Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
2015-yil 1-avgustda jiqqa terga botib issiqda naqd 3,5 soat imtihon topshirganman. bitta partada o'tirgan sherigim yarim soatda zerikib chiqib ketgandi. bu kunlarni eslash ham maroqli
Xushnudbek aka bir iltimosim bor edi: magistratura imtihonlari qachon bo'ladi, ruxsatnomani qanday olamiz, testni qaysi platformada topshiramiz, imtihonni qaysi organ oladi (masalan, DTM oladi degan gaplarham bor) ? Umuman shu kabi savollarga qayerdan javob olsak bo'ladi. Oliy ta'lim vazirligi qo'ng'irog'imizga javob bermayapti. OTM rahbariyati aniq javob ayta olmayapti. Siz yordam berishingizga umid qilaman. Avvaldan rahmat.
1-avgust hayajonlar kuni
Mashhura
Assalom aleykum barchaga, biz test topshirgan yilda 15 kunlik imtihonlar boshlangandi, lekin baribir man 1-avgustga tushib qolibman, judayam hayajonli kun edi😄 grandni umid qilib, kontraktni boshida turish esa judayam 'umidli'😄😄
1 avgust probkalar kuni shpargalkalar kuni omadlilar va omadsizla kuni
Menda ham shunday bo‘lgan
Suxrob Hayitov
Sir boʻlmasa qaysi yoʻnalishni tanlagansiz.
Tanqidchi jurnalistman😎😂 men faqat o'sha sizga kkmas Diplom kerakda menga shunga kuyib pishib yotibman..Nasib diplom ovolay keyin uyog'i farovonlik😄 Nasib etsa jurnalist bo'lish niyatidaman😊
😊😊😊😊
Ermatova Namuna Risqiboyevna
Xaqiqatdan 1 avgust xayajonli kun edi. Men uchun bu kun 3 yil xayajonli bo‘lgan. Shunga xam 14 yil b‘‘libdi. Bu yil bo‘lsa ....
3 yil tayorlanib òqishga,1 avgust kuni 20 daqiqada testni ishab chiqib ketmoqchi bólganimda chiqarishmagandi 2 soat òtirganman keyin qachon chiqarisharkin deb. 😅
Nargiza Kurbanovna
2014-yil xuddi wu kuni imtihon topshirganim hozir bugun bo'lgandek esimda. Juda xayajonlangandim kirishimga ishonchim komil edi. Olloh nasib etgan ekan men talaba bo'ldim. Ayni paytda esa 1-kurs magistraturani tugatgan talabaman. Biz imtihon topshirganda talabalik uchun ayovsiz kurash bo'lardi. Atigi 60 ta o'rinda 1010 bo'lib hujjat topshirgandim, mendan keyin yana qancha abituryent hujjat topshirgandi. Hozir esa 5 ta universitetga inmon berildi hattoki super kontraktlarga ruxsat bor. Xullas puli bor hamma o'qiydi degani bu. Mayli bu ham yaxwilikkadir. Bu yil talaba bo'lish orzusida qattiq mehnat qilib o'qigan barcha abituryentlarga omad tilayman!!!
Oʻqishga topshirguncha birinchi avgust men uchun xuddi bu dunyoning "qiyomat"idek gap edi. Yoki u yoqlik, yoki bu yoqlik boʻladigan kundek tuyulardi. 4 yil avval men tasavvurimdagi kun savol-javoblariga kirib chiqdim. Eng qizigʻi, hech qanday hayajon, qoʻrquv yoʻq edi oʻsha kuni. Bilimimga yuksak ishonch hissi bilan test ishlab chiqqanman. Shundan keyin 1-avgust ham xuddi 2-avgust yoki 31-iyuldek oddiy kun ekanini bilganman. Omadli kelgan 1-avgust. 1 ta o'rin uchun 20 ta abituriyent toʻgʻri keladigan imtihondan oʻtganman. Ollohga shukur. Mana bugun magistraturaga kirganimni nishonlayapmiz.
Ozoda Choriyeva
Tanqidchi jurnalistman😎😂 men faqat o'sha sizga kkmas Diplom kerakda menga shunga kuyib pishib yotibman..Nasib diplom ovolay keyin uyog'i farovonlik😄 Nasib etsa jurnalist bo'lish niyatidaman😊
Mana masalan sizga jurnalist degan diplom kerak emas. Agar diplom olsayiz va uni ishlatsayiz katta ehtimol bilan yaxshi jurnalist boʻlolmaysiz. Bu gaplarim hozirgi holatdan xulosasidan kelib chiqib aytdim. Masalan sizda biror blogga oʻxshagan narsa bormi. Telegram kanalmi, facebookda faolmisiz. Umuman siz ancha oldindan boshlash imkoniz boʻlgan bu ishni.
BOTIR
Биринчи август кора ройхатдиги кун. Чунки у куни боган имтихондан йикилганман. 4-август бахтли кун
2007 yil 1 avgust. Yuridik institut imtihoni juda esdaqolarli bolgan. Test soat 2da boshlangan. Bir narsalar bopketgan
O'zi aytdima bugun qandaydir boshqacha kun deb....
Student ....
Assalomu aleykum hammaga hayrli kech ótgan yili menda qiziqarli voqea bolgandi birinchi imtixon kunim hayojonlanib toyorlanib shodhib pushing kech qolmay Deb tez bordim imtixon vaqti 14:00da edi men uydan 12:00da chiqib kettim. Imtixon zalaliga borib taxsidan tushganimi bilaman hammani qolida posport xujjati hayron bolib sumkamni qarasam sumkamda xujjatim yoq 😂😂😂😂yig'lashi boshlab yubordim endi kirolmiman Deb haliyam akam bor eken darrov tel qilib olib keling dedim uyimizdan 1sotlik yol sotga qarasam 13 bolibdi akam kelgjncha bir ahvol boldim hamma kirib ketgandan kn oxirda kirdim 😊😊😊
Show next 100 comments