Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
O'rolova Dildora
Internet ham ,smslar ham ishlasdi. Ja qiylanardik
Allohning irodasi Robbimiz biz uchunnima yaxshiligini bizdan kora yaxshi biladi!
Rustam Fayzullayev
Bir tanishimni bilimi juda kuchli emas edi, solih yigit edi, namozlarida, laylatul qadrda duo qilib Allohdan so'ragan, Alloh munosib ko'rgan shekilli, 1-yili 1-grant bb inyazga o'qishga kirgan. Omadini bersin.
Eng hayajonli bo'lishi kerak bo'lgan kunda juda sovuqqonlik va xotirjamlik bilan testlarni yechib chiqqandim (menimcha bu o'qishga kirishning 50% kafolati) ... 4 yil bo'libdi. Hozirgi abituriyentlarga borgan sari oson bo'lib boryapti. Onlayn ariza topshirishyapti, 2 ta fandan test bo'ladi va asosiysi darsliklar borgani sari soddalashmoqda. Hammaga omad!
Ажойиб хотиралар, мен хам бир йил дипломатия университети топшириб укишга кираолмаганман, уша даврда тест жавоби белгиланган вактдан бир хафта кечикиб чикканди, узия роса одамни куттирганди, 188,5 бал билан хам кираолмагандим, эсимда уша йили, яьни 1998 йилда имтихонгача булган даврда езда каттик шамоллаб колиб, имтихон куни зурга боргандим, катта фарзанд булганим учун уйдагилар хам укишга кириб кетишимни роса хохлашганди, афсуски кираолмагандим, кейинги биро каттикрок тайерландим шекилли, оллохим ущи куллади ва мен 1999 йилда юридик институтнинг сиртки булимига укишга кирдим ва беш йил талаба булиш насиб этди, урта хол оиладан булганим учун кийналиб укиганман, худога минг катла шукур ун туккиз йилдан буен суд тизимида халол ва пок, виждонни сотмасдан ишлаб келмокдаман, имтихонга тайергарлик куришлар, кечаси билан китоб укиш, кундузлари репититорларга катнашлар, тинимсиз мехнат килиш ва нихоят талаба булишимга албатта биринчи уринда оллох куллагани, ота онам дуо килгани ва уларнинг мени куллаб кувватлагани деб биламан, бир умр уларни хизматида булиб дуосини олаяпман, оллохга шукур, Хушнудбек ажойиб бир даврларни эсга солганингиз учун Сизга хам катта рахмат, сог саломат булинг, Сизни ва бутун халкимизни Курбон хайиьи билан табриклайман, омадларингни берсин.
А.Р. #2
Эххее, икки йил тест жараёнини видеокузатувида иштирок этдим, 70-80 ёш абитуриентларни курдик. Факат битта жавоблар катагини белгилайдиганлар, кулогига наушник такиб олганлар, шунака содда одамлар хам борки, А4 формат когозда шпаргалкалар кутариб келишадимие, ёки 3 соат давомида жавобларни белгиламайдида, беш ун минут колганда белгилашни бошлайди..
Diplomdan naf yuq ekan soqqani qilish kerak tamom
assalomu alaykum mana hozir commentlarni uqib juda xursand buldim,insonlarning beparvo emasligiga,Xushnud akani ham bizni xotira va taasurotlarni bulishishimizga sababchi bulganligi uchun rahmat,man ham abiturientman,kun sanayotgan edim,birinchi avgustni men qatori uqishga hujjat topshirgan barcha abiturientlar kutayotgan edik,balki hammasi yaxshilikkadir,hali hammasi yaxshi ham bulib ketadi,barcha magistratura va bakalavriatga topshirgan insonlar talaba bulishligini,karantin ham yaxshilikka xizmat qildi deyishligini,Allohim nasib aylasin
Lekin õtgan yili 10 sinfni bitirgan bosamam guruhimizdegi abitur.larni õrniga mani hayajon bosardi😂
T.M. Maxsudovna
Men bundan 8 yil oldin öqishga topshirganman va talaba bölganman. 1- avgustga ötar kechasi hech uyqim kelmagan göyoki uxlab qolib imtixonga kira olmay qolaman deb öylaganman. Hayajon kuchli bölgan. Ilohim bu sinovli kunlar tezroq tugasinu yana hammamiz köchalarda bemalol yuraylik. Bu yilgi abiturientlarga omad yor bölsin😊
😏😏😏😏😏😏😂😂😂😂😂😂😂
2000-yil talaba bo'lish nasib qilgan. Hech qanaqa repetitorsiz, axborotnomalar, tayyorgarliksiz bitta urinishda byudjetga kirgandim (demak maktablarda yaxshi ta'lim berilgan o'sha paytlarda, savollar ham hozirgidek "o'ta chalkash" bo'magan.

1-avgust kuni esa kechagidek esimda, shahar gavjum, hamma oliygohlar oldida hayajoni bolalarinikidan ham yuqori ota-onalar o'tirishardi. Imtihon tugashi bilan albatta kafelar to'lib-toshib ketardi. Ehh, ajoyib damlar bo'lgan.
Assalomu alaykum, sizlarni suhbatlaringni o'qib man ham o'zimning abituriyentlik va imtixon topshirgan paytlarimni esga oldim. Birinchi yili 2017-yil TDYUga topshirib kirolmaganman va 2018-yil talabalikka qabul qilingandim, shu yili imtixonni juda kuchli hayajon va sabrsizlik bilan kutganman lekin imtixon kuni manda umuman hayajon bo'lmagan nimagadir🤗 pavilionda o'tkizilgan imtixonda qulog'imni yopib olib savollarni diqqat bilan o'qiyotganimda nazoratchilar 2-3 marta yonimga kelib mandan shubhalanishgan edi. Manda shunday odat bor ediki, savolni ovozimni chiqarib o'qiyman va javob tanlashda o'zim bilan o'zim gaplashib, muhokama qilib yechaman testlarni, shunga nazoratchilar mani olib chiqib ketishgan, tintuv qilishgan, mandan nimadir topmoqchi bo'lishgan, shunisi qiziqki man o'zimda hech qanday shpagalka yoki shunga o'xshash narsalar yo'qligini bilsam ham Nazoratchilarning mani tintuvlarini ko'rib o'zimdan qo'rqib ketyabman hozir nimadir chiqib qolsa mani Akt qilib yuborishadi deb rosa yig'lagandim. Eslasam kulgim keladi😄😄
Imtixon payti abituriyent uchun 1 daqiqa ham juda qadrli hisoblanadi, lekin mani naqd 15 minutcha tintuv qilib hech narsa topolmasdan -endi borib testni yechavering deyishganida ham nimalardir juda alam qilgan, lekin o'zimni qo'lga olishga harakat qilib joyimga o'tirdimda endi mandan shubhalanishmaydi deb yanayam qattiqroq muhokama qilib ishimni davom ettirganman.
Assalomu aleykum. Haqiqatdan ham bu kunni har bir abyutirent va ularning ota-onalari intizorlik bilan kutar edi😥😥.Yana o'shanday baxtli kunlar kelishiga umid qilishdan boshqa ilojimiz yo'q🤲🤲bu kunlar o'tib ketishini tiliab duodamiz!!!
🤣🤣🤣🤣🤣🤣🤣🤣
Муяссар Абдуллаева
Август!!! Подари всем счастье☺✨ стать студентом тем, кто действительно потрудился и заслужил!!
qizlarga oson edida shpargalka yashirish
😂.😂😂😂 😂 😂 😂 😂 😂 😂 😂 😂 😂 😂 qoyil oma
Show next 100 comments