Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
2011-yilda imtihon 2-avgustda bòlgan, 25 yilda 2-marotaba demak
1 yil oldin xuddi Wu kuni testga kiriwni intiqlik va kuchli Hayajon bilan kutayotgandim,bu xuddi kechagidek esimda turibda.Ollohga Ming shukurlar bo'lsinki,1yil tayyorlanib 1-yildayoq kantraktga bo'lsa ham kirdim...Test javoblarining chiqiwini manimcha barcha abituriyentlar intizorlik bilan kutgandi 24-avgustgacha...
Shu yil o'qiwga topwiradiganlarga yuksak sabr va omad tilayman!!!
Salom. Men testda bitta savolni xato berilgan deb etiroz qilib yozib chiqqanman va osha savolni imtixondan chiqiboq ishlab qoyganman lekin endi kech edi shunday bolsada oqishga kirdim shundoq chiziqni ustida 0.8 ball meni qutqargan va men bitta savol qancha narsani hal qilishina yanada chuqurroq tuwunganman. Mana bu yil 4 chi kursman inshaollox. Abiturentlarga omad har bir savol sizni u yoqli bu yoqli qilishi mumkin shunichun etiborli boling abiturentlar😀. Hammaga omad!!!
Eslaganda ertakka o'xshaydigan voqealarga boy kun... Yaxshiyam avvalgi yillardagiday test kunlari faqat bir kun emas 15 kun davomida bo'ldi(baxtimga) 8 avgust kuni bir haftalik chaqalog'imni uyda qoldirib imtixonga borganman,agar 1 avgustda bo'lganida talaba bo'lish baxtiga erishish buyoqda tursin, imtixonga ham borolmagan bo'larmidim😂😂😂
Yozning jaziramasi,hayot qaynaydi,hamma bir biriga raqib.Shoshganimdan testga suv op kirmaganman,yonimdagi qizdan suv so‘raganman,lekin suvim mullaga o‘qitilgan deb bermagan.Shu narsa foyda berarkanmi deb hayron bo‘lganman.Ollohga shukur talaba bo‘ldim,lekin kursdoshlarim orasida suv bermagan qizni ko‘rmadim.Bu yilgi abituriyentlarga omad tilayman.
2011 Yilda 2-avgustdda boʻlgan.Demak bu ilk emas. Bu tanqid emas. Eslatma.
1-avgustni hamma hayajon bilan ketardi avvallari. Ayniqsa "paravozlar va bunkerlar". 😂😂😂
Barcha abutirentlarga omad tilalayman.
Avvalam bor assalom alaykum hammaga to'g'ri hamma kutdi o'sha kundi lekin hamma ham bilmas ediki odam zot o'zinI yo'qotib qo'ydi ya'ni odam tabiatdan kuchli deb hisobladi o'zini ko'p insonlar nosh kurlik qildi har bir ishda yo kimdirlardir pulni sovurish bilan band edi odam maschidga borishni o'rniga yomon ish qilish ko'payib ketdi ayrim boy insonlar va o'ziga to'q yashasalarda lekin ko'nishmadi bunday hayotga to'g'ri roq qilib aytganda noshkurlik ko'payib ketdi butun dunyo bo'yicha to'g'ri yaxshi insonlar ham ko'p lekin o'rmon yongada ho'lu quruq bir xil yonarkan ollox bu ishlarni ko'rib bilib turibdi ollox bizga bu virusni sinov va noshkurlik qilganimiz uchun berdi har bir inson kimligini kim bo'lganini yodiga solish uchun bu ishlarbu virus bo'ldi deb o'ylayman testga qaytsak hamma narsa ham abadiy emas yo bo'lmasam kim dir aytgan ish 1 yil uzog'I bilan 10 yil davom etar u ham bir kun tugaydiku shuning uchilun odam o'zligini yo'qotmasin har bir ish qilayotganda yaxshilik bo'lsin ishida test 1 avgust kuni bo'lmasa boshqa kuni albatta bo'ladi shuning uchun odam siqlmasligi kerak.
Сегодня 1 августа . Долгожданный и волнительный день проходит как обычно , не думала что будет так 🙁 Но все равно не стоит расстраиваться , все к лучшему , inshAllah 🙏
Assalom-u alaykum hammaga. Bizlar esa imtihonni intizorlik bilan kutyapmiz...🙄🙄🙄 Barchaga abituriyentlarga TALABALIK BAXTI nasib qilsin.INSHAALLOH...!!!
Nodirbek
Omad barchaga !!!!
Mukhiddin Khusanov
Ex 1avgust bu shunchaki eshitiladi biroq bu kun faqat sanoqli insonlarda iliq xotiralar qolganlarda esa alamli armonlar bn esda qoladi. Har nima bo'lganda ham haqiqat bo'lsa alamlar kamayadi. Chunki o'qimagan inson un o'qishga kirish yoki kirmaslik unchalik ahamiyatli emas. Hammaga sog'lik omad!!!
Sardorbek Sobirov
Assalomu aleykum Xushnudaka!
Sizdan maslahat olmoqchi edim. Bir ikkita muammoli savollarim bor edi. Siz bilan qanday boğlansam bõladi
eh avgust avgust 😢
Aristokratka
1inchi yildan talaba bòlish Baxt😊
Ha ayniqsa 6 yil tayorlangan mandek inson kabi
7-sinfligimda boshlaganman universitetga tayyorgarlikni
6 yil tayyorlanib yiqilsam ham uyat edida
Ota onani oldida juda g'alati holat bolardi
Bobom juda istardila nabiralar ichida o'qigan nabira boliwini
Mandan umidlari katta edi
Esimda owa payt natijala chiqqandan kasalxonada bolganla ewitib rossa quvonganla
Hatto kontraktim uchun yordam ham qilganla
Man ularni orzulariga eriwganlarini korib yiglab yuboray deganman
Men birinchi yildan yoshimga nisbatan bir yil avval oʻqishga kirganman! 2018- yil ilk marotaba 1- avgustdan 15- avgustgacha imtihonlar oʻtkazilish boshlangan edi. Mening imtihon kunim 3- avgustda edi. Lekin shu bilan ham 1- va 2- avgust kunlari butun Toshkent boʻylab imtihon joylariga borib kuzatganman hayojonimni bosish uchun va bu samara bergan imtihonda umuman hayojonlanmaganman.
Show next 100 comments