Тестсиз ўтган 1 август
Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!
Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.
Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба
1 август куни тест синовлари ўтказилмади.
Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.
Изоҳларда фикрларингизни кутаман.
👉 @xushnudbek 👈
Sumkamni nazoratchilaga berib chiqishda özimni ozimnikiligini isbotlomiy zörga olgandim metroda uhlab qoganmchi🤣
E mayli muhumi öqishga kirdim
Yaxshiyam kirganim bömasa bu yil yurardim test qachon bölarkin deb☺️
Bu yilgi abiturientlarga omad va soglik salomatlik tiliman🤲 Yaramas virusladanam esan omon qutulibolamiz Inshaallah❤
2016-yil... o'qishga topshirdim.
U paytlari telefonda turish san'at darajasida edi. Birga topshirayatgan kursdosh do'stlarimga - men bitirsam telefonda turmaydigan ustoz bo'laman derdim.
Ular kulishardi, buni imkoni yo'q hammani shogirdlari noqonuniy kirsa sen chidolmaysan, senam telefonda turasan deyishardi.
Men qarab tur niyyatim amalga oshadiii derdim. Bu yil bitirdim...
Repetitorman. 2-kursdan bolalarni tayyorlashni boshladim.
Ollohga shukur!!! Niyyatim amalga oshdi. Hozir hechkim telefonda turayotgani yo'q.
Kimdur nimanidur chin dildan xoxlasa, uni yo'lini Ollohni uzi shundoq yaratib qo'yadiki, bu juda oddiy va ajoyib yo'l bo'larkan....
Ba'zan xo'rligim kelardi...
Hayot bu-chidaganga chiqargan deb o'zimni ovutardim...
Hozirgi abituriyentlarga havasim keladi o'qisa kirishga umidi bor!!!
Nimagaki osha yillari tuzilgan testlarni hattoki tayyorlov kurslaridagi domlalar ham tan berishdan boshqa ilojlari yoq edi. Savol ichida savol.
Masullarning ham insofi bir muncha yoqolib borgan edi. Bularning barchasini sababi tizimdagi karrupsiya orqali momay daromadga ega bolish va test oldi "X" varyantlarning savdosidan keladigan daromad uchun edi.