Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Maftuna Abdullayeva
Biz dugonalarimiz bilan tayyorlanganmiz har choy ichib bolganimizda Ilohim grantga kiryalik deb duo qilardik bu odat bolib qolgandi 😊 1-avgustdan keyin ham har choy ichib bolganimda aytaverganman ☺☺☺☺☺
Tezro karantin tugab bu balolar daf boʻlsin,imtihon intiqlik bilan kutyapmiz
Мен ҳам 3 йил имтихонга кирганман 2 йил йиқилиб 3- йил кирганман!!!
Ha bu 1-avgust sanasi umuman boshqacha edi .Hayajonli aynan mana shu sana meni tuģilgan kunim.Agar mana shu kuni imtihon bòlganda albatta niyatim ijobat bòlar edi
Муяссар Абдуллаева
Мактабда укитувчиман. 1 август имтихонларида аудитория рахбари, кузатувчи булганман. Ана коррубцияю, мана порахурлииик... 🤦‍♀️🤦‍♀ Абитуриентларнинг уддабуронлигигаку гап йугийди. Кимдир узини касалга солиб, деразадан хаво олиш бахона саволлар китобчасини пастга улоктирган, мелиса ходими уни олиб ташкарида кутаетган одамига обориб берган, аклга сигмас туйнуклардан чикиб келадиган телефонлар, даструмолчага мохирона жойлаштирилган микрофон ва динамиклар...
2 йил иштирок этдим. Учинчи йил бош тортдим.
Assalomu aleykum Xurmatli Xushnudbek aka. Inshollox hammasi joyiga tushsin. To'g'ri 1- avgust abutrentlar va ularning ota onalari uchun eng muxum kunlardan biri edi. Inshollox keyingi yil yana shunday bo'lishini barchamiz Olloxdan so'raylik. Xushnudbek aka sizdek oddiy xalq uchun qonun ximoyachilari ko'paysin...
H.Abdurahmonova
Yurtimiz tinch bo‘lsin
2011 йил хам ОТМга теш топшириш 2 августга колдирилган эди, номаълум сабабларга кура.
Xushnud aka, o'zingizni imtihoningiz haqida aytib o'ting(iltimos😃😄)bu menimcha ko'pchilik uchun qiziq bo'lsa kerak
Akbar
1- avgust kuni Odamlarning tavsiyasi bilan (miyani yaxshi ishlatadi) baliq,shkalad yeb mazam boʻlmagandi . Xudo Xudo deb test ni yechganman.Test boshlash arafasida hammasidan kechgandim Xudo desa Xudo berarkan mana hozir 4 kursman Ollohga shukur .Oʻsha kuni birdan ilohiy kuch kelgandi .Aytgancha dastlab testlar ham qiyin koʻringandi keyin birdan oʻsha kuch taʼsirida osonlashib ketdi .Eh oʻsha damlar!
Ismailova...
Raxmat kattakon
Talaba bolgan kunlaringizda comments botda yana korinib qolsak hushxabarni aytarsiz
Olg'a va omad💪💪💪💪👍👍👍👍👍
Rözimova_N🍃
Ötgan yil testga borganim esimga tushdi. Yozning jazirama issiği 14:00 da testga ulgurish uchun 12:30 da uydan chiqib yana 1 soat eshikda poylab turgandim😁
Sumkamni nazoratchilaga berib chiqishda özimni ozimnikiligini isbotlomiy zörga olgandim metroda uhlab qoganmchi🤣
E mayli muhumi öqishga kirdim
Yaxshiyam kirganim bömasa bu yil yurardim test qachon bölarkin deb☺️
Bu yilgi abiturientlarga omad va soglik salomatlik tiliman🤲 Yaramas virusladanam esan omon qutulibolamiz Inshaallah❤
Maftuna Abdullayeva
Bekzod
Grant boʻldimi hay
Yoqda kantarkt lekin shunisiga ham shukur
Hammaga talaba bulish baxti nasib qilsin. Men utgan yili talabalik baxtiga erishdim. Ollohga wukur. Shu paytlar qarshi shahrida kavrtirada edim. Hayajon o'ta kuchli edi. Hali hammasi yaxshi bo'ladi inshaAlloh.
Mana men o'qishga kirish uchun imtihon topshirganimgaham 10 yil bo'lipti. Biz bu kunni judayam intizorlik va ozgina qo'rquv bilan kutgandik!!! Biz sinfdoshlarim va butun bir jamoa bo'lib repitetorga qatnab bilim olishga harakat qilardik... Ustozlarim judayam bilimli va malakali insonlar edi. Aminov Ergash(matematika), va Raximov Furqat(fezika) bu ustozlarimdan nafaqat bilim ko'nikma qolaversa hayotiy darslarniyam olgaan desam adashmayman... Abiturientlik davrlarim eng baxtli onlarim desam adashmayman,kirish imtihonidan keyingi 15 kun men uchun 150 kundek o'tgan desam xato bo'lmaydi chunki o'sha paytlarda 15 avgustda imtihon javoblari elon qilinar edi. Xushnudbek aka sizni xabarlaringizni judayam diqqat bilan etibor qilib o'qib boraman. Sizga kattakon rahmat yana bir bor studentlik paytlarimni eslatdingiz aka. Bu yilgi intihon topshiruvchi abiturientlarga birinchi navbatda sabr qanoat tilayman va ularga ulkan zafrlar tilab qolaman !
Show next 100 comments