Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Eng yomoni bu yilgi abiturientlarga bo‘lyapti.Ular hatto imtihonni qachon bo‘lishini bilmaydi hatto.Biz yaxshi bo‘lgan ekanmiz kun sanab imtihonga borganmiz.Grantga kirganman alhamdulillah
Asadbek Turg'unov
Bundan roppa rosa bi yil oldin balim chiqgan edi. Aynan shu kuni. Mana hozi 1-kursni bitirdim. O'sha kunni eslash yoqimli.
Mansurbek
1-Avgust. Eng hayajonli laxzalar.
Inson biror ish qilmasada o'zidan o'zi terlaydigan kun.
Barcha abituriyentlar un g'alvirni suvdan ko'taradigan kun.
Kimlar un abituriyentlikning so'nggi laxzalari, kimlar uchundir o'xshamagan kun.
Qisqasi hamma uchun esda qolarli kun!!!
Raxmonqulov Temurbek
Juda xayajonli kun tan olish kerak kirish uchun juda katta mehnat qilish kerak edi men ham 7-yil (omad sabab kirolmay yurganman xar qancha kulguli bolsa ham) kirganman. hozirgi abituriyentlar yaratganga shukrona va yurt boshimizga raxmat aytish kerak nolimasdan qarang 1 emas naqt 5 ta institutga topshira oladi. Bu digani nomiga tayyorlansang kirasan uqishga. bir tomondan minusi hozirgilar (Talaba abituriyent) kopchiligi oson kirgan hammasini oson dib tashab qoygan institutda. Zor uqiydiganlari ham bor. Lekin olloxga shukur hammasi uchun bu yil 4 kurs boldik utib ketdi qiyinchiliklar.
Assalomu alaykum
Barcha abituriyentlarga omad yor boʻlsin ilohim 🤲🤲🤲
Tezroq karantin tugab hammasi oʻz holiga qaytishi uchun dou qilamiz
2009 йилдан 2011 гача имтихонга кируриб куз пишиб кетганди, 2011 йил тестлар оддий булишига карамасдан 208.9 балл олсам хам контракт булганди., хозирги даврри абитурентларини омади бор
1_avgustni ko'pchilik ko'zida yosh bilan eslaydi))
Эх уша дамлар парвозлар фалакка буларди 😂😂 узида йук хурсандчилик 😂😂
Ахмедова Нилуфар
O'tgan yili xuddi shu sanada imtihonda edim 😂😂😅😅
Shahlo Abdullayeva
Ikki yil yiqilib keyin kirganman. Test natijasini bilish uchun dastlab dugonamni yuborganman.Kirganimni bilgach o'zim borib ko'rganman. O'sha vaqtlarni eslasam hanuz ajib hissiyotlar og'ushida qolaman.
Eslasa bir kitobga sig'maydigan xotiralar qolib ketgan bu kundan...Menimcha hammada shunday bo'lsa kerak.
Testni bitrib oxiri o'zim bajarib chiqqandim . Shunda ham super bo'lib kirganman 😅😅😅
1 avgust sanasini esdan chiqarish mumkin emas.Baribir o"sha damlar yaxshi edi , qadrli edi, hayajonli edi
1- avgust baribir hayojonli kun juda koʻpchilik uchun!!!
Imtihonim 10-avgustda edi. 1-avgustdan boshlab har kuni abiturient do‘stlarimni imtihonga kuzatgani borardim. Shukurki hammamiz talaba bo‘ldik. Faqat imtihon topshirish emas. Unda qatnashganlarni kuzatish ham juda hayajonli bo‘lgan
2014-yili Toshkendan 120,000sumga kelgandim oʻsha vaqtda kattaroq pul edi
Show next 100 comments