Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Xushnud ✓
Adashmasam 1-avgustda imtihon bo'lmagani 2-marta bo'lishi.Agar adashyotgan bo'lmasam 2011-yil ham 2-avgust kuni bo'lgandi.
Suxrob Hayitov
Lekin baribir, aniqlik boʻlgani yaxshi edi. Oʻzi yaxshisi chet tilini oʻtganib chetga topshirgan yaxshi. Birinchidan yaxshi mutaxassis boʻlaman degan niyat boʻlsa baribir chet tilini oʻrganishga majbursiz. Ikkinchidan shu virus bizga niqoblar taqishga majbur qilgan boʻlsa ham aksariyat niqoblarni yechib asl vaziyatlarni koʻrsatib qoʻydi
Balki bazi gaplarizda jon bordir lekin menimcha bo'laman degan chetda ham o'zimizda ham bo'laveradi... men chet elda yillab o'qigan lekin o'qib uqimaganlarni ham ko'pini ko'rganman... shunday odamlarni bilaman Umrida vatanidan chiqmagan lekin butun jahonga o'rnak qilib ko'rsatilgan insonlarni esa hammamiz bilamiz...
Ehhe, bu kun bilan bog‘liq xotiralar ozmuncha emas... 😊
Oqilaxon Onaxon
1avgust kundagi xayajonni esdan chiqarib bõlarmidi, xuddi xayot tuxtab qogandek bõlardi 2 soatga. 7 yil shu xayajonni xis qilganman. Shukur shu xayajonni ne'matini totyabman mana endi.
Haaa 1-avgust...Hayajonli kunlar. Exxee eslamay bo‘ladimi? Mana 4 yil oldin shu kuni imtihon topshirib, o‘qishga kirgandim. Bugun esa diplom sohibasiman(elektronniy bo‘lsa ham). Menimcha hozirgi payt imtihonlari bizni davrdagidan aaancha farq qiladi. Bilimi borlar albatta kirishadi. Men o‘qishga hujjat topshirgani borganimda qabulda o‘tirgan bir yosh domla menga bu o‘qishga topshirsang kirishinga ishonching komilmi grantlar o‘rni olimpiadistlar bn to‘lib bo‘lgan degandi. Men esa fikrimda qat‘iy turib hujjatlarimni qabul qilishini so‘ragandim. Menga maslahat bergani uchun bu domla menga yoqib qolgandi. 1-avgust-imtihon kuni auditoriya bozorga aylanib ketdi. Stressga tushib qoldim. 2-yil o‘qishga topshirishim edi. Shunda o‘sha yosh domla xonaga kirib tel., shpargalka ishlatmanglar deb tekshirib chiqib ketdi. Xudo sevgan banda ekanman o‘z bilimim bilan oxirgi o‘rinda o‘qishga kirdim (qabul 14 ta, men esa 14-bo‘lgandim).
Sentabrdan o‘qishni boshladim. Talabalik katta baxt edi. Va o‘shanda bildimki, menga maslahat bergan domla o‘shanda auditoriyaga kirib 4-5ta abituriyentga javoblarni olib kirib bergan ekanlar.😄😄😄😄. ("Grantlar").
Hozir menimcha bunaqa o‘yinlar yo‘q!
Nima bo‘lganda ham hamma abituriyentlarga talabalik baxti nasib qilsin!😊
....Mohinur....
Eh virus abuturentlar ichidagi hayajon agar borliqqa chiqanda sen butkul yuq bulib ketardin🙃🙃🙃🙃
Bu kun har talaba bulganni esidadir albatta
Abuturentalarga omad ulaga ham biz kabi talaba bulish baxti nasib etsin.🙂🙂🙂🙂🙂
NODIR ADILOV
Anniq esimda, 2011-yil ham imtihonlar 1-avgustda emas, 2-avgust kuni o'tkazilgandi. Maqtanishga arzirli darajada ball to'play olgan bo'lsam ham(183.9) ,kontraktga qabul qilinganim judda judda alam qiluvdi. Shu gaplargayam naq 9yil to'libdi. Umr oqar daryo ekan. Xuddi kechagina bo'lgandek..........☹️☹️☹️☹️☹️
Kollejdagi bitta gruppadoshimni to'yi 1-avgustda bo'lgan.Shunda rosa ajablangandim.Tavbaaa 1-avgustdayam to'y qiladimi deb.U paytlar 1-avgust men uchun qizilga olingan paytlar edi☺2015,2016,2017 yillar.2017-yil 15-avgust kuni hayotimdagi eng baxtli kunlarimdan biri😊
Muslima
Har ne bolganda ham 1-avgustda test sinovlari o'tkazilishi odatiy holday tuyulardi, barcha abituriyentlarga omad, tezroq yaxshi kunlar kelishini tilab qolaman
Ozoda Choriyeva
Balki bazi gaplarizda jon bordir lekin menimcha bo'laman degan chetda ham o'zimizda ham bo'laveradi... men chet elda yillab o'qigan lekin o'qib uqimaganlarni ham ko'pini ko'rganman... shunday odamlarni bilaman Umrida vatanidan chiqmagan lekin butun jahonga o'rnak qilib ko'rsatilgan insonlarni esa hammamiz bilamiz...
Umuman olganda man ham sizni aytganlariz xato deyolmayman. Lekin imkoniyatlar haqoda gaplashganda albatta eng katta imkoniyat bu sizni oʻrganishni istaganiz ekanligini inkor qilmagan holda. Qoʻshimcha imkoniyatlarni nisbatan kengligini aytmoqchiman.
Muhammad Jahongirov
Мен учун мухим Кун 1 август еди 2015_йил чунки уша йили мен талаба номини олган едим☺️
Meni ham 1.08 sanada xotiralarim ancha yaxshilikka boy.
Ertalabdan mevalarni yemasdan shirin choy va suyuq ovqat yeb olardik. Exxx essiz
1-avgustdanda 10-15 avgust oraliqlari eng hayajonlisi edi. G'alvir tebranadigan kunlar...
2016 yil kollejni tugatganman 2yil ketma ket inyazga topshirib kirolmadim keyin tayyorlanmay qòydim 2018yil esa baribir kirolmayman deb topshirmadim lekin imtihonlar haqqoniy bòlayotganiga ishonchim komil bòlgani uchun 4~yil iqtisod yònalishi bòyicha topshirdim 2 Avgust kuni ertalab tong saharda shaharga qarab yòl oldim bir òzim hechkim borishni hohlamadim chunki yana yiqilishdan qòrqdim imtihon bòladigan joyga yaqinlashganimda esa hechqanaqa hayajon yo qòrquv bòlmadi chunki faqat bilimimga ishonib borgandim zdaniyaga kirdik vaqt boshlandi 1~bolib anglizkiyni yechdim chunki anglizkiyim nisbatan yaxshiroq edi kòpi bilgan savollarim edi òsha ondayoq bòldi talaba bòldim deb òyladim yechib topshirib chiqib uyga kelganimda uyimdagilaga bilmadim kirolmadim shekilli deganman kech soat 7yarimlada 1avgustda imtihon topshirganlarni javobi elon qilindi u yerdagi ballni kòrib rosa yiģlaganman ( endi eslasam kulgim keladi) ertangi kuni javolarimiz chiqdi 20 kishilik kvotada 6 òrinda turgandim 14 avgustgacha imtihonla tugab 16 òringa tushib qoldim baribir kirgandim faqat kantrakt edi dadam esa uyogini òylama òzim hal qilaman degandila Ollohimga ming shukr 2kursgayam òtib oldim
No‘mon To‘xtayev
Zo'r boldi
Show next 100 comments