Тестсиз ўтган 1 август
Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!
Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.
Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба
1 август куни тест синовлари ўтказилмади.
Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.
Изоҳларда фикрларингизни кутаман.
👉 @xushnudbek 👈
Men 2017-yil talabalik baxtiga yetishganman. Ikki marta imtihondan "yiqilganman". Lekin, Ollohga shukur bugun Samarqand davlat universiteti talabasiman va buning uchun 1-avgustdan minaddorman.
Korrupsiya hech qachon butkul yo'qolib ketmaydi. Afsuski, bu haqiqat. Ammo, qay darajada uning "nog'orasiga o'ynash" odamlarning o'z qo'lida ekan, xulosa ham o'zimizdadir.
Birinchi fanim tarix edi undan aniq 36 ta iwlagandim
Lekin bittasini belgilawda xato qilgandim
35 ta chiqiwiga iwonchim komil edi shunday chiqqan
Ona tilidan 10 ta aniq bilib belgilaganman
Xonada bir qiz tel iwlatib oldirib qoyib keyin topolon chiqqan
U qiz wallaqi ekan xodimla bilan rossa tortiwkan
Wunda bizni ancha vaqtimizni olgan
Uni kasriga xonadan hammani erta chiqarib yuboriwkan
Imtixondan chiqiboq 150 bal boldi deb hisoblagandim yakunda 151 bal chiqqan
Hisoblawda 1 balga adawkan ekanman
Ozim ham hozir yaxshi bolgan ekan kontraktda bolsayam uqiyotkanim deyman
Mana hozir 4-kursga ko'chdim
Nasib qilsa 1 yilda bitiraman
Eslasam etim jimirlab ketadi...
Naqd 3 yil tayyorgarlik qilib 101 ball toplagan ekanman🙄
Test topshirishniku gapirmasam buladi. 2010-yil 1-urinishdayoq talaba bolganman. Hammani qulida telefo bemalol gaplasib utirishgan. Nazoratchilar ham kormaganga olishgandi. O'zimga judayam ishongan abiturient edim. Matematikadan 1 ta notogri savol bor ekan desam akt qilamiz kiritib qoyamiz deyishdi. Ammo qilishmadi. Ingliz tilida esa 2 ta variantni tanlasa ham xato bolmaydigan bitta test tushgan. Uni tushuntirsam ham xuddi shu javob. Eng daxshatlisi mandat kuni boldi. Borib granddan boshlab qarab kelyapman...
Yoqman ...
Kantraktda han yoqman...
Bulishi mumkun emas...
Otmaganlar qatoridaman...101 ball bilan
Test markaziga apilyatsiya berganman. Yaramaslar naqd 80 ballni xisoblashmagan. 181.1 ball bilan 1-o'rinda kantraktga o'qishimni tiklab berishgan. Aslida grandga o'tgan bo'lardim. Chunki o'z xisobimda 190ball toplagan edim. Shunisiga ham shukur qilib 4 yil kantakt tulab uqiganmiz keyin...
Ex o'sha xotiralar
Esimda o'sha damlar. Qayergadir yuqolib qolib yana qaytib kelgan ballar🙄
Bobomga yaxshi xabarni aytaman deb tel qilganimda, tel.ni buvim ko'targanlar, yig'i aralash "Buvi grantga kiribman", desam, qo'rqib ketib, soddagina buvim tushunmaganlar. "Kiribsanmi o'zi" deb qayta-qayta so'ragandilar. "Haaaa kiribman, kontraktga emas, budjetga kiribman, tekinga o'qiyman endi" deb hijjalab tushuntirsam, "Voy barakalla, ikkalasida ham o'qiyver, kontraktidayam, grantidayam o'qiyver, Adang o'qitadi seni" degandilar🤣 Haligacha buni eslab kulamiz😄