Тестсиз ўтган 1 август
Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!
Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.
Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба
1 август куни тест синовлари ўтказилмади.
Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.
Изоҳларда фикрларингизни кутаман.
👉 @xushnudbek 👈
Men 2chi gurux nogironman 2ta opam oliy ma'lumotli huquqshunos biri magistr men kollejni tugatgan yılım institutga kirolmadim keyin dadam IIB dan pensiyaga chiqqach og'ir dardga chalinib qoldi meni oliy ma'lumotli bo‘lishimni hohladi(shu holida ham ) meni ko‘nglimga sig‘madi ular olamdan o'tdilar keyingi yillarda ukam o‘qisin har holda erkak kishi noni butun bo‘lsin deb unga yo‘l berdim 3 yil topshirib kirolmadi. Har yili imtiyoz bor o‘qib oling deydigan insonlar ko'paydi. Karantin boshlanib online psihologik kurslarda qatnashdim ancha ruhiy tushkunlikdan qutulib shu sohaga qiziqib qoldim bu yil bakalavriat sirtqi bo‘limga topshirdim qarangki 10 yildan beri kutgan kunlar karantin sababli orqaga surilmoqda bu ham bir hikmat balki shu sababli o‘qishga bo‘lgan muhabbatimiz yana ham oshar . Mavzuga mos bo‘lmasada fikrlarimni sizlar bilan o‘rtoqlashgim keldi Jamiyatga nafi tegadigan inson bo‘lishni istayman o‘qib olsam har tugul biror tashkilotda bo‘lmasa ham online kurslar tashkil etib kimlarnidir hayotiga baxt quvonch opkirsam ko‘nglim taskin topadi. Yangittan tug‘ilib o‘z qobig‘ini yorib chiqqan imkoniyaticheklangan insonlar ko‘paysa ular davlatdan yordam kutmay davlatga yordam bersa maqsadimga erishaman 😊