Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Gratsiya '
Oydin
Assalomu alaykum.Qiziq voqea bo‘lgandi.Amakimning o‘g‘li 3-yil oldin o‘qishga topshirgan edi.31-kun poyabzalini ichiga ustaga olib borib telefon soldirgandi(u paytlar shpargalkalar avj olgan edi).1-avgust ertalab o‘z nomeriga tel qilgandi poyabzalini ichida rosa jiringlagandi😅😅😅Yaxshiyam o‘sha yerda jiringlab qolmagandi...🤦‍♀️
Манда эса уша жойда жиринглаган😂 тажрибасизлик ёмон экан, телефонни оёгимга скочлаб ташлаганман😂 Бир киши айтмайдики Канака килиб ишлатиш учун оласан деб😂😂😂. Оллохга бехисоб шукр шу воситалардан фойдаланишна хожатиям колмади. 80%билим 20%омад билан 9-урин грантга кириб кетдим. Хар Бир сонияси эсимда 1-август ва жавоблар чиккан кунини🥰🥰🥰
Асрор Жалолдинов
1 йил репититорга катнаб базур 1 чи йилдаёк контрактга илинганман. Лекин бошка худуддаги тенгдошим 8 йил тогда 500 та куй бокиб грантга кирган. Албатта уша курсдошим дастлабки 1,2 чи курсларда ёзиш чизишни урганганди. Кейин укишни🤣🤣🤣
$$$555$$$
Biza un 1 avgust baxtlik kun boʻlgan sababi imtihonni intiqlik bilan kutardik alhamdulillah hozi talabamiz lekin biza un imtihon kuni esda qolarlik boʻlgan..Xushnud aka shaxsan man szi ashadidy muhlisizman koʻraatuvizi qoldirme koʻraman ishlarizga muvaffaqiyat tiliman aka.ilohim manashu pandemiyadan oʻzbekistonimiz tezroq qutulsin ertayu kech duodamiz🙏🙏🙏
Miracle 2801
4-yil talaba bola olmagan bolsam ham onamla va dadajonim boriwardila.har yılı imtixonimga
Ha mandayam dadamla borganla
Man asliida kutmagandim ortimdan birorkim boradi deb
Negaki man ortimdan biror yerga birorta odam boriwini yoqtirmasdim
Bormay qoyavering desam ham san uchun bugun bowqacha kun deb borganla birga
Qutbiddin
Bu kun men uchun hayot mamotimi hal qiladigan kunga oʻxshardi. Xudo shukr oʻqishni bitirdim xozir men bu kunni xotirjam oʻtkazaman..☺️☺️
Олдинлари айнан шу кунларда, яъни август ойининг биринчи ярмигача бўлган муддатда институт ва универлар ховлисида толпа, телефон яширган абитуриентлар, ҳавотирдаги ота оналар... Бункердаги каллалар и интернети ишламай турадиган мобил компаниялар... Эсингиздами?
2019-yil 1-avgust soat 14:00 da katta hayajon bilan imtihonga kirganman😊
Yillab qilingan mehnatlarim, otam onam duosi, ustozlarim bergan mustahkam bilimlari evaziga 1-budjet asosida talaba bo‘ldim. Buning uchun avvalo Allohimga behisob shukr. Eng asosiysi imtihonlarni shaffof o‘tkazgan yuqoridagilarga rahmat. Bilimi bor odam albatta talaba bo‘ladi. Faqat va faqat o‘qish va intilish, tinimsiz mehnatgina sizni maqsadingizga erishishingiz uchun yordam beradi.😊😊😊😊
Ассалому алайкум насиб булса хали хаммаси яхши булади Худо хохласа хаммаси изига тушиб кетади АБИТУРИЕНТ ларга омад тилаб коламан хаммага соглик-саломатлик тинчлик хотиржамлик тилаб коламан .
Anchayin hayajonli daqiqalar boʻlgan kun
Менда яхши тасурот, шу куни окишга 1 чи оринда бюджетка кирганман
Assalomu alaykum shu kanal azolari va Xushnudbek aka men bu havolani oqidim va sizga savolim bor edi siz imtihonlar qachondan boshladani deb oylaysiz
Dilshodbek
Agar karantin tezroq tugab imtihonlar tezroq o'tkazilmasa manbu repititorlar online darsni deb ham odamlarni borini yeb bitiradi qizig'i odamlar ularga ayamasdan beraverishadi lekin aytganimdan xohish bo'lsa repititorsz ham o'qishga kirsa bo'ladi
Ko‘zga ko‘rinmas bu balo orqali butun dunyo go‘yo suv quygandek jimjit bolib qoldi. Balki bu insonlarni qilgan gunohlari uchun jazo bolar yana bilmadim. In sha Allah biz sog‘ingan o‘sha hayajonli onlar: test natijasi e'lon qilinadigan paytlarga oz qoldi. Rabbim sabrlilarni sevadi. 🤗
Bu kasallik necha necha rejalarni chippakka chiqardi. Ammo buning ham foydasini korib turibmiz. Shu paytgacha hujjat topshirish u.n sarsongarchiliklar bòlar edi. Ammo hozir uyda òtirgan holda hujjat topshirdik. Iloji bor ekanku shu narsalarni ham. Ertaroq qilishsa bolmasmidi shunday islohotlarni yoki qachon majbur bòlsakkina shunday qulaylik yaratiladimi? Shunga hayron qolasan kishi
💖Farzandlarim Baxtim💖 ❤
1- avgust judda ajoyib hamda hayajonli kun 7 yil oliygohga hujjat topwirdm o'z bilimim bn erishish uchun hecqachon to'g'ri yo'ldan adawmadim. Oldinggi yil judda g'aroyib bo'ldi test topshiriladigan binoga 1 soat avval yetib borgan bo'lsamda dtm hujjatimda xatoliklar tufayli test sinovlariga bor yog'i 1 daqiqa qolganda ohirgi bo'lib kirdim. Hayajon va asabiylikdan so'ng test yecamanu ko'zim tola yosh. Imtihondan chiqib onamga telefon qildm agar oliygohga kirishim omadga bog'liq bolsa bu yil ham omad mendan yuz ogirdi deb yig'lab yubordim. Test natijalari chiqqanida ham javobini bilishga qiziqmadim kirolmadim dib oyladim. Onam yig'lab tel qildila qizim oqiwga kiribsan dib wu kun uyimizda katta bayram bo'ldi. Turmush o'rtog'imning katta daldalari onamning duolari bn talaba boldim. Bu men uchun ozgaca quvonc ozgaca baxt ahir 7 yil harakatdan toxtamadim
sam_vokhidov
Ha bu o'zbelistonda global muhum sanedi. Kimnudur taqdiri hal bo'lardi)))
O'qishga kirganlarga juda havasim keladi. Men 2-yil topshirishim. Maktabga 2yil oldin borganligim sabab shu yil o'zim tengilar bn o'qishga topshiraman. 1-avgust yaqin deb oy kun sanab yurgandim🤦🏾‍♀️ shunaqangiyam hayajondaman. Lekin shu yil topshirayotganlarga judayam imkoniyat katta chunki tayyorlanish uchun yana bir muddat berildi. Xammaga omad. Talabalikka ko'rishguncha xayr😊😊😊
Show next 100 comments