Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Истат Камолова
Ассалому алайкум, Хушнудбек,! Мен утган йил 1 августда сизнинг каналингизга аъзо булганман ва бундан жуда хам хурсандман, чунки сизнинг сиёсий билимларингиздан куп нарсаларни ургандим. Бунинг учун сизга ташаккур. Мен хокимият тизимида ишлайман. Сизнинг дунёкарашингиз, фикрлашингиз менга ёкди. Илохим менинг фарзандларим хам сизга ухшасин
14avgustda imtihonim bugandi juda hayajon bugan lekin test boshlagandan qatiy ishonch bn ishlaganman 181,3bal olsamam kontrakt Deb óylab 24chi avgustgacha yiglab xafa bub yurgandim xudoga shukr 1yilda budjetda talaba buldim
Nazokat
O'tkan yilgi avgustni eslasam yuragim orqaga tortadi imtihondan qolib ketgandm 1hafta yig'laganman huddi hamma orzularim tugagandek tuyulgandi🙈bu yil albatta kiraman Inshaolloh.🤗
Eslasam roppa-rosa 25 yil ilgari testga kirgan ekanman. Yo'lda trolleybus buzilib zo'rg'a yetib borganman, shaharni bilmayman, so'rab-surishtirib ulgurib boruvdim. O'sha paytdan faqat o'zimga, o'z bilim va kuchimga ishonib kelaman, albatta Allohga tavakkul qilgan holda.
1 -avgust eng yuqori haroratni bag‘ishlovchi kunlardan biri edi.Afsus, hayotda nimalar bo‘lmaydi,bu balo hayotimizni ancha o‘zgarishiga sabab bo‘ldi.Nasib qilsa bu kunlarni kulib eslaymiz.Rahmat Xushnudbek aka
Bu kunga yetganlar bor, yetmaganlar bor. Allohga shukur qilishga yana bir isbot desak togri boladi...😢
Menimcha barcha abituriyentlarga eng hayajonli daqiqalar boʻlsa kerak!!!!
Bu yil ko'p narsa ozgarib ketti bayramlarsiz kunlar,namozlarsiz masjidlar,odamlarsiz kocalar,talabalarsiz o'qishga binolari,imtixonsiz 1-avgust.Alloh o'zi sabr berib hammasi yaxshi bolishi ga ishonib Allohdan so'rab qolamiz.Va barchamizni abiturentlaga talabalik baxti nasib etsin
Mohidil Tagabayevna
1 avgust kuni eeerta uyg'onib tomog'imdan nonushta xam o'tmay dadajonimni o'zim uyg'onib institut tomon shoshganman va albatta bitta urinishda talaba bo'lganman. 2008 yil xotiralarim bu xozir o'qituvchiman Ollohga ming shukur
2016-yil 1-avgust
Imtihon boshlandi: 9:00 da
Imtihondan chiqdim: 10:30 da

Bu yil o'qishni bitkazdim. Byudjetda o'qish yaxshi
Yunus
Hayrli kun hammaga, 2014 yili TDYU ga hujjat topshirganman, eng esda qolgani qanaqa savol tushgani yoki nechchi boll toplaganimmas imtixon kuni test topshirayotgan maktabda mendan orqada otirgan bolada NOTEBOOK😱 yonimdagi qizda esa 3 ta katta kon Samsung telefon bor edi🤣🤣🤣🤦‍♂️
Men albatta imtixondan yiqildim😎
Lekin baribir 2018 yil kordim EPLAB🤓
2007 yil 1 avgust sanasida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti. Telefon hammada yuq edi. Hayot faqat haqiqatdan iborat degan sodda qiz. Auditoriyada 90% telefon ishlatyapti. Men hayratdaman, lolman. Yiglab yopishgamman "axir bu qonunga zidku, mumkin emasku, hammani ozi bajarish kk testni" deb, xudoga shukur bilimim, ishonchim tufayli kontrakt asosida bolsa ham talaba bolgamman. Tagin kontrakt bolibman oqimiyman deb yiglagamman. Eng qiziqishlarga, umid tola orzularga,rejalarga boy davrim edi. 2007 yil 1 avgustdan va 11 avgystdan minnatdorman. 😊
1- avgust.4 yil deganda oʻqishga kirdim.mana bu yil bitirdim.agar 1-yili kirganimda hozirgi kursdoshlarim xafa boʻlishardi😀😀😀
Гульчехра
Хааа..эсласам 1 августни..минг бора шукур 2 та углимга хам бюджетга кириб укиш насиб этди..хаммани омадини берсин
Бгун мани тгулган куним🙃
​​​#lirik_chekinish

Bugun 1-avgust!

Ha, bugun 1-avgust boʻlishiga qaramasdan poytaxt ko‘chalari boʻm-boʻsh, xuddi kinolardagi tashlab ketilgan shaharga oʻxshaydi.

Lekin, 4-5 yil oldin 1-avgust bunaqa emas edi. Bu kunga alohida tayyorgarlik koʻrilar edi. Taksistlar yoʻlkira narxini besh-olti barobarga oshirib olishar edi.

Yil bo‘yi birov ishi ham boʻlmagan etikdoʻzning ishi yurishib ketar edi, uning vazifasi shippakning ichiga imkon boricha ustalik va butun san’atini ishga solib oʻta mohirona telefonni joylashtirish edi. Odamlar sal qolsa etikdoʻzning qabuliga yozilish uchun navbatga turishar edi.

Zangiotada chala mullalar va loʻlilarning ishi-ku, imtihondan bir hafta oldin boshlanib ketar edi.

- Ha, qayoqqa ketyapsan?
- Zangiotaga borib bir duo olib kelaylik.
- Oʻqish-chi?
- Oʻqish to‘xtab turadi, Zangiota ruhlarini shod qilmasak, oʻqishga kirolmas ekanmiz. 😂😂

Tilamchi loʻlilarning ham duolarida oʻzgarishlar boʻlar edi, “Eng katta oʻqishlarga kirib keting, imtihonda savollar oson tushsin, koʻzingizni yumib ishlab chiqing” shunga oʻxshash 😂

Militsiya amakilar ham aynan shu kuni ishni qilib qolishar edi, hatto militsiyalargacha x-variant sotishar edi, ular ham ertalabdan oʻlja izlab koʻchaga chiqqan yirtqichdek harakat qilishar edi.

Kimdir bunkerga kirib ketgan, kimdir x-variant izlagan, ota-onalar, bobo-momolar abituriyentlardan koʻra koʻproq harakat qilishar edi.

Kimdir esa oʻsha chekka bir qishlogʻidan faqat bilimigagina ishonib kelgan va oʻsha x-variantchilarni koʻziga koʻrsatib qoʻyar edi.

Ishqilib 1-avgust universitet farroshigacha pul qiladigan kun edi.

Bugun 1-avgust — hech qanday kun. Uyda oʻtir. Pandemiya. Karantin. 😂
@Javlonbek_Deputy
⚘ 𝓜𝓪𝓯𝓽𝓾𝓷𝓪 ⠀ོ
Hamma abuturentlaga omad tiliman.
Man esloliman öqishga topshirgan test bògan kun hayajondan titrab kirgaman.òziga yarasha zòr hissiyotla.javobla chiqishini intiqlik bn kutkamiz.Mandan oldin Adajonim Oyijonim.test javobla e'lon qilingani haqida habar keldi.Usha paytda ovqat pishirvotudim 1ta qòlim qozoni kòlash bn band 1tasi tel kòlash bn.Yana hayajon yana titroq babi kiromaganman digan qòrquv kòzim tòla yosh.man 2chi urinishda kirgaman.Babi kiromagaman db javobi kòrishga qòrqaman.
Kn titroq bn kirgaman qarasam qabul qilingaman.Shokga tushgandim.
Yahshilab qariman manbi bu diman kòzlarimga ishomiman.
Kn Butun uyi boshimga kòtarib baqirgaman òqishga kirganimi etkaman😂
Oyijonim ishdedila
Adajonim telefonda mijozla bn gaplashvotudila adamga yugurib kirib adaaa oqishga kirdim db baqirb gapirgaman.keyin qaren manmana adashmayamana dbam kòrsatkanman. Adajonim mandan kòra hursan hammaga mahtanganla.Oyijonimga tel qb hayojonda etkaman oyijonim hursan.shunaqa zòr hissiyotla eslab yana bir marta mazza qildim.
Kn qarindoshla eshtib yuberasla diyishgan kn oqishga kirganimi nishonludik.Esiz öqishimi rosa soģindim tezro kasalla tugasedi jonajon òqishimga borgim kevoti
Exxx 1-avgust. 2014-yil Haqiqat bor deb hech qanday shpargalka va telefonsiz imtixonga kirganman. 30 kishidan 27 tasida telefon😅😅😅. Lekin shuni ishlatmagan 3 kishi kirgan😂😂
Show next 100 comments