Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Qaysidir manoda 1 avgustni ixtirolar kuni desa boladi. Chunki osha kuni xammaning ham kallasiga kelmaydigan ishlar oylab topilardi. Oqishga kirish uchun albatta
Nafisa G'aniyeva
Oxrgi marta 2017-yilda faqat 1kun 1-avgust kuni tets o'tkaziladigan anana bo'lgan edi ..Men esa o'shanda shu kunning Eng eng baxtsizi bo'lganman deb o'ylayman Sababi 161.3ball bilan BuxDuning Tarix fakultetidan yiqildim.Aslida hamma hatto ozim ham Granga kiraman deb o'ylar edim Grand uchun kurashgan edim.O'sha vaqtlar Ligota ham borligi sababli eng yuqori ballar ohhooo 36.36.36 ursa ham olib bo'lmaydigan bo'gani hali ham esimda.Men shu bilan Tarixdan qayttim keyingi yil qayta tayorlov uchun borganimda kitoblarni o'qish yod bo'ganidan qizig'i qolmagan edi go'yo hamma ustimdan kulayotgandek.Eng achinarlisi yana o'sha repititorlik yo'llari yana o'sha uyqusiz kechalar.eng eng yomoni esa Yana Otamning qiynalishlari(aslida uyda ota onam oliy ma'lumotli bo'lmaganlari uchun abiturientligim juda qiyinchilikda o'tgan.eh eslashni xohlamayman) Shu bilan 1 oy kursga qatnadimu o'z xohishim bn Hammasini yig'ishtrdim aslida men o'qishni yanayam qattiq o'qib Grandga kirishni xohlardim lekigin Otam juda qiynalayotganliklarini ko'rib hali tuzuk nafas olmay oy ketidan oy kelib kurs puli tolashlar xarajatlar xullas men TO'XTADIM... 2018-yilda tayyorlanmadim hisob.2019-yilda esa dadamning agar sen institutga topshirmasang men sendan rozi bo'mayman deganlari uchun eng oxrgi qabul kuni borib Navbat kutiwlar bilan Filologiya hujjatlarimni topshirdim.va men uyda atigi 20 kunda O'zim o'qib tayyorlanib tanlagan har uchchala Universitetimga ham Grand bilan o'qishga kirdim.
omadingiz shu yunalishga ekan bizga ham grant talabasi bolishlik nasib aylasin ilohim
Tan olish kerak oldingi 1 kunlik imtihonni adolatli ótardi deb boʻlmasdi. Lekin, har qachon ham ózining bilimiga ishonganlar birovlar bilan ishi boʻlmasidan imtihonga kirib testini yechib ózi kutgan ballni yigʻib chiqa olgan deb óylayman.
Bilimli yoshlar har doim ham boʻlgan. Ilohim har kim óz bilimiga munosib joylarni egallasin.
Bundan roppa rosa bir yil oldin Samarqand shahridagi olimpiya zahiralari kollejida imtihonga kirgandim. Kirishdan oldingi hayajonlar va yaxshi insonlarning duolari esimda. Usha vaqtda esimda 3 ta savolni bilib javobini xato belgilanganman. Shunga qaramay Alhamdulillah talabalik nasib etdi
1-avgust haqiqatda ham juda qaynoq kun boʻlgan. Imtihonga kechirmaslik uchun ertalab erta turish, taksichi akalarning yoʻl haqini 2 yoki 3 barobar oshirishiga qaramasdan tiqilinchda yoʻlga yurish, 3 soqtlik vaqt mobaynida bir yillik sarhisob va hokazolar boʻlgan kun sifatida hayotimiz sahifasidan joy olgan
25 yilda ilk marotaba emas lekin, 2011-yilgi test sinovlari 2-avgust kuni bo'lib o'tgan edi. Usha yili Universitet talabasi bo'lish ishtiyoqida testga kirgan edim, Allohga shukur hozir Universitetda talabalarga dars beryapman, o'qituvchiman. Qisqa muddat, lekin juda katta o'zgarishlar...
MUXAMMADJON
ASSALOMU ALEKUM XUSHNUD AKA QURBON XAYITI MUBORAK BÒLSIN. ENDI MAVZUGA OID FIKRLARIMGA KELSAK KOLLEJNI BITIRGANIMGA 3 YIL BÓLDI. MANA BU YIL XAM OLIY ÓQUV YURTIGA XUJJAT TOPSHIRDIM. SHAFFOFLIK BOR DEB BONG URAVERISHADI VA SHU BILAN BIRGA UDDASIDAN CHIQADIGANLAR BARIBIR TELEFON YOKI SHPARGALKALARDAN FOYDALANISHAVERADI. BUNAQA XOLATLARNI BIRINCHI TOPSHIRGAN YILIMDA KÒRGANMAN. MIYASIDA XECH NARSA YÓQ INSONLAR TALABA BÓLISHYABDI. AFSUSKI, YILLAB TAYYORLANGANLAR ESA KIRA OLMAY BIR YIL UMRI YANA KETYABDI. ÓZBEKISTONIMIZDA KAMIDA 10 YILSIZ XAMMASI 100% SHAFFOF BÓLMAYDI DEB ÓYLAYMAN. ANDIJON SHAXRIDAN MUXAMMADJON TESHABOYEV
IMXO
Сυмπατυчни ‎
Bargida Rustamovna
Vaaay
Shu shu oqishga yaqinlashmadim o'z biznesmni yolga qoyib oldim ollohga shukur bunda xam bir xikmat bor ekan torsni aytiw kere bu yil oqishga xujjat topwirdm 😀
Bu birinchi marta emas 1-avgustda imtihon o’tkazilmasligi. Qaysidir bir yili (2010-yoki undan keyingi yillarda agar adashmayotgan bo’lsam) esimda imtihonlar 2-avgustga qoldirilgan edi.
Imtihonga kirib o'qishga kirdiz degan so'z eshitish eng zor so'z bulsa kerak sizlarni uqishga kirganman deganlarizni eshitib tog'risi havasim kelyapdi ilohim bizga ham shu baxt nasib qilsin
Avvalo, assalomu alaykum. Men 1-avgustda imtihonga kirgan eng so'nggilardanman. Ya'ni bizdan so'ng 15kunlik tizimga o'tildi.
Men 2017-yil talabalik baxtiga yetishganman. Ikki marta imtihondan "yiqilganman". Lekin, Ollohga shukur bugun Samarqand davlat universiteti talabasiman va buning uchun 1-avgustdan minaddorman.
Korrupsiya hech qachon butkul yo'qolib ketmaydi. Afsuski, bu haqiqat. Ammo, qay darajada uning "nog'orasiga o'ynash" odamlarning o'z qo'lida ekan, xulosa ham o'zimizdadir.
Gulnora Sa'dullayevna
Haa hayajon kuchli bòlganakan chindanam sizda. Shunchalik xotirjam bolganimga hayron qolyapman endi. Man uyga kelib ovqatni katta tezlikda yeb olib, òzimga tushgan savollarni kitobladan topib xatomi togrimi qarab chiqqanman. 2- va 3- blokdagi fanlardan hisoblaganim bir xil aniqlikda 28 chiqqan, 1-blokimda esa hisoblaganimdan 1ta ortiqcha xato qilib qoygan ekanman . Kontrakt bòlsa ham òqiganiz yaxshi bòlgan tògri qaror qabul qilgan ekansiz!
Ha mandayam chiqishimga taxminiy hisoblaganim togri chiqqan
Birinchi fanim tarix edi undan aniq 36 ta iwlagandim
Lekin bittasini belgilawda xato qilgandim
35 ta chiqiwiga iwonchim komil edi shunday chiqqan
Ona tilidan 10 ta aniq bilib belgilaganman
Xonada bir qiz tel iwlatib oldirib qoyib keyin topolon chiqqan
U qiz wallaqi ekan xodimla bilan rossa tortiwkan
Wunda bizni ancha vaqtimizni olgan
Uni kasriga xonadan hammani erta chiqarib yuboriwkan
Imtixondan chiqiboq 150 bal boldi deb hisoblagandim yakunda 151 bal chiqqan
Hisoblawda 1 balga adawkan ekanman
Ozim ham hozir yaxshi bolgan ekan kontraktda bolsayam uqiyotkanim deyman
Mana hozir 4-kursga ko'chdim
Nasib qilsa 1 yilda bitiraman
ziyoda
Exxxx.....
Eslasam etim jimirlab ketadi...
Naqd 3 yil tayyorgarlik qilib 101 ball toplagan ekanman🙄
Test topshirishniku gapirmasam buladi. 2010-yil 1-urinishdayoq talaba bolganman. Hammani qulida telefo bemalol gaplasib utirishgan. Nazoratchilar ham kormaganga olishgandi. O'zimga judayam ishongan abiturient edim. Matematikadan 1 ta notogri savol bor ekan desam akt qilamiz kiritib qoyamiz deyishdi. Ammo qilishmadi. Ingliz tilida esa 2 ta variantni tanlasa ham xato bolmaydigan bitta test tushgan. Uni tushuntirsam ham xuddi shu javob. Eng daxshatlisi mandat kuni boldi. Borib granddan boshlab qarab kelyapman...
Yoqman ...
Kantraktda han yoqman...
Bulishi mumkun emas...
Otmaganlar qatoridaman...101 ball bilan
Test markaziga apilyatsiya berganman. Yaramaslar naqd 80 ballni xisoblashmagan. 181.1 ball bilan 1-o'rinda kantraktga o'qishimni tiklab berishgan. Aslida grandga o'tgan bo'lardim. Chunki o'z xisobimda 190ball toplagan edim. Shunisiga ham shukur qilib 4 yil kantakt tulab uqiganmiz keyin...
Ex o'sha xotiralar
Esimda o'sha damlar. Qayergadir yuqolib qolib yana qaytib kelgan ballar🙄
Dilafruz Uzakova
Man 22 yil oldin 11 sinfni tamomlab test topshirganman. Imtihonga maktabda yahshi oqisam ham Navrozga kanikul berilganida repititorga borganman.Ustoz kech qolibsan mayli urinib kor degan. Lekin rahmat chin qalbdan oqitgan. 36ta savoldan 35 togri bolgan. 1tasini togri javobni topib notogri belgilaganman. 2 va 3 blokdan umuman tayyorlanmaganman natijada past ball olganman. Eng qizigi shu kuni uhlab qolib zorga ulgurganman. Hech kim hatto onam uygotmagan. Ollohga shukur rizqim qoshilgan ekan.😊
Òzi òqishga kiradigan odamni kòngli sezib qoladi. Men kiraman kirib bòlganman. Kirganda ham 1-òrinda grantga deb niyat qilish keeak
Iye, Juma va Hayit namozlaringizga buniyam qo'shibsizu. Xechqisi yo'q, sabrning tagi Rahmon
2 yil oldin expoda test topwirgamman. Yaxwi tayyorlanganim u.n shpora telefon opkirmaganman. Hozir pedagogika instituda o'qiman. Testimi javobi ertasi kuni cqan. Zor paytla edi. Toshkent kochalari bemalol. Hohlagan joyimizga borar edik. Hozirgi pandemiya waroitda hamma uyda.
Show next 100 comments