Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Ismailova...
Abituryent
Unda sizga shu yil talabalik baxtini tilab qolaman
Siz ham bir biz kabi sessiyalarda adolatsizliklarni korib his qiling talabalikni
Sessiyadan qutulgan paytda sizdan baxtli inson qolmasin
Yaxshilab tayyorlanib boring uyda mustaqil
Chalg'imang befoyda narsalarga
Man imtixonga oxirgi 3 kun qolganda uhlamay kitoblani qaytarganman
Aslida ustozimiz oxirgi 3 kun faqat uhlab chiroyli dam olinglar deganla
Lekin man aksini qilganman va bundan afsuslanmayman kitoblani oqib qaytarib sal ozimga iwonchim ortgan
Hayrullo
Assalomu alaykum hammaga men uchun 1 avgustni hayotimda oʻrni juda katta 100 oʻquvchilarim shu kuni talaba boʻliwgin baribir gawti boʻlakcha edi. Ollohga shukur magistraturani ham bitirganman sohami yaxshi koʻraman.
Oxrgi marta 2017-yilda faqat 1kun 1-avgust kuni tets o'tkaziladigan anana bo'lgan edi ..Men esa o'shanda shu kunning Eng eng baxtsizi bo'lganman deb o'ylayman Sababi 161.3ball bilan BuxDuning Tarix fakultetidan yiqildim.Aslida hamma hatto ozim ham Granga kiraman deb o'ylar edim Grand uchun kurashgan edim.O'sha vaqtlar Ligota ham borligi sababli eng yuqori ballar ohhooo 36.36.36 ursa ham olib bo'lmaydigan bo'gani hali ham esimda.Men shu bilan Tarixdan qayttim keyingi yil qayta tayorlov uchun borganimda kitoblarni o'qish yod bo'ganidan qizig'i qolmagan edi go'yo hamma ustimdan kulayotgandek.Eng achinarlisi yana o'sha repititorlik yo'llari yana o'sha uyqusiz kechalar.eng eng yomoni esa Yana Otamning qiynalishlari(aslida uyda ota onam oliy ma'lumotli bo'lmaganlari uchun abiturientligim juda qiyinchilikda o'tgan.eh eslashni xohlamayman)
Shu bilan 1 oy kursga qatnadimu o'z xohishim bn Hammasini yig'ishtrdim aslida men o'qishni yanayam qattiq o'qib Grandga kirishni xohlardim lekigin Otam juda qiynalayotganliklarini ko'rib hali tuzuk nafas olmay oy ketidan oy kelib kurs puli tolashlar xarajatlar xullas men TO'XTADIM...

2018-yilda tayyorlanmadim hisob.2019-yilda esa dadamning agar sen institutga topshirmasang men sendan rozi bo'mayman deganlari uchun eng oxrgi qabul kuni borib Navbat kutiwlar bilan Filologiya hujjatlarimni topshirdim.va men uyda atigi 20 kunda O'zim o'qib tayyorlanib tanlagan har uchchala Universitetimga ham Grand bilan o'qishga kirdim.
Илхом
1 августь мен учун чинакам хаяжон куни
ь
tugadi! 😅
Akajon endi bowlandyu qacon tugarkina ☹
💫Блистать...💫
TTA (Davolash ishi)ga kirganlar bormi o‘tkan yili imtixonlar qanaqa bo‘lman...
1-avgustta imtihon topshirib qancha hayajon bilan kutilardi.Hozir ertasiga javob chiqadi.Sirtqi ta'limlar ham bor mazza
Maftuna Abdullayeva
Biz dugonalarimiz bilan tayyorlanganmiz har choy ichib bolganimizda Ilohim grantga kiryalik deb duo qilardik bu odat bolib qolgandi 😊 1-avgustdan keyin ham har choy ichib bolganimda aytaverganman ☺☺☺☺☺
Tezro karantin tugab bu balolar daf boʻlsin,imtihon intiqlik bilan kutyapmiz
Мен ҳам 3 йил имтихонга кирганман 2 йил йиқилиб 3- йил кирганман!!!
Ha bu 1-avgust sanasi umuman boshqacha edi .Hayajonli aynan mana shu sana meni tuģilgan kunim.Agar mana shu kuni imtihon bòlganda albatta niyatim ijobat bòlar edi
Муяссар Абдуллаева
Мактабда укитувчиман. 1 август имтихонларида аудитория рахбари, кузатувчи булганман. Ана коррубцияю, мана порахурлииик... 🤦‍♀️🤦‍♀ Абитуриентларнинг уддабуронлигигаку гап йугийди. Кимдир узини касалга солиб, деразадан хаво олиш бахона саволлар китобчасини пастга улоктирган, мелиса ходими уни олиб ташкарида кутаетган одамига обориб берган, аклга сигмас туйнуклардан чикиб келадиган телефонлар, даструмолчага мохирона жойлаштирилган микрофон ва динамиклар...
2 йил иштирок этдим. Учинчи йил бош тортдим.
Assalomu aleykum Xurmatli Xushnudbek aka. Inshollox hammasi joyiga tushsin. To'g'ri 1- avgust abutrentlar va ularning ota onalari uchun eng muxum kunlardan biri edi. Inshollox keyingi yil yana shunday bo'lishini barchamiz Olloxdan so'raylik. Xushnudbek aka sizdek oddiy xalq uchun qonun ximoyachilari ko'paysin...
H.Abdurahmonova
Yurtimiz tinch bo‘lsin
2011 йил хам ОТМга теш топшириш 2 августга колдирилган эди, номаълум сабабларга кура.
Show next 100 comments