Тестсиз ўтган 1 август
Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!
Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.
Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба
1 август куни тест синовлари ўтказилмади.
Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.
Изоҳларда фикрларингизни кутаман.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun 1-avgust!
Ha, bugun 1-avgust boʻlishiga qaramasdan poytaxt ko‘chalari boʻm-boʻsh, xuddi kinolardagi tashlab ketilgan shaharga oʻxshaydi.
Lekin, 4-5 yil oldin 1-avgust bunaqa emas edi. Bu kunga alohida tayyorgarlik koʻrilar edi. Taksistlar yoʻlkira narxini besh-olti barobarga oshirib olishar edi.
Yil bo‘yi birov ishi ham boʻlmagan etikdoʻzning ishi yurishib ketar edi, uning vazifasi shippakning ichiga imkon boricha ustalik va butun san’atini ishga solib oʻta mohirona telefonni joylashtirish edi. Odamlar sal qolsa etikdoʻzning qabuliga yozilish uchun navbatga turishar edi.
Zangiotada chala mullalar va loʻlilarning ishi-ku, imtihondan bir hafta oldin boshlanib ketar edi.
- Ha, qayoqqa ketyapsan?
- Zangiotaga borib bir duo olib kelaylik.
- Oʻqish-chi?
- Oʻqish to‘xtab turadi, Zangiota ruhlarini shod qilmasak, oʻqishga kirolmas ekanmiz. 😂😂
Tilamchi loʻlilarning ham duolarida oʻzgarishlar boʻlar edi, “Eng katta oʻqishlarga kirib keting, imtihonda savollar oson tushsin, koʻzingizni yumib ishlab chiqing” shunga oʻxshash 😂
Militsiya amakilar ham aynan shu kuni ishni qilib qolishar edi, hatto militsiyalargacha x-variant sotishar edi, ular ham ertalabdan oʻlja izlab koʻchaga chiqqan yirtqichdek harakat qilishar edi.
Kimdir bunkerga kirib ketgan, kimdir x-variant izlagan, ota-onalar, bobo-momolar abituriyentlardan koʻra koʻproq harakat qilishar edi.
Kimdir esa oʻsha chekka bir qishlogʻidan faqat bilimigagina ishonib kelgan va oʻsha x-variantchilarni koʻziga koʻrsatib qoʻyar edi.
Ishqilib 1-avgust universitet farroshigacha pul qiladigan kun edi.
Bugun 1-avgust — hech qanday kun. Uyda oʻtir. Pandemiya. Karantin. 😂
@Javlonbek_Deputy
Man esloliman öqishga topshirgan test bògan kun hayajondan titrab kirgaman.òziga yarasha zòr hissiyotla.javobla chiqishini intiqlik bn kutkamiz.Mandan oldin Adajonim Oyijonim.test javobla e'lon qilingani haqida habar keldi.Usha paytda ovqat pishirvotudim 1ta qòlim qozoni kòlash bn band 1tasi tel kòlash bn.Yana hayajon yana titroq babi kiromaganman digan qòrquv kòzim tòla yosh.man 2chi urinishda kirgaman.Babi kiromagaman db javobi kòrishga qòrqaman.
Kn titroq bn kirgaman qarasam qabul qilingaman.Shokga tushgandim.
Yahshilab qariman manbi bu diman kòzlarimga ishomiman.
Kn Butun uyi boshimga kòtarib baqirgaman òqishga kirganimi etkaman😂
Oyijonim ishdedila
Adajonim telefonda mijozla bn gaplashvotudila adamga yugurib kirib adaaa oqishga kirdim db baqirb gapirgaman.keyin qaren manmana adashmayamana dbam kòrsatkanman. Adajonim mandan kòra hursan hammaga mahtanganla.Oyijonimga tel qb hayojonda etkaman oyijonim hursan.shunaqa zòr hissiyotla eslab yana bir marta mazza qildim.
Kn qarindoshla eshtib yuberasla diyishgan kn oqishga kirganimi nishonludik.Esiz öqishimi rosa soģindim tezro kasalla tugasedi jonajon òqishimga borgim kevoti
Man asliida kutmagandim ortimdan birorkim boradi deb
Negaki man ortimdan biror yerga birorta odam boriwini yoqtirmasdim
Bormay qoyavering desam ham san uchun bugun bowqacha kun deb borganla birga
Yillab qilingan mehnatlarim, otam onam duosi, ustozlarim bergan mustahkam bilimlari evaziga 1-budjet asosida talaba bo‘ldim. Buning uchun avvalo Allohimga behisob shukr. Eng asosiysi imtihonlarni shaffof o‘tkazgan yuqoridagilarga rahmat. Bilimi bor odam albatta talaba bo‘ladi. Faqat va faqat o‘qish va intilish, tinimsiz mehnatgina sizni maqsadingizga erishishingiz uchun yordam beradi.😊😊😊😊
Албатта хеч нарса бесабаб бумеди холи хаммаси яхшилига булади.😊