Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
So'nggi 3-4 yilni hisoblamaganda shaffoflik "nol" darajada edi. Oddiy oiladanligimdan qiynalardim, alam qilardi. O'sha paytlarda 2 ming ko'katdan uyog'i 15-20 minggacha borardi...
Ba'zan xo'rligim kelardi...
Hayot bu-chidaganga chiqargan deb o'zimni ovutardim...
Hozirgi abituriyentlarga havasim keladi o'qisa kirishga umidi bor!!!
Manam bu yil topshirishim keregiydi endi bõsa uyda qolib õtiribman ☹️ kim bilsin balkim bu kun man uchun ham umuman õzgacha õtishi mumkuniydi 😒
Òtgan yili 2 avgustda testga kirgan edim hayojonli daqiqalar bòlgan edi. Talabalikga tavsiya etilganman. Kayfiyatlar a'lo bòlgan.
1 avgust kirish imtihonlari topshiriladigan kun. Bu kun esga olinarkan 2015 chi va 2016 yillardagi kirish imtihonlarida tushgan test savollarining mukammalligini aytmasdan shundoq ko'z yumib bolmaydi.
Nimagaki osha yillari tuzilgan testlarni hattoki tayyorlov kurslaridagi domlalar ham tan berishdan boshqa ilojlari yoq edi. Savol ichida savol.
Masullarning ham insofi bir muncha yoqolib borgan edi. Bularning barchasini sababi tizimdagi karrupsiya orqali momay daromadga ega bolish va test oldi "X" varyantlarning savdosidan keladigan daromad uchun edi.
👩‍🎓
Eng baxtli abiturientardan biri bõlganman. 07.07.2018 da test topshirib 08.07 da talaba bõlganman. 1-urinishda talaba bõlganman Alhamdulillah.
Ruslan Mustayev
Sheroziy Komilov
2011 йил хам ОТМга теш топшириш 2 августга колдирилган эди, номаълум сабабларга кура.
Sababi 1 avgust kuni nomoz kuniga to'gri kelgandi va shu yili toshkent islom markazi bo'lganligi bois katta axamiyatga ega insonlar yurtimizga tashrif buyurgan edi agar adashmasam chunkki shu yili men ham qatnashib talaba bo'lgandimda.
Бу йил сизнингча давлат тес синовларини олмаса яни тес бомаса нима болади ?
Холбоева К
Bu biz uchun qiziq😊
Талабалик даврим менинг давронларнинг зурисан деб бекорга айтишмаган экан талабалик даврлартмни эсласам юрагим орзикиб ширин хотираларим ёдга тушади лекин бу йил тест хам тугриси кунгилга сигмаётгандак,юртимизга келга бу вирус балосидан хамма у́збек халким эсон омон утиб олайлик,барчамизни Яратганим у́зи химоясига олсин
Ex o'shal damlar o'shal damlar
Assalomu alekum yaxshimisilar.Xushnudbek Xudoyberdiyev bilan bog'lanishi iloji bumiyabdi. Meni savolim kirish imtixonlari sanasi qachon e'lon qilinadi. Shuni bilmoqchi edim "magistr", "bakalavr"??
Бу биринчи марта эмас, бундан бир неча йил олдин ҳам 2-август кунига кўчирилган эди
$$$$$
Хамма абитурентларга омад ва соғлиқ тилайман шу жумладан ўз қизимга хам илохим биринчи йил талаба булиш насиб этсин
Nafisa G'aniyeva
Oxrgi marta 2017-yilda faqat 1kun 1-avgust kuni tets o'tkaziladigan anana bo'lgan edi ..Men esa o'shanda shu kunning Eng eng baxtsizi bo'lganman deb o'ylayman Sababi 161.3ball bilan BuxDuning Tarix fakultetidan yiqildim.Aslida hamma hatto ozim ham Granga kiraman deb o'ylar edim Grand uchun kurashgan edim.O'sha vaqtlar Ligota ham borligi sababli eng yuqori ballar ohhooo 36.36.36 ursa ham olib bo'lmaydigan bo'gani hali ham esimda.Men shu bilan Tarixdan qayttim keyingi yil qayta tayorlov uchun borganimda kitoblarni o'qish yod bo'ganidan qizig'i qolmagan edi go'yo hamma ustimdan kulayotgandek.Eng achinarlisi yana o'sha repititorlik yo'llari yana o'sha uyqusiz kechalar.eng eng yomoni esa Yana Otamning qiynalishlari(aslida uyda ota onam oliy ma'lumotli bo'lmaganlari uchun abiturientligim juda qiyinchilikda o'tgan.eh eslashni xohlamayman) Shu bilan 1 oy kursga qatnadimu o'z xohishim bn Hammasini yig'ishtrdim aslida men o'qishni yanayam qattiq o'qib Grandga kirishni xohlardim lekigin Otam juda qiynalayotganliklarini ko'rib hali tuzuk nafas olmay oy ketidan oy kelib kurs puli tolashlar xarajatlar xullas men TO'XTADIM... 2018-yilda tayyorlanmadim hisob.2019-yilda esa dadamning agar sen institutga topshirmasang men sendan rozi bo'mayman deganlari uchun eng oxrgi qabul kuni borib Navbat kutiwlar bilan Filologiya hujjatlarimni topshirdim.va men uyda atigi 20 kunda O'zim o'qib tayyorlanib tanlagan har uchchala Universitetimga ham Grand bilan o'qishga kirdim.
Gap yo lkn
To'g'ri menda ko'p vaqt ketgandir ammo men baribir Shu univeesitetga Grandga kirganim dadamning uyimdagilarning xursandchiligini sizga so'z bilan tasvirlab berolmayman.Buni faqat His qilish mumkin xolos...Aytmoqchi bo'lganim Orzular ko'p bo'ladi ular ushalishi ushalmasligi ham mumkin eng muhumi Maqsad bo'lishi kerak..Meni Maqsadim GRAND BILAN O'QISHGA KIRISH VA Sevimli kasbim O'qituvchi bo'lish edi ..Tarixchimas Filolog bo'lgan bo'lsamda Ayni damda Hec narsaga achinmayman.ayni damda O'zim 12ta abiturientlarimni xuddi hozrgi abiturientlardek har kuni duo qilib, O'qishga kirdim Ustoz deb kelishini Kutyapman...😊barcha bo'lajak talabalarga Omad😊😊
👩‍🎓
...
Mangayam nasib qilsin 🙏🏻
In Shaa Alloh 😊
Show next 100 comments