Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Shahlo Abdullayeva
Ikki yil yiqilib keyin kirganman. Test natijasini bilish uchun dastlab dugonamni yuborganman.Kirganimni bilgach o'zim borib ko'rganman. O'sha vaqtlarni eslasam hanuz ajib hissiyotlar og'ushida qolaman.
Eslasa bir kitobga sig'maydigan xotiralar qolib ketgan bu kundan...Menimcha hammada shunday bo'lsa kerak.
Testni bitrib oxiri o'zim bajarib chiqqandim . Shunda ham super bo'lib kirganman 😅😅😅
1 avgust sanasini esdan chiqarish mumkin emas.Baribir o"sha damlar yaxshi edi , qadrli edi, hayajonli edi
1- avgust baribir hayojonli kun juda koʻpchilik uchun!!!
Imtihonim 10-avgustda edi. 1-avgustdan boshlab har kuni abiturient do‘stlarimni imtihonga kuzatgani borardim. Shukurki hammamiz talaba bo‘ldik. Faqat imtihon topshirish emas. Unda qatnashganlarni kuzatish ham juda hayajonli bo‘lgan
2014-yili Toshkendan 120,000sumga kelgandim oʻsha vaqtda kattaroq pul edi
1-Август жуда ажайып кун еди тек сабрлық пенен тест кунин кутемиз усы жыл...
2017 yil 1 avgust kuni imtihonga kirganimda 150 dan oshiq abuturyentni kichkina siportzalga qo'yni qo'raga qamaganday tiqishgandi.oynalari yopiqligi uchun juda dim bo'lip ketgandi. Bitta o'quv stoliga 3 kishidan o'tirgan edik. O'shanda nafasim qisilip testni yecholmagan edim.
⚜Бриллиант⚜
Бгун мани тгулган куним🙃
Umringiz uzoq boʻlsin ilohim 🤲🤲🤲
Oʻylagan niyatlaringizga yetib yuring!!!
Umida Muxtorovna
Barbr boshqacha edida. Qanchaaa kutardik har kuni 1-avgustga shuncha kun qoldi deb yozib borardim. 3 yil oldingi hayajonlani esga soldiz...Alhamdulillah hoz bitiruvchiman.
Ollohga shukur o'qishni bu yil tamomlab oldim. 1-avgustda imtixon vaqtida yonimdagi abituriyentlarning testlarini olib chiqib ishlab berishgandi😁. Ular grant men kontrakt o'qidim va imtiyozli(hech qanday imtiyozi bo'lmasa ham) diplom oldim. Insholloh shu karantin tugasa bor kuchim bilan ishga sho'ng'iman.
Ha sizlar student boʼpsizlar 2 yil yiqilib bu yil budjet kiraman deganda bu nimasi endi
Биласизми узим тестга киргунимча танишларимни оркасидан 3 йил борганман жудаям хаежонланганман, лекин узим 2009 йилда тестга кирганимда умуман хаежон булмаган шунинг учундур натижам яхши булган
Show next 100 comments