Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Diplomdan naf yuq ekan soqqani qilish kerak tamom
assalomu alaykum mana hozir commentlarni uqib juda xursand buldim,insonlarning beparvo emasligiga,Xushnud akani ham bizni xotira va taasurotlarni bulishishimizga sababchi bulganligi uchun rahmat,man ham abiturientman,kun sanayotgan edim,birinchi avgustni men qatori uqishga hujjat topshirgan barcha abiturientlar kutayotgan edik,balki hammasi yaxshilikkadir,hali hammasi yaxshi ham bulib ketadi,barcha magistratura va bakalavriatga topshirgan insonlar talaba bulishligini,karantin ham yaxshilikka xizmat qildi deyishligini,Allohim nasib aylasin
Lekin õtgan yili 10 sinfni bitirgan bosamam guruhimizdegi abitur.larni õrniga mani hayajon bosardi😂
T.M. Maxsudovna
Men bundan 8 yil oldin öqishga topshirganman va talaba bölganman. 1- avgustga ötar kechasi hech uyqim kelmagan göyoki uxlab qolib imtixonga kira olmay qolaman deb öylaganman. Hayajon kuchli bölgan. Ilohim bu sinovli kunlar tezroq tugasinu yana hammamiz köchalarda bemalol yuraylik. Bu yilgi abiturientlarga omad yor bölsin😊
😏😏😏😏😏😏😂😂😂😂😂😂😂
2000-yil talaba bo'lish nasib qilgan. Hech qanaqa repetitorsiz, axborotnomalar, tayyorgarliksiz bitta urinishda byudjetga kirgandim (demak maktablarda yaxshi ta'lim berilgan o'sha paytlarda, savollar ham hozirgidek "o'ta chalkash" bo'magan.

1-avgust kuni esa kechagidek esimda, shahar gavjum, hamma oliygohlar oldida hayajoni bolalarinikidan ham yuqori ota-onalar o'tirishardi. Imtihon tugashi bilan albatta kafelar to'lib-toshib ketardi. Ehh, ajoyib damlar bo'lgan.
Assalomu alaykum, sizlarni suhbatlaringni o'qib man ham o'zimning abituriyentlik va imtixon topshirgan paytlarimni esga oldim. Birinchi yili 2017-yil TDYUga topshirib kirolmaganman va 2018-yil talabalikka qabul qilingandim, shu yili imtixonni juda kuchli hayajon va sabrsizlik bilan kutganman lekin imtixon kuni manda umuman hayajon bo'lmagan nimagadir🤗 pavilionda o'tkizilgan imtixonda qulog'imni yopib olib savollarni diqqat bilan o'qiyotganimda nazoratchilar 2-3 marta yonimga kelib mandan shubhalanishgan edi. Manda shunday odat bor ediki, savolni ovozimni chiqarib o'qiyman va javob tanlashda o'zim bilan o'zim gaplashib, muhokama qilib yechaman testlarni, shunga nazoratchilar mani olib chiqib ketishgan, tintuv qilishgan, mandan nimadir topmoqchi bo'lishgan, shunisi qiziqki man o'zimda hech qanday shpagalka yoki shunga o'xshash narsalar yo'qligini bilsam ham Nazoratchilarning mani tintuvlarini ko'rib o'zimdan qo'rqib ketyabman hozir nimadir chiqib qolsa mani Akt qilib yuborishadi deb rosa yig'lagandim. Eslasam kulgim keladi😄😄
Imtixon payti abituriyent uchun 1 daqiqa ham juda qadrli hisoblanadi, lekin mani naqd 15 minutcha tintuv qilib hech narsa topolmasdan -endi borib testni yechavering deyishganida ham nimalardir juda alam qilgan, lekin o'zimni qo'lga olishga harakat qilib joyimga o'tirdimda endi mandan shubhalanishmaydi deb yanayam qattiqroq muhokama qilib ishimni davom ettirganman.
Assalomu aleykum. Haqiqatdan ham bu kunni har bir abyutirent va ularning ota-onalari intizorlik bilan kutar edi😥😥.Yana o'shanday baxtli kunlar kelishiga umid qilishdan boshqa ilojimiz yo'q🤲🤲bu kunlar o'tib ketishini tiliab duodamiz!!!
🤣🤣🤣🤣🤣🤣🤣🤣
Муяссар Абдуллаева
Август!!! Подари всем счастье☺✨ стать студентом тем, кто действительно потрудился и заслужил!!
qizlarga oson edida shpargalka yashirish
😂.😂😂😂 😂 😂 😂 😂 😂 😂 😂 😂 😂 😂 qoyil oma
2014 yil test topshirgandim 1 avgustda, auditoriyada 30 kishi edi, test boshlangandan 20minut otib 20 kishi tuflisini tagidan telefonni chiqarib gaplashishni boshlagan, xona nazoratchisiga aytsam sanam bor narsalatingni ishlat degan, manam oyogimni tagidagi X variantni chiqarib ishlab byudjetga kirib ketganman😄😄😄😁
Eee qoyilee shpargalka ishlata olganizga!!! 👍👍👍 umuman ishlata olmayman shu narsani. Yo qizarib ketib sezdirib qoyaman yo qòlimdan tushib ketadi. Bir ikki marta qovun tushirgandan song kechasi bn uxlamasdan bolsa òqib chiqadigan bòlganman.
Noila Borataliyeva
Birinchi avgust baribir boshqacha edidaaa
🌸🌸🌸🌸
Ассалом алекум хаммага хайрли кеч 6 йил укишга хужжат топшириб киролмаганман. Уша 1 августни эсласаммм инязга топширганман лн хаммаси гаплашилган хал буган жойида куркоклигим ун хеч нима килолмаганман. Лн шу инс.ни оркасидан бахтимни топганман. Оллохга щукур бу йил хам хужжат топширдик худо хохласа талаба булиш насиб килиб колар
H.Abdurahmonova
Nechta kvadrat bor😊
Show next 100 comments