Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Сегодня 1 августа . Долгожданный и волнительный день проходит как обычно , не думала что будет так 🙁 Но все равно не стоит расстраиваться , все к лучшему , inshAllah 🙏
Assalom-u alaykum hammaga. Bizlar esa imtihonni intizorlik bilan kutyapmiz...🙄🙄🙄 Barchaga abituriyentlarga TALABALIK BAXTI nasib qilsin.INSHAALLOH...!!!
Nodirbek
Omad barchaga !!!!
Mukhiddin Khusanov
Ex 1avgust bu shunchaki eshitiladi biroq bu kun faqat sanoqli insonlarda iliq xotiralar qolganlarda esa alamli armonlar bn esda qoladi. Har nima bo'lganda ham haqiqat bo'lsa alamlar kamayadi. Chunki o'qimagan inson un o'qishga kirish yoki kirmaslik unchalik ahamiyatli emas. Hammaga sog'lik omad!!!
Sardorbek Sobirov
Assalomu aleykum Xushnudaka!
Sizdan maslahat olmoqchi edim. Bir ikkita muammoli savollarim bor edi. Siz bilan qanday boğlansam bõladi
eh avgust avgust 😢
Aristokratka
1inchi yildan talaba bòlish Baxt😊
Ha ayniqsa 6 yil tayorlangan mandek inson kabi
7-sinfligimda boshlaganman universitetga tayyorgarlikni
6 yil tayyorlanib yiqilsam ham uyat edida
Ota onani oldida juda g'alati holat bolardi
Bobom juda istardila nabiralar ichida o'qigan nabira boliwini
Mandan umidlari katta edi
Esimda owa payt natijala chiqqandan kasalxonada bolganla ewitib rossa quvonganla
Hatto kontraktim uchun yordam ham qilganla
Man ularni orzulariga eriwganlarini korib yiglab yuboray deganman
Men birinchi yildan yoshimga nisbatan bir yil avval oʻqishga kirganman! 2018- yil ilk marotaba 1- avgustdan 15- avgustgacha imtihonlar oʻtkazilish boshlangan edi. Mening imtihon kunim 3- avgustda edi. Lekin shu bilan ham 1- va 2- avgust kunlari butun Toshkent boʻylab imtihon joylariga borib kuzatganman hayojonimni bosish uchun va bu samara bergan imtihonda umuman hayojonlanmaganman.
Bu ham xudoni kunida. Sabir qilamiz o'zga cora yoq!!!
Òtkan yil xuddi shu kunda men imtihom topshirgandim bu yil esa talabaman ollohga shukur.Osha kunga testlar sharoitlar hammasi shunchaki a'lo edi. DTM ming tanqid qilsakda sòngi 3 4 yil mobaynida òsishga erishdi. Xullas bu kun men uchun eng yaxshi kunlardan biri 😊😊😊😊
Имтихон кунларини интизорлик бн кутяпман илтимос дуо қилинглар менга хам талабалик насиб қилсин илохим ўтган йилги августни эслашни эслашни ҳоҳламиман😭
2009, 1- avgust oradan 11 yil o'tibdi. Uchyapti vaqt.
inshoolloh bizni ham talabalik baxtiga yetkazsin
Ravshanova
1- avgust kimlar uchun hayot momot masali edi. Keyingi qilayotgan ishlarimiz shu kunga qarab belgilangan. 2016- yil 1-avgusdagi hayojonlarimiz, xotiralarimiz bari yoqimli 4 yil koʻz ochib yumguncha oʻtib elektron shaklda boʻlsada diplomni olib oʻtiribmiz!
Mening xotiramda ilk ” 1-avgustim“ shunday muhrlangan: soat tonggi 6 dayoq FDU ga yetkazib borgan,vaqt tugamay turib testdan chiqib olmaslikni tayinlab-tayinlab olib, yana nega hamma chiqsa ham , belgilangan vaqt tugamaguncha test varaqasini topshirmay kutgan qizi uchun ming xavotirda universitet hovlisida menga ko‘z tutgan Otajonimning intizor nigohlari namoyon bo‘laveradi! 1-avgust - sen eng ajoyib kunsan !
Ахмедова Нилуфар
Assalomu alaykum o'tgan yili afsuski man ham yiqildim balki yaxshilikkadir olloh nasib buyil grandga niyat hamma abiturientlarga omad shu jumladan o'zimga ham😁😁😁😁😁
Show next 100 comments