Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Shahboz Shuhratovich Mahmudov
Barchaga salom har yili 1 avgustda yomg‘ir yog‘ishi an'anaga aylangandi bu yil esa bir kun oldinga surildi eh o‘shal damlar o‘shal damlar Beruniy metro oldi shpargalkalaga to‘lib ketardi ba‘izlarni ko‘ylagidan telefonlari tushib qolardi bizda hayajonlar battar kuchayardi ehhhh......
Abbos Akramovich ᅠ
​​​​😅Bugungi kunni yorqin xotiralar bilan o‘tkazamiz! DTMni juda "yaxshi ko‘radigan" bittasi yozmoqda: “​​Bugun 1-avgust! Ha, bugun 1-avgust bo‘lishiga qaramasdan poytaxt ko‘chalari bum-bo‘sh, xuddi kinolardagi tashlab ketilgan shaharga o‘xshaydi. Lekin 4-5 yil oldin 1-avgust bunaqa emas edi. Bu kunga alohida tayyorgarlik ko‘rilar edi. Taksistlar yo‘lkira narxini besh-olti barobarga oshirib olishar edi. Yil bo‘yi birov ishi ham bo‘lmagan etikdo‘zning ishi yurishib ketar edi🤣, uning vazifasi shippakning ichiga imkon boricha ustalik va butun san’atini ishga solib o‘ta mohirona telefonni joylashtirish edi. Odamlar sal qolsa etikdo‘zning qabuliga yozilish uchun navbatga turishar edi. Zangiotada chala mullalar va lo‘lilarning ishi-ku, imtihondan bir hafta oldin boshlanib ketar edi🤦🏻‍♂. - Ha, qayoqqa ketyapsan? - Zangiotaga borib bir duo olib kelaylik. - O‘qish-chi? - O‘qish to‘xtab turadi, Zangiota ruhlarini shod qilmasak, o‘qishga kirolmas ekanmiz. 😂😂 Tilamchi lo‘lilarning ham duolarida o‘zgarishlar bo‘lar edi, “Eng katta o‘qishlarga kirib keting, imtihonda savollar oson tushsin, ko‘zingizni yumib ishlab chiqing” shunga o‘xshash 😂 Milisiya amakilar ham aynan shu kuni ishni qilib qolishar edi, hatto milisiyalargacha x-variant sotishar edi, ular ham ertalabdan o‘lja izlab ko‘chaga chiqqan yirtqichdek harakat qilishar edi. Kimdir bunkerga kirib ketgan, kimdir x-variant izlagan, ota-onalar, bobo-momolar abituriyentlardan ko‘ra ko‘proq harakat qilishar edi. Kimdir esa o‘sha chekka bir qishlog‘idan faqat bilimigagina ishonib kelgan va o‘sha x-variantchilarni ko‘ziga ko‘rsatib qo‘yar edi💪😎. Ishqilib 1-avgust universitet farroshigacha pul qiladigan kun edi. Korrupsiya miqyosini tasavvur qilyapsizmi? Lo‘ligacha “leviy” qiladigan tizim yo‘q bo‘ldi. To‘liq yo‘q bo‘ldi deb ayta olmayman, chunki hali DTM va Davlat qabul komissiyasining boshida o‘zgarishni xohlamaydigan, har qanday yangilikni o‘zlariga dushman deb biladigan “dinozavr”lar bor ekan, bu tizim hali ham kimlargadir katta daromad manbai bo‘lib qolaveradi. Bugun 1-avgust - hech qanday kun. Uyda o‘tir. Pandemiya. Karantin.” Sizda ham bugungi kun bilan bog‘liq xotiralar bo‘lsa izohlarda qoldiring👉https://comments.app/view/Txgxehqo Yozilgan izohlarni o‘qib kayfiyatingiz ko‘tarilishi shubhasiz!😉 Batafsil maʼlumot👇 https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A © @Abituriyent rasmiy sahifalari Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
👍👍👍
Bu yilgi abiturientlarga kattakon sabr shu jumladan ozimga ham
Assalomu aleykum, xayrli kech hammaga. Avvalo abiturientlaga omad tiliman.
2009 - yilda 1 - avgustda imtixon topshirganman, shu kuni nonushta xam qilmasdan uydan soat 5 da chiqib ketganman, odatda kopchilik suv olib kiradi ichish uchun, men xam olib kirgandim, eng qiziģi imtixon varaqasini 12 larda topshirib eshikdan chiqqanimda chanqoqni xis qilganman, va kuzatuvchilardan sorab xonaga qaytib kirib stoldagi suvimni olib keyin ichganman, bu roxat! xayajon va ishtiyoq shu darajada bolganki 3 soat oldimdagi suvni ichish xayolga xam kelmagan 😁
7 yil bakalavrni, 3 yil magistrni tugatibman, 4 yildan buyon vrach faoliyatida ishliman, lekin studentlikni soģinaman, vaqt oqar daryo!
Зухриддин Кодиров
Telefon bunker shpargalka paravoz yana nimalar boriydi?
Men ham 2011 - yil o'qishga kirganman O'zbekiston Milliy Universitetiga. Bilmadim, keyinchalik magistratura va doktoranturada o'qidim, biroq bu kungi sinovchalik hayajon menda qaytib bo'lmadi. 1 avgust degan jumlani salobati bor
Ismailova...
Alloh insonni Omadini xam beriwi kere ekan
Ha wunday
Omad kelmasayam qiyin
Chunki man owanda yonimda tel iwlatkan odamlani korib bular aniq oqiwga kirdi deb oylaganman
Lekin biz imtixon topwirgan 95-guruh xonasidan faqat men talaba bolgan ekanman
Keyinchalik oqiw bowlangach izlaganman wu honada otirib talaba bolganla bormi deb
Xa bu kun juda muhim chunki xar bir student bu kunni1 umir esledi illohim yanagi yil xammasi joyda boladi
Луна🌙
O'tgan yili imtixonni 31-iyul kuni topshirib kelib 1-avgust kuni xuddi shu yerda kamentariyalarni oqib o'tirgandm xayajonlar bn.1-avgust eshitilishi juda muhim juda ahamiyatli kun edi shu kungacha butun O'zbekiston uchun
Uzr mavzudan tashqari, negadir shu UzA ga o'tkaningizdan keyin Xushnudbek Xudoyberdiyevdan tanqidiy qiziqarli maqolalarni, postlarni kam ko'ryabmiz. Ko'pchilik yangiliklar ostida koment yozish yopiq. Balki bunga vaqtingiz yo'qdir, nima bo'lsa ham yaxshi maqolalardan, asosli, o'rinli tanqidiy fikrlardan ham bo'lib tursin Xushnudbek aka.
Hamma abituriyentlarga omad, o'qigan abituriyent albatta talaba bo'ladi.
MuslimBek✓✓
25 yilda ilk marotaba 1 avgust imtixonsiz deyish noto'g'ri, 2011 yil ham 1 avgust kuni imtixonlar bo'lmagan, 2 avgust kuni o'tkazilgan. Demak 25 yilda 1 avgust ikkinchi marotaba imtixonsiz o'tdi..🙂
Bu yil testni qachon bo‘lishi u yoqda tursin, bo‘lish bo‘lmasligi ham nomalum bo‘b qoldimikin😐
1Avgustni gashti boshqacha edi. Man ham kopla qatori 4marta topshirib oxiri grantga kirganman.Beoxshov tizimimiz sababli turli xil nayranglar qurboni bolganman kop qatori nima boʻlganda ham baribir 1avgust 1avgust edida
​​Бугун 1-август!

Ҳа, бугун 1-август бўлишига қарамасдан пойтахт кўчалари бум-бўш, худди кинолардаги ташлаб кетилган шаҳарга ўхшайди.

Лекин 4-5 йил олдин 1-август бунақа эмас эди. Бу кунга алоҳида тайёргарлик кўрилар эди. Таксистлар йўлкира нархини беш-олти баробарга ошириб олишар эди.

Йил бўйи биров иши ҳам бўлмаган этикдўзнинг иши юришиб кетар эди, унинг вазифаси шиппакнинг ичига имкон борича усталик ва бутун санъатини ишга солиб ўта моҳирона телефонни жойлаштириш эди. Одамлар сал қолса этикдўзнинг қабулига ёзилиш учун навбатга туришар эди.

Зангиотада чала муллалар ва лўлиларнинг иши-ку, имтиҳондан бир ҳафта олдин бошланиб кетар эди.

- Ҳа, қаёққа кетяпсан?
- Зангиотага бориб бир дуо олиб келайлик.
- Ўқиш-чи?
- Ўқиш тўхтаб туради, Зангиота руҳларини шод қилмасак, ўқишга киролмас эканмиз. 😂😂

Тиламчи лўлиларнинг ҳам дуоларида ўзгаришлар бўлар эди, “Энг катта ўқишларга кириб кетинг, имтиҳонда саволлар осон тушсин, кўзингизни юмиб ишлаб чиқинг” шунга ўхшаш 😂

Милиция амакилар ҳам айнан шу куни ишни қилиб қолишар эди, ҳатто милицияларгача х-вариант сотишар эди, улар ҳам эрталабдан ўлжа излаб кўчага чиққан йиртқичдек ҳаракат қилишар эди.

Кимдир бункерга кириб кетган, кимдир х-вариант излаган, ота-оналар, бобо-момолар абитуриентлардан кўра кўпроқ ҳаракат қилишар эди.

Кимдир эса ўша чекка бир қишлоғидан фақат билимигагина ишониб келган ва ўша х-вариантчиларни кўзига кўрсатиб қўяр эди.

Ишқилиб 1-август университет фаррошигача пул қиладиган кун эди. Коррупция миқёсини тасаввур қиляпсизми? Лўлигача “левий” қиладиган тизим йўқ бўлди.

Тўлиқ йўқ бўлди деб айта олмайман, чунки ҳали ДТМ ва Давлат қабул комиссиясининг бошида ўзгаришни хоҳламайдиган, ҳар қандай янгиликни ўзларига душман деб биладиган “динозавр”лар бор экан, бу тизим ҳали ҳам кимларгадир катта даромад манбаи бўлиб қолаверади.

Бугун 1-август - ҳеч қандай кун. Уйда ўтир. Пандемия. Карантин. 😂

@tentakminds #examkun
Show next 100 comments