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!
Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.
Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба
1 август куни тест синовлари ўтказилмади.
Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.
Изоҳларда фикрларингизни кутаман.
👉 @xushnudbek 👈
Abituriyentman..
Test bo'lishini intizorlik bn kutayapman...
Tayyorgarlik odamni yuragini qisib yubordi...
Uyimdan ancha vaqtdan beri olisman..oilamni ko'rmaganimga juda ko'p vaqt bo'ldi...Ularni juda sog'indim...
Keta olmayman...
Uyimga oilam yoniga yorug' yuz bn borishim kerak...Shaharda abituriyentdosh dugonalarim bn tayyorlanayapmiz...
Imtixonni o'tkazib ketishga kelishganmiz..
-"Dadajon Ayajon men o'qishga budjet kirdim "
Deb borishimiz kerak...
Biz imtixonga tayyormiz... ILTIMOS 🙏 🙏🙏 🙏 imtixon tezroq BO'LSIN.
Sentabrda bo'lsin deganlar esa men u-n o'ziga ishonmaydigan abituriyentlar..
Imtihon boshlandi: 9:00 da
Imtihondan chiqdim: 10:30 da
Bu yil o'qishni bitkazdim. Byudjetda o'qish yaxshi
Men albatta imtixondan yiqildim😎
Lekin baribir 2018 yil kordim EPLAB🤓
Bugun 1-avgust!
Ha, bugun 1-avgust boʻlishiga qaramasdan poytaxt ko‘chalari boʻm-boʻsh, xuddi kinolardagi tashlab ketilgan shaharga oʻxshaydi.
Lekin, 4-5 yil oldin 1-avgust bunaqa emas edi. Bu kunga alohida tayyorgarlik koʻrilar edi. Taksistlar yoʻlkira narxini besh-olti barobarga oshirib olishar edi.
Yil bo‘yi birov ishi ham boʻlmagan etikdoʻzning ishi yurishib ketar edi, uning vazifasi shippakning ichiga imkon boricha ustalik va butun san’atini ishga solib oʻta mohirona telefonni joylashtirish edi. Odamlar sal qolsa etikdoʻzning qabuliga yozilish uchun navbatga turishar edi.
Zangiotada chala mullalar va loʻlilarning ishi-ku, imtihondan bir hafta oldin boshlanib ketar edi.
- Ha, qayoqqa ketyapsan?
- Zangiotaga borib bir duo olib kelaylik.
- Oʻqish-chi?
- Oʻqish to‘xtab turadi, Zangiota ruhlarini shod qilmasak, oʻqishga kirolmas ekanmiz. 😂😂
Tilamchi loʻlilarning ham duolarida oʻzgarishlar boʻlar edi, “Eng katta oʻqishlarga kirib keting, imtihonda savollar oson tushsin, koʻzingizni yumib ishlab chiqing” shunga oʻxshash 😂
Militsiya amakilar ham aynan shu kuni ishni qilib qolishar edi, hatto militsiyalargacha x-variant sotishar edi, ular ham ertalabdan oʻlja izlab koʻchaga chiqqan yirtqichdek harakat qilishar edi.
Kimdir bunkerga kirib ketgan, kimdir x-variant izlagan, ota-onalar, bobo-momolar abituriyentlardan koʻra koʻproq harakat qilishar edi.
Kimdir esa oʻsha chekka bir qishlogʻidan faqat bilimigagina ishonib kelgan va oʻsha x-variantchilarni koʻziga koʻrsatib qoʻyar edi.
Ishqilib 1-avgust universitet farroshigacha pul qiladigan kun edi.
Bugun 1-avgust — hech qanday kun. Uyda oʻtir. Pandemiya. Karantin. 😂
@Javlonbek_Deputy