Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Aristokratka
1inchi yildan talaba bòlish Baxt😊
Ha ayniqsa 6 yil tayorlangan mandek inson kabi
7-sinfligimda boshlaganman universitetga tayyorgarlikni
6 yil tayyorlanib yiqilsam ham uyat edida
Ota onani oldida juda g'alati holat bolardi
Bobom juda istardila nabiralar ichida o'qigan nabira boliwini
Mandan umidlari katta edi
Esimda owa payt natijala chiqqandan kasalxonada bolganla ewitib rossa quvonganla
Hatto kontraktim uchun yordam ham qilganla
Man ularni orzulariga eriwganlarini korib yiglab yuboray deganman
Men birinchi yildan yoshimga nisbatan bir yil avval oʻqishga kirganman! 2018- yil ilk marotaba 1- avgustdan 15- avgustgacha imtihonlar oʻtkazilish boshlangan edi. Mening imtihon kunim 3- avgustda edi. Lekin shu bilan ham 1- va 2- avgust kunlari butun Toshkent boʻylab imtihon joylariga borib kuzatganman hayojonimni bosish uchun va bu samara bergan imtihonda umuman hayojonlanmaganman.
Bu ham xudoni kunida. Sabir qilamiz o'zga cora yoq!!!
Òtkan yil xuddi shu kunda men imtihom topshirgandim bu yil esa talabaman ollohga shukur.Osha kunga testlar sharoitlar hammasi shunchaki a'lo edi. DTM ming tanqid qilsakda sòngi 3 4 yil mobaynida òsishga erishdi. Xullas bu kun men uchun eng yaxshi kunlardan biri 😊😊😊😊
Имтихон кунларини интизорлик бн кутяпман илтимос дуо қилинглар менга хам талабалик насиб қилсин илохим ўтган йилги августни эслашни эслашни ҳоҳламиман😭
2009, 1- avgust oradan 11 yil o'tibdi. Uchyapti vaqt.
inshoolloh bizni ham talabalik baxtiga yetkazsin
Ravshanova
1- avgust kimlar uchun hayot momot masali edi. Keyingi qilayotgan ishlarimiz shu kunga qarab belgilangan. 2016- yil 1-avgusdagi hayojonlarimiz, xotiralarimiz bari yoqimli 4 yil koʻz ochib yumguncha oʻtib elektron shaklda boʻlsada diplomni olib oʻtiribmiz!
Mening xotiramda ilk ” 1-avgustim“ shunday muhrlangan: soat tonggi 6 dayoq FDU ga yetkazib borgan,vaqt tugamay turib testdan chiqib olmaslikni tayinlab-tayinlab olib, yana nega hamma chiqsa ham , belgilangan vaqt tugamaguncha test varaqasini topshirmay kutgan qizi uchun ming xavotirda universitet hovlisida menga ko‘z tutgan Otajonimning intizor nigohlari namoyon bo‘laveradi! 1-avgust - sen eng ajoyib kunsan !
Ахмедова Нилуфар
Assalomu alaykum o'tgan yili afsuski man ham yiqildim balki yaxshilikkadir olloh nasib buyil grandga niyat hamma abiturientlarga omad shu jumladan o'zimga ham😁😁😁😁😁
1 -Avgust men uchun judayam hayajonli kun bo'lgan Har yili yiqilganimda o'zimni omadsiz deb o'ylardim 5yil o'qishga topshirib kirolmaganman va 6yili Qo'shni davlatga imtihonsiz o'qishga kirib imtihonsiz perevod oldim O'zbekistonga Va hozr judayam baxtliman
Sherzod Iskandarov
1 avgust men uchun omadli bõlgan bundan roppa-rosa 3 yil oldin imtixon topshirib talaba bõlganman bu kunning xayajoni va qõrquvi barbir boshqacha
Shahboz Shuhratovich Mahmudov
Barchaga salom har yili 1 avgustda yomg‘ir yog‘ishi an'anaga aylangandi bu yil esa bir kun oldinga surildi eh o‘shal damlar o‘shal damlar Beruniy metro oldi shpargalkalaga to‘lib ketardi ba‘izlarni ko‘ylagidan telefonlari tushib qolardi bizda hayajonlar battar kuchayardi ehhhh......
Abbos Akramovich ᅠ
​​​​😅Bugungi kunni yorqin xotiralar bilan o‘tkazamiz! DTMni juda "yaxshi ko‘radigan" bittasi yozmoqda: “​​Bugun 1-avgust! Ha, bugun 1-avgust bo‘lishiga qaramasdan poytaxt ko‘chalari bum-bo‘sh, xuddi kinolardagi tashlab ketilgan shaharga o‘xshaydi. Lekin 4-5 yil oldin 1-avgust bunaqa emas edi. Bu kunga alohida tayyorgarlik ko‘rilar edi. Taksistlar yo‘lkira narxini besh-olti barobarga oshirib olishar edi. Yil bo‘yi birov ishi ham bo‘lmagan etikdo‘zning ishi yurishib ketar edi🤣, uning vazifasi shippakning ichiga imkon boricha ustalik va butun san’atini ishga solib o‘ta mohirona telefonni joylashtirish edi. Odamlar sal qolsa etikdo‘zning qabuliga yozilish uchun navbatga turishar edi. Zangiotada chala mullalar va lo‘lilarning ishi-ku, imtihondan bir hafta oldin boshlanib ketar edi🤦🏻‍♂. - Ha, qayoqqa ketyapsan? - Zangiotaga borib bir duo olib kelaylik. - O‘qish-chi? - O‘qish to‘xtab turadi, Zangiota ruhlarini shod qilmasak, o‘qishga kirolmas ekanmiz. 😂😂 Tilamchi lo‘lilarning ham duolarida o‘zgarishlar bo‘lar edi, “Eng katta o‘qishlarga kirib keting, imtihonda savollar oson tushsin, ko‘zingizni yumib ishlab chiqing” shunga o‘xshash 😂 Milisiya amakilar ham aynan shu kuni ishni qilib qolishar edi, hatto milisiyalargacha x-variant sotishar edi, ular ham ertalabdan o‘lja izlab ko‘chaga chiqqan yirtqichdek harakat qilishar edi. Kimdir bunkerga kirib ketgan, kimdir x-variant izlagan, ota-onalar, bobo-momolar abituriyentlardan ko‘ra ko‘proq harakat qilishar edi. Kimdir esa o‘sha chekka bir qishlog‘idan faqat bilimigagina ishonib kelgan va o‘sha x-variantchilarni ko‘ziga ko‘rsatib qo‘yar edi💪😎. Ishqilib 1-avgust universitet farroshigacha pul qiladigan kun edi. Korrupsiya miqyosini tasavvur qilyapsizmi? Lo‘ligacha “leviy” qiladigan tizim yo‘q bo‘ldi. To‘liq yo‘q bo‘ldi deb ayta olmayman, chunki hali DTM va Davlat qabul komissiyasining boshida o‘zgarishni xohlamaydigan, har qanday yangilikni o‘zlariga dushman deb biladigan “dinozavr”lar bor ekan, bu tizim hali ham kimlargadir katta daromad manbai bo‘lib qolaveradi. Bugun 1-avgust - hech qanday kun. Uyda o‘tir. Pandemiya. Karantin.” Sizda ham bugungi kun bilan bog‘liq xotiralar bo‘lsa izohlarda qoldiring👉https://comments.app/view/Txgxehqo Yozilgan izohlarni o‘qib kayfiyatingiz ko‘tarilishi shubhasiz!😉 Batafsil maʼlumot👇 https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A © @Abituriyent rasmiy sahifalari Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
👍👍👍
Bu yilgi abiturientlarga kattakon sabr shu jumladan ozimga ham
Assalomu aleykum, xayrli kech hammaga. Avvalo abiturientlaga omad tiliman.
2009 - yilda 1 - avgustda imtixon topshirganman, shu kuni nonushta xam qilmasdan uydan soat 5 da chiqib ketganman, odatda kopchilik suv olib kiradi ichish uchun, men xam olib kirgandim, eng qiziģi imtixon varaqasini 12 larda topshirib eshikdan chiqqanimda chanqoqni xis qilganman, va kuzatuvchilardan sorab xonaga qaytib kirib stoldagi suvimni olib keyin ichganman, bu roxat! xayajon va ishtiyoq shu darajada bolganki 3 soat oldimdagi suvni ichish xayolga xam kelmagan 😁
7 yil bakalavrni, 3 yil magistrni tugatibman, 4 yildan buyon vrach faoliyatida ishliman, lekin studentlikni soģinaman, vaqt oqar daryo!
Зухриддин Кодиров
Telefon bunker shpargalka paravoz yana nimalar boriydi?
Show next 100 comments