Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Anora Erkinovna
Assalomu aleykum!!! 1avgust menda 1 marta bòlgan. Bulganda ham juda ajoyib edi. Imtihon buladigan binoni adashtirib 30 minutlar kech qolib imtihonga kirganman. Haligi opalar tekwiriwga ham ulgurmagan sababi 8.30da kech qolib yugurib yugurib imtihonga kirgandim òshanda😂😂😂. Kirdimu kaplagim uchdi. Men shu paytgacha uzimni zòr deb bilardim. Bilimimga ishonardim
Egzamenga kirib bildimki mendan ham aqlli chunchegi qappaygan bilimli abiturientlar bor ekan. Tuģri kech qolib kirganman testga lkn savollar varaqasi hamma kelgach ochilishi kk edi. Lkn hamma uzicha test ishlab turiwardi. Sherigim ham... kimdir uqiwga kirmasa erga bervoriwlarini rukach qilib teldan foydalanishni surasa kimdr olib ketilgan iwlanayotgan testini oliw un qornim oģrib qoldi db bahona qilardi. Sherigimning savollar varaqasida kimningdir ismi sharifi qalam bn yozilgan ekan faqat undamas kopchilikda....Qisqasi men rektoriski gruppadaligimni shundan bb qoldim. Qaltirab kimyodan biladigan savolimni ham iwlayolmaganman. Kech kirgan bulsamda nazoratchilar tezroq meni chiqariwga urinar vaqt tugadi db shoshirardi. Lkn bazi bir boyvachchalarga indamasdi. Ular tojikchasiga gap sotib utiriwardi. Testlar uz uzidan iwlangandi. Bowqa nima ham qilardi....
Nastroyeniyam òlgan bir nimlarni belgilab chiqdim. Uzimcha zòr iwlagandim. Shunday zorligimdan kontrakka tuwdim. Zato òqiwga kirim. Haligi sherigim va men nafrat bn qaragan abiturientlar hozirda men bn kursdow. Otasini puli halol ekan budjedda oqiwadi😂😂😂😃😃😄😄
Baraka topiwsin lkn kallani turtsa bum buww.
1 avgust emas, 1-avgust
Assalom aleykum xayrli tong bugungi kunimiz xayrli va barakali bõlsin. Bu yil 4- yil bõladi institutga topshirishim. Amaliy ya'ni ijodiy imtihonlarda ham pul rõl õynaydi. Har safar puli bor ammo bilimi yõq talabalar õqishga kiradi hattoki guvohi ham bõlganman. Lekin hech qachon kõnglimni chõktirmaganman chunki Allohning menga atagani bor albatta bunga ishonaman. Illohim sizlarga õxshab talab bõlish menga ham nasib qilsin, sizlarni yõlingizni bersin Allohim.
Doniyor Esonbekovich
Ха лекция деган нарса Зур эди сал кам коп коронгу залда уйкуни купчилик оркада уреееб ётишарди, у́зиям домлаларнинг овози аллага ухшаб эшитилгандан кейин 😃😃😃
Xudo hohlasa hammasi yaxshilikka bo'lishini, ertaroq bu pandemiya tugashini va xalqimizdan sabirli bulishini tilab qolaman
Lobar Ashurova
Xudo xohlasa,Yurtimiz va Xalqimiz bu sinovli davrdan ham birdamlikda, sogʻ-salomat yengib oʻtishimizga ishonaman. Kelasi yil 25 yillik anʼana yana davom etishini istardim. Chunki bu kun juda ajoyib edi.
КАЙИМОВ САМАД
Assalomu alaykum barchaga xayrli tong.Mana bizda 1-abgust ham hayojonsiz òtib 2-avgustni qarshiladik.Allohdan biz ham tezroq bu kòrinmas vaboning ham davosi topilib,biz ham shu yil talabalar safiga shòx xandon òģil qizlar bòlib qòshilib òqishga kirishimizni kechau kunduz sòrab qolaman🤲🤲
Assalomu alaykum azizlar yoshim 45 da Xushnudbek kanalini kuzatib borganim bois fikr bildirigim keldi.1993 yilda o‘zim test topshirgan edim mana 3 farzandim ham test topshirib talaba bo‘ldi . Bu yil avgust kutmaymiz (chunki farzandining qay kayfiyatda chiqishi yuragingni bir yoqlik qiladida) o‘qishga topshiradiganim yo‘q degandim lekin o‘quvchilarimni kayfiyatini ko‘rib tezroq testlar o‘tkazilsa yurtimizdagi balo tezroq yo‘qolsa deb duo qilib o‘tiribmiz
Эралиев Аббосбек
1 avgust emas, 1-avgust
Kirill alifbosida tartib sonlardan keyin "chiziqcha" qo‘yilmaydi.
E oqiwi sogindi kursdowlaaa☹
Qaysidir yili 1- avgustda test bo'lmagan
Yili aniq esimda yo'q
2012- Yilda 2- avgust kuni bo'lgandi adashmasam
Bundan roppa-rosa 10 yil oldin ya'ni 2010-yilda talaba bo'lganmam. 1-avgustni baribir o'rni va zavqi o'zgacha. Bu kunni yaxshi ko'raman. Allohning inoyatini qarangki 7 yil o'tib ta'ni 2017-yiL 1-avgust kuni qizaloqli bo'ldik. Endi har yili 1-avgustni xursand bb kutamiz, hamda talabaligimni yana bir bor eslayman.
U.S.N
Assalom aleykum xayrli tong bugungi kunimiz xayrli va barakali bõlsin. Bu yil 4- yil bõladi institutga topshirishim. Amaliy ya'ni ijodiy imtihonlarda ham pul rõl õynaydi. Har safar puli bor ammo bilimi yõq talabalar õqishga kiradi hattoki guvohi ham bõlganman. Lekin hech qachon kõnglimni chõktirmaganman chunki Allohning menga atagani bor albatta bunga ishonaman. Illohim sizlarga õxshab talab bõlish menga ham nasib qilsin, sizlarni yõlingizni bersin Allohim.
Касбий ижодий пул рўл ўйниди лекн азгинча бўлсаям истеъдод билим бўлш кере дб ўйлиман.у хч қанақа блими йў истеъдоди йў олдтн хч қатта ўқмаганла ўзига ишонмаган пули кўпла пул тқшади. манам ижодийга топшранман етганизде омадимиззи бериб криб кетилу. Е егзамен бўлшиям есмдан чқб кетти боошида хаяжон бориди хоз хаяжонам йўў есласам хаяжонланаману лекн авалгдемас.ижодийлага қйн бўлади манмча хама тест хақда гапрвотти ижодий хақда гапрмидиям.Қйн бўлади дганм сабаби ижодийдегила шуғлланб турш кере бабр ўқтучилари блан карантин туфайли хама уйда хаманиям уйида мусиқа асбоби йў бу - биз учун .
Ҳа ижодий пул бўлади,бунгаўзим гувоҳбўлганман
Барибир 1-август хотирамизда ҳаяжонли кун сифатида қолган
Усманов Сардорбек
ИККИНЧИ МУТАҲАСИСЛИККА ҚАБУЛ ҚАЧОН ОЧИЛАДИ ХУШНУДБЕК АКА
Hushnud aka 2007 yil 1 marta imtihon topshirib talaba bo‘lganman. Eng qizig‘i imtihonda bo‘lgan. Yonimda o‘tirgan abiturientning telefoni bor ekan. Sekin olib telefonni ishga tushirgan edi bezzvuk qilmagan ekan Nokia telefonni musiqa jarangladi. Hammani ko‘zi bizda. Test nazoratchisi bizni turg‘izib telefonni olib qo‘ydi. Keyin yana ruxsat tegib testni davom ettirdik. Oradan biroz vaqt o‘tib haligi abiturientni qo‘lida yana bitta telefon bor. Hayron qoldim qayerga joylab olib kirgan menga qorong‘u. Hayriyat bugal bezzvuk qilib qo‘ygan ekan. Lekin aytsam ishonmaysiz. Kimgadir telefon qiluvdi jaranglagan ovozda "chaqirilayotgan telefon o‘chirilgan" degan ovozdan keyin yana nazoratchilar bizni turg‘izib qo‘ydi. Shu bilan testni tik oyoqda turib ishlab chiqib talaba bo‘lganman.
Show next 100 comments