Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Ассалому алайкум насиб булса хали хаммаси яхши булади Худо хохласа хаммаси изига тушиб кетади АБИТУРИЕНТ ларга омад тилаб коламан хаммага соглик-саломатлик тинчлик хотиржамлик тилаб коламан .
Anchayin hayajonli daqiqalar boʻlgan kun
Менда яхши тасурот, шу куни окишга 1 чи оринда бюджетка кирганман
Assalomu alaykum shu kanal azolari va Xushnudbek aka men bu havolani oqidim va sizga savolim bor edi siz imtihonlar qachondan boshladani deb oylaysiz
Dilshodbek
Agar karantin tezroq tugab imtihonlar tezroq o'tkazilmasa manbu repititorlar online darsni deb ham odamlarni borini yeb bitiradi qizig'i odamlar ularga ayamasdan beraverishadi lekin aytganimdan xohish bo'lsa repititorsz ham o'qishga kirsa bo'ladi
Ko‘zga ko‘rinmas bu balo orqali butun dunyo go‘yo suv quygandek jimjit bolib qoldi. Balki bu insonlarni qilgan gunohlari uchun jazo bolar yana bilmadim. In sha Allah biz sog‘ingan o‘sha hayajonli onlar: test natijasi e'lon qilinadigan paytlarga oz qoldi. Rabbim sabrlilarni sevadi. 🤗
Bu kasallik necha necha rejalarni chippakka chiqardi. Ammo buning ham foydasini korib turibmiz. Shu paytgacha hujjat topshirish u.n sarsongarchiliklar bòlar edi. Ammo hozir uyda òtirgan holda hujjat topshirdik. Iloji bor ekanku shu narsalarni ham. Ertaroq qilishsa bolmasmidi shunday islohotlarni yoki qachon majbur bòlsakkina shunday qulaylik yaratiladimi? Shunga hayron qolasan kishi
💖Farzandlarim Baxtim💖 ❤
1- avgust judda ajoyib hamda hayajonli kun 7 yil oliygohga hujjat topwirdm o'z bilimim bn erishish uchun hecqachon to'g'ri yo'ldan adawmadim. Oldinggi yil judda g'aroyib bo'ldi test topshiriladigan binoga 1 soat avval yetib borgan bo'lsamda dtm hujjatimda xatoliklar tufayli test sinovlariga bor yog'i 1 daqiqa qolganda ohirgi bo'lib kirdim. Hayajon va asabiylikdan so'ng test yecamanu ko'zim tola yosh. Imtihondan chiqib onamga telefon qildm agar oliygohga kirishim omadga bog'liq bolsa bu yil ham omad mendan yuz ogirdi deb yig'lab yubordim. Test natijalari chiqqanida ham javobini bilishga qiziqmadim kirolmadim dib oyladim. Onam yig'lab tel qildila qizim oqiwga kiribsan dib wu kun uyimizda katta bayram bo'ldi. Turmush o'rtog'imning katta daldalari onamning duolari bn talaba boldim. Bu men uchun ozgaca quvonc ozgaca baxt ahir 7 yil harakatdan toxtamadim
sam_vokhidov
Ha bu o'zbelistonda global muhum sanedi. Kimnudur taqdiri hal bo'lardi)))
O'qishga kirganlarga juda havasim keladi. Men 2-yil topshirishim. Maktabga 2yil oldin borganligim sabab shu yil o'zim tengilar bn o'qishga topshiraman. 1-avgust yaqin deb oy kun sanab yurgandim🤦🏾‍♀️ shunaqangiyam hayajondaman. Lekin shu yil topshirayotganlarga judayam imkoniyat katta chunki tayyorlanish uchun yana bir muddat berildi. Xammaga omad. Talabalikka ko'rishguncha xayr😊😊😊
Eng yomoni bu yilgi abiturientlarga bo‘lyapti.Ular hatto imtihonni qachon bo‘lishini bilmaydi hatto.Biz yaxshi bo‘lgan ekanmiz kun sanab imtihonga borganmiz.Grantga kirganman alhamdulillah
Asadbek Turg'unov
Bundan roppa rosa bi yil oldin balim chiqgan edi. Aynan shu kuni. Mana hozi 1-kursni bitirdim. O'sha kunni eslash yoqimli.
Mansurbek
1-Avgust. Eng hayajonli laxzalar.
Inson biror ish qilmasada o'zidan o'zi terlaydigan kun.
Barcha abituriyentlar un g'alvirni suvdan ko'taradigan kun.
Kimlar un abituriyentlikning so'nggi laxzalari, kimlar uchundir o'xshamagan kun.
Qisqasi hamma uchun esda qolarli kun!!!
Raxmonqulov Temurbek
Juda xayajonli kun tan olish kerak kirish uchun juda katta mehnat qilish kerak edi men ham 7-yil (omad sabab kirolmay yurganman xar qancha kulguli bolsa ham) kirganman. hozirgi abituriyentlar yaratganga shukrona va yurt boshimizga raxmat aytish kerak nolimasdan qarang 1 emas naqt 5 ta institutga topshira oladi. Bu digani nomiga tayyorlansang kirasan uqishga. bir tomondan minusi hozirgilar (Talaba abituriyent) kopchiligi oson kirgan hammasini oson dib tashab qoygan institutda. Zor uqiydiganlari ham bor. Lekin olloxga shukur hammasi uchun bu yil 4 kurs boldik utib ketdi qiyinchiliklar.
Assalomu alaykum
Barcha abituriyentlarga omad yor boʻlsin ilohim 🤲🤲🤲
Tezroq karantin tugab hammasi oʻz holiga qaytishi uchun dou qilamiz
2009 йилдан 2011 гача имтихонга кируриб куз пишиб кетганди, 2011 йил тестлар оддий булишига карамасдан 208.9 балл олсам хам контракт булганди., хозирги даврри абитурентларини омади бор
1_avgustni ko'pchilik ko'zida yosh bilan eslaydi))
Эх уша дамлар парвозлар фалакка буларди 😂😂 узида йук хурсандчилик 😂😂
Show next 100 comments