Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Kollejdagi bitta gruppadoshimni to'yi 1-avgustda bo'lgan.Shunda rosa ajablangandim.Tavbaaa 1-avgustdayam to'y qiladimi deb.U paytlar 1-avgust men uchun qizilga olingan paytlar edi☺2015,2016,2017 yillar.2017-yil 15-avgust kuni hayotimdagi eng baxtli kunlarimdan biri😊
Muslima
Har ne bolganda ham 1-avgustda test sinovlari o'tkazilishi odatiy holday tuyulardi, barcha abituriyentlarga omad, tezroq yaxshi kunlar kelishini tilab qolaman
Ozoda Choriyeva
Balki bazi gaplarizda jon bordir lekin menimcha bo'laman degan chetda ham o'zimizda ham bo'laveradi... men chet elda yillab o'qigan lekin o'qib uqimaganlarni ham ko'pini ko'rganman... shunday odamlarni bilaman Umrida vatanidan chiqmagan lekin butun jahonga o'rnak qilib ko'rsatilgan insonlarni esa hammamiz bilamiz...
Umuman olganda man ham sizni aytganlariz xato deyolmayman. Lekin imkoniyatlar haqoda gaplashganda albatta eng katta imkoniyat bu sizni oʻrganishni istaganiz ekanligini inkor qilmagan holda. Qoʻshimcha imkoniyatlarni nisbatan kengligini aytmoqchiman.
Muhammad Jahongirov
Мен учун мухим Кун 1 август еди 2015_йил чунки уша йили мен талаба номини олган едим☺️
Meni ham 1.08 sanada xotiralarim ancha yaxshilikka boy.
Ertalabdan mevalarni yemasdan shirin choy va suyuq ovqat yeb olardik. Exxx essiz
1-avgustdanda 10-15 avgust oraliqlari eng hayajonlisi edi. G'alvir tebranadigan kunlar...
2016 yil kollejni tugatganman 2yil ketma ket inyazga topshirib kirolmadim keyin tayyorlanmay qòydim 2018yil esa baribir kirolmayman deb topshirmadim lekin imtihonlar haqqoniy bòlayotganiga ishonchim komil bòlgani uchun 4~yil iqtisod yònalishi bòyicha topshirdim 2 Avgust kuni ertalab tong saharda shaharga qarab yòl oldim bir òzim hechkim borishni hohlamadim chunki yana yiqilishdan qòrqdim imtihon bòladigan joyga yaqinlashganimda esa hechqanaqa hayajon yo qòrquv bòlmadi chunki faqat bilimimga ishonib borgandim zdaniyaga kirdik vaqt boshlandi 1~bolib anglizkiyni yechdim chunki anglizkiyim nisbatan yaxshiroq edi kòpi bilgan savollarim edi òsha ondayoq bòldi talaba bòldim deb òyladim yechib topshirib chiqib uyga kelganimda uyimdagilaga bilmadim kirolmadim shekilli deganman kech soat 7yarimlada 1avgustda imtihon topshirganlarni javobi elon qilindi u yerdagi ballni kòrib rosa yiģlaganman ( endi eslasam kulgim keladi) ertangi kuni javolarimiz chiqdi 20 kishilik kvotada 6 òrinda turgandim 14 avgustgacha imtihonla tugab 16 òringa tushib qoldim baribir kirgandim faqat kantrakt edi dadam esa uyogini òylama òzim hal qilaman degandila Ollohimga ming shukr 2kursgayam òtib oldim
No‘mon To‘xtayev
Zo'r boldi
Forest Gamp
Ehh... 1-avgust. 2014-yil. 1-avgust. Qancha mashaqqatlardan keyin imtihon binosiga oxirida kirgandim. O'sha paytlarTerDUning imtihoni shaffofligi bo'yicha respublikada birinchi o'rinda turardi. Shuning uchun boshqa viloyatlardan ham ko'pchilik aynan mehnati kuymasligi uchun kelardi. Bularning imtihoniga chivin ham uchib kirolmaydi deyishardi. Aytganlaricha bor ekan, shekilli. O'shanda nazorat juda qattiq bo'lgan edi. Postdagilar binoga kiraverishda oyoq kiyimimni ham qo'liga olib paypaslab ko'rgan edi. Mandat o'tgandan keyin kursdoshlarimga qarab hech qanday nohaqlik bo'lmaganiga yana bir marta amin bo'ldim. Ularning hammasi vunderkind edi. Hayotimni mutlaqo o'zim istagan oqimga burib yuborgan kun uchun parvardigorga hamd-u sanolar o'qiyman. Faqat diplomli yoki maoshli bo'lganim uchun emas. Dunyoqarashim o'zgargani, qancha do'stlar orttirganim, qancha sarguzashtlar va o'lchab bo'lmaydigan zavq-u ishtiyoqni tuyganim uchun. O'tmiahimda talabalik davrim bor ekan hayotning barcha lazzatini tatib ko'rdim deb aytolaman. Barchaga sarguzashtlar dunyosi nasib etsin! Talabalar, 1-avgust muborak!
Ozoda Choriyeva
Katta rahmat 😊😊
Lekin man olgan bakalavr diplomi haligacha foydasi tegmadi. Manimcha bundan keyin ham foydasi tegmasa kerak. Tan olaman koʻp narsani aynan Universitetda oʻrganganman. Lekin ayrim hollarda universitet oʻzimga kerakli narsalarni oʻrganishimga xalal bergan. Baribir juda optimistik qaragan holda hammasi oʻzimizni qoʻlimizda ekanini aksioma deb qabul qilamiz.
Мирза Холиқов
Юртимиз, қолаверса бутун ер юзидан бу балою офат тезроқ кўтарилсин.
Албатта 1-август ҳаяжонли кун.
Чунки, йиллаб олинган таълимни синовдан ўтказиш куни бўлади ушбу кун. Синов ҳеч қачон ҳаяжонсиз ўтмайди.
Илоҳим олий ўқув юртларида ўқишни ният қилган ҳар бир инсонни омадини берсин.
Assalomu alekom. Magistraturaga hujjat topshirdim. Shu urinda bir juda qiziq savol? Nimaga davlat tomonida boshida tasdiqlangan qabul rejasi b.n hujjat topshirayotgan OTM ning qabul rejasi bir biriga togri kelmaydi?
Bu yil ko'chalar tirband (probka) bo'lmadi, 1-avgustga o'tar kechasi hech kim "Aka telefonda turib bering, aka ukachilik haqqi" deb bezovta qilmadi , X variant haqida bo'lmagan mish mishlar tarqamadi, mineral suv, ruchka, kichkina telefon, Bluetooth naushnik, mayda kitobchalar savdosi "kasod" bo'ldi.
Pandemiya milliy test tizimimizga qandaydir ijobiy ta'sir o'tkazgandek, shunday emasmi?
Show next 100 comments