Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
ziyoda
Exxxx.....
Eslasam etim jimirlab ketadi...
Naqd 3 yil tayyorgarlik qilib 101 ball toplagan ekanman🙄
Test topshirishniku gapirmasam buladi. 2010-yil 1-urinishdayoq talaba bolganman. Hammani qulida telefo bemalol gaplasib utirishgan. Nazoratchilar ham kormaganga olishgandi. O'zimga judayam ishongan abiturient edim. Matematikadan 1 ta notogri savol bor ekan desam akt qilamiz kiritib qoyamiz deyishdi. Ammo qilishmadi. Ingliz tilida esa 2 ta variantni tanlasa ham xato bolmaydigan bitta test tushgan. Uni tushuntirsam ham xuddi shu javob. Eng daxshatlisi mandat kuni boldi. Borib granddan boshlab qarab kelyapman...
Yoqman ...
Kantraktda han yoqman...
Bulishi mumkun emas...
Otmaganlar qatoridaman...101 ball bilan
Test markaziga apilyatsiya berganman. Yaramaslar naqd 80 ballni xisoblashmagan. 181.1 ball bilan 1-o'rinda kantraktga o'qishimni tiklab berishgan. Aslida grandga o'tgan bo'lardim. Chunki o'z xisobimda 190ball toplagan edim. Shunisiga ham shukur qilib 4 yil kantakt tulab uqiganmiz keyin...
Ex o'sha xotiralar
Esimda o'sha damlar. Qayergadir yuqolib qolib yana qaytib kelgan ballar🙄
Dilafruz Uzakova
Man 22 yil oldin 11 sinfni tamomlab test topshirganman. Imtihonga maktabda yahshi oqisam ham Navrozga kanikul berilganida repititorga borganman.Ustoz kech qolibsan mayli urinib kor degan. Lekin rahmat chin qalbdan oqitgan. 36ta savoldan 35 togri bolgan. 1tasini togri javobni topib notogri belgilaganman. 2 va 3 blokdan umuman tayyorlanmaganman natijada past ball olganman. Eng qizigi shu kuni uhlab qolib zorga ulgurganman. Hech kim hatto onam uygotmagan. Ollohga shukur rizqim qoshilgan ekan.😊
Òzi òqishga kiradigan odamni kòngli sezib qoladi. Men kiraman kirib bòlganman. Kirganda ham 1-òrinda grantga deb niyat qilish keeak
Iye, Juma va Hayit namozlaringizga buniyam qo'shibsizu. Xechqisi yo'q, sabrning tagi Rahmon
2 yil oldin expoda test topwirgamman. Yaxwi tayyorlanganim u.n shpora telefon opkirmaganman. Hozir pedagogika instituda o'qiman. Testimi javobi ertasi kuni cqan. Zor paytla edi. Toshkent kochalari bemalol. Hohlagan joyimizga borar edik. Hozirgi pandemiya waroitda hamma uyda.
1-yil "yiqilganman", 2-yil o'qishga kirishim edi. Sms kelishini rosa kutgandim. Usha kuni oyim men yaxshi ko'rgan mantini pishirgan edilar. Yaxshi ko'rgan taomim ham ko'nglimga sig'may, yemay, bir chekkada kresloda o'tirganman. Oyim " Kel, obqatingni ye. Bular Madina ovqat yemayaptikan deb tezroq jo'natmaydi baribir", degandilar. Oyimni qistovlari bilan qayta isitilgan mantilardan birini olib, endi og'zimga solgan edim, bir payt sms keldi. Og'zimda bir butun manti, qo'limda telefon...smsni ochdim: ko'zim katta-katta qilib yozilgan GRANT degan so'zga tushdiyu, manti tomog'imga tiqildi😄 Tiqilib, nafas ham o'tmay qolgan. Telefonni qo'lim bn qattiq qisib olganman, o'zim ko'karib ketgandim🤣 Uydagilar yana kira olmabdi deb qo'rqib ketishgan, qo'limdan telefonni ham yulib olisholmagan. Qisqasi suv ichib, mantini amallab yutib bo'lganimdan kn natijasini eshitib rosa xursand bo'lishgan, hammasi kechagidek esimda😊
Bobomga yaxshi xabarni aytaman deb tel qilganimda, tel.ni buvim ko'targanlar, yig'i aralash "Buvi grantga kiribman", desam, qo'rqib ketib, soddagina buvim tushunmaganlar. "Kiribsanmi o'zi" deb qayta-qayta so'ragandilar. "Haaaa kiribman, kontraktga emas, budjetga kiribman, tekinga o'qiyman endi" deb hijjalab tushuntirsam, "Voy barakalla, ikkalasida ham o'qiyver, kontraktidayam, grantidayam o'qiyver, Adang o'qitadi seni" degandilar🤣 Haligacha buni eslab kulamiz😄
Ха пандемия билан куп нарса узгарди. Афсус вирус куплаб яхши одамларни олиб кетди. Рахматли аммам, кушним неча йиллар хотин кизлар раиси булиб ишлаб нафакада утиргандилар, яна 2 нафар танишлар. Минг афсус бирон статистикада эсга олинмади. Самарқандда кандай 3 киши оламдан утган булса шундайлигича турибди.
Zayirova
2017 yil 1- avgust kunichalik hech qachon koʻp kulmaganman imtihonimdan juda ham xursand boʻlib chiquvdim . Bu pandemiya sababli bizning bu oltin davrimiz, takrorlanmas damlarimiz uyda oʻtmoqda(. Barcha abituriyentlarga omad).
Фарангиз👑
Xayrli kech hammaga!
Men 1-avgustda imtixonda ketayotganimda hayotim tubdan o'zgarib ketishini chin dildan his qilganman.Men uchun SamDCHTI da o'qish judayam katta orzu bo'lgan o'sha paytlarda.Yashirmayman u yerga faqat puli borlar kira olardi.Men esa oddiy oilada katta bo'lgandim.Ota onam o'qishga bepul kirish mumkinligiga ishonishmasdi.Men ishonardim...va 15-avgust javoblar chiqmadi...16-avgust...17-avgust...18-avgust...19-avgust...20-avgust💣💥 ballar o'tgan yilgisidan(2013) juda farqli darajada ko'tarilib ketgandi.Menga qo'ng'iroq qilayotgan dugonalarim kira olishmaganligini aytishardi...ballari 158,164,170...men ham umidimni uzdim(ahmoqlarcha)javoblarni ko'rishga bormadim ham.Ammo onajonim natijani online tekshirib ko'rdilar.Ish joylaridan turib menga TALABA BO'LGANIM baxtining xabarini berdilar.😇Allohning cheksiz karamu marhamati shavqati muruvvati menga bepul o'qishga kirish baxtini nasib qildi.2014
Муяссар Абдуллаева
Тест саволларини куриб, баъзан куркиб кетаман мураккаблигидан. Узини йуналишида тестни яхши ечган абитуринтга шу фанлардан диплом берворсаям булади менимча😉☺☺
Akmaljon Yusupov
Ha aytmoqchi bitirdingizmi uqiwni eson-omon?
Haa xudoga shukr, bitdi. Ish kerak endi. Karantinda olishmasakan ishga.
𝓜𝓾𝔁𝓽𝓸𝓻𝓸𝓿
Siz topshirmadizmi
Topshirganman 1yil yiqildim bu yil yana topshirdim
Ҳасанхон Ҳошимов
Bundan roppa rosa 5 yil oldin xuddi shu bugungidek shanba kunga to'g'ri kelgan edi 1-avgust. 5 yil avval shu vaqt testdagi savollarni tahlil qilib o'zimcha kantraktga tushsam kerak deb o'ylagandim. Allohga ming shukurlar bo'lsinki davlat GRANDi asosida talaba bo'lish baxti nasib etdi.
Nasib etsa bugungi sinovli kunlarni albatta birgalikda yengib o'tamiz va yana o'sha biz bilgan "qaynoq" 1-avgustlar davom etaveradi.
Alloh hammamizni o'z panohida asrasin.
Man bu yil FarDu ni tamomladim, Imtixon va mandat kuni xotiralari hech qachon yodimdan chiqmedi. imtixondan oldin test o'tadigan zdaniyani noto'g'ri ko'rib olgan ekanman. Imtixon kuni amakim va ukam bilan mashinada imtixon o'tadigan zdaniyadan juda uzoq bo'lgan boshqa manzilga borip qolganmiz. Vaqtidan ancha erta borganimiz hisobiga mashinada azgina uhlap olaman dep uhlap qolgandim(chunki tuni bn uhlamaganmiz) imtixonga biroz vaqt qolganda uyqudan cho'chib uyg'onganman va nazoratchilar yoniga borib qaysi yo'nalishlarga test bo'layotganini so'raganman. Baxtga qarshi mani yo'nalishim bu yerda emas, unda qayerda ekan dep dtm qog'ozimni ko'rsatsam universitetda ekan tez borin deyishgan. Mashinaga qaytib universitet tomon ketganmiz. Yo'llar berk, maxallalar ichidan, bazo'r yetib olganman. Universitetga yetmasdan ancha uzoqda post bor va mashinadan tuship piyoda yugurganman. Universitet eshik oldida turgan nazoratchilar ham bo'laqolin eshiklarni berkitamiz dep mani kutishgan va kirishim bn eshiklar yopilgan. Alhamdulillah shu yili talabalik baxti nasib qilgan😊
Adashmasam, 2010 yo 2011- yili 2-avgust boʻlmagamidi?
Òtgan yili shu kuni imtixon topshirib kechasi bilan òylanb tahlil qilb chiqgandm , osha davrlarni ham òziga yarasha gashti bor ekan 😥hozirgi abituryienlarr nma qlyabdi ekan na imtixonni oylaydi na òqishni ,bu pandimeya hammani panika qlyabdi
Show next 100 comments