Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Эралиев Аббосбек
1 avgust emas, 1-avgust
Kirill alifbosida tartib sonlardan keyin "chiziqcha" qo‘yilmaydi.
E oqiwi sogindi kursdowlaaa☹
Qaysidir yili 1- avgustda test bo'lmagan
Yili aniq esimda yo'q
2012- Yilda 2- avgust kuni bo'lgandi adashmasam
Bundan roppa-rosa 10 yil oldin ya'ni 2010-yilda talaba bo'lganmam. 1-avgustni baribir o'rni va zavqi o'zgacha. Bu kunni yaxshi ko'raman. Allohning inoyatini qarangki 7 yil o'tib ta'ni 2017-yiL 1-avgust kuni qizaloqli bo'ldik. Endi har yili 1-avgustni xursand bb kutamiz, hamda talabaligimni yana bir bor eslayman.
U.S.N
Assalom aleykum xayrli tong bugungi kunimiz xayrli va barakali bõlsin. Bu yil 4- yil bõladi institutga topshirishim. Amaliy ya'ni ijodiy imtihonlarda ham pul rõl õynaydi. Har safar puli bor ammo bilimi yõq talabalar õqishga kiradi hattoki guvohi ham bõlganman. Lekin hech qachon kõnglimni chõktirmaganman chunki Allohning menga atagani bor albatta bunga ishonaman. Illohim sizlarga õxshab talab bõlish menga ham nasib qilsin, sizlarni yõlingizni bersin Allohim.
Касбий ижодий пул рўл ўйниди лекн азгинча бўлсаям истеъдод билим бўлш кере дб ўйлиман.у хч қанақа блими йў истеъдоди йў олдтн хч қатта ўқмаганла ўзига ишонмаган пули кўпла пул тқшади. манам ижодийга топшранман етганизде омадимиззи бериб криб кетилу. Е егзамен бўлшиям есмдан чқб кетти боошида хаяжон бориди хоз хаяжонам йўў есласам хаяжонланаману лекн авалгдемас.ижодийлага қйн бўлади манмча хама тест хақда гапрвотти ижодий хақда гапрмидиям.Қйн бўлади дганм сабаби ижодийдегила шуғлланб турш кере бабр ўқтучилари блан карантин туфайли хама уйда хаманиям уйида мусиқа асбоби йў бу - биз учун .
Ҳа ижодий пул бўлади,бунгаўзим гувоҳбўлганман
Барибир 1-август хотирамизда ҳаяжонли кун сифатида қолган
Усманов Сардорбек
ИККИНЧИ МУТАҲАСИСЛИККА ҚАБУЛ ҚАЧОН ОЧИЛАДИ ХУШНУДБЕК АКА
Hushnud aka 2007 yil 1 marta imtihon topshirib talaba bo‘lganman. Eng qizig‘i imtihonda bo‘lgan. Yonimda o‘tirgan abiturientning telefoni bor ekan. Sekin olib telefonni ishga tushirgan edi bezzvuk qilmagan ekan Nokia telefonni musiqa jarangladi. Hammani ko‘zi bizda. Test nazoratchisi bizni turg‘izib telefonni olib qo‘ydi. Keyin yana ruxsat tegib testni davom ettirdik. Oradan biroz vaqt o‘tib haligi abiturientni qo‘lida yana bitta telefon bor. Hayron qoldim qayerga joylab olib kirgan menga qorong‘u. Hayriyat bugal bezzvuk qilib qo‘ygan ekan. Lekin aytsam ishonmaysiz. Kimgadir telefon qiluvdi jaranglagan ovozda "chaqirilayotgan telefon o‘chirilgan" degan ovozdan keyin yana nazoratchilar bizni turg‘izib qo‘ydi. Shu bilan testni tik oyoqda turib ishlab chiqib talaba bo‘lganman.
Men esa 2018 yil 11 avgustda talaba bòlganman
Ma'ruf Begmanov
Xamisha bizni xoriramizga 1 avgust test kuni bo'lib qolaveradi!
Assalomu alaykum Xushnudbek aka.
Men ilk bor 2013-yil Sharqshunoslik institutiga óqishga topshirganman.Óqishga tayyorlanishni boshlaganimdan onam menga yo kirsang óz biliming bilan kirasan yoki umuman kirmaysan.Telefon va boshqa shpargalkalarni umuman hayolingdan chiqarib tashla deb uqtirganligi uchun faqat bilimim bilan kirishga harakat qildim.Lekin birinchi yil topshirayotgan insonda negadir hayajon ham qórquv ham deyarli bólmas ekan.Shuning uchun 1-avgust kuni hech ikkilanmasdan institutga faqatgina pasportimni kótarib borganman.Ha aytgancha ósha payti aksiga olib tomoģim oģrib qolganligi uchun ichib yurgan tabletkamni ham imtihonga kirish oldi uloqtirib yuborganman.Imtihon ótadigan xonaga kirgunimizgacha taxminan 6 ta tekshiruvdan ótdik.Hattoki remenning orqasiyu paypoqning ichiyu tuflimning poshnasi ham qolmadi.Men esa hech narsa olib kirmayotganligim uchun shunchalik xotirjam va xursand edimki ichkarida faqat bilimlilar imtihon topshira olar ekan deb quvonardim.Lekin afsus xonaga kirganimdan sóng naqadar yanglishganligimni tushunib yetdim.Guruhdagi 20 ta abituriyentdan atigi 3 kishi telefon olib kirmagan ekan.Biz qancha nazoratchiga bu haqida aytsaksa lekin natija bôlmadi.Imtihondan hafsalam pir bólib chiqdi.Qanchalik adolatsizliklarga insonlarning indamasdan kôz yumib turganligining guvohi bóldim.Ósha yili yiqildim.Lekin bu narsa menga ilk hayotiy haqiqatni ochib berdi.Keyingi yil yanada kuchliroq , bu safar yiqilsam nima bóladi degan qórquv bilan , fanlarimni ózim ishlab chiqqan ózimga moslashtirilgan holdagi jadval bilan ózlashtirdim.Kelasi yil Guliston Davlat Universitetiga birinchi órinda davlat granti asosida óqishga qabul qilindim.Hattoki ósha yili institutimiz rektori bilimlar kunida bu yutuģim uchun esdalik sovģalar bilan ham taqdirlagan edi.Óshanda aslida haqiqat ózimizda ekanligini, agarda chin dildan jon jahdimiz bilan biror nimaga harakat qilsak adolatsizlikdan ham ustun kela olishimiz mumkin ekanligini tushunib yetdim.Chunki men topshirgan institutda ham telefon yoki shpargalkalar bilan kirganlar bor edi.Lekin ulardan ham ustun kelish mumkin ekan.Bu faqat ózimizga boģliq.
Bu kunni endi bu yosh avlodga tushuntirib berish qiyin, sababi o'ziga ishongan talabalar xam ichkaridagi muhitdan boshlari aylanib, nima qilishlarini bilmay qolishardi. Bu kunda o'zini hushini yo'qotganga solib, tashqariga chiqib, nimalarnidir olib kelib, yana xech nima bo'lmaganday telefonlardan foydalanib talaba bo'lgan qizlarni xam ko'rganmiz. Men 2 yil boshimdan o'tkazdim 1 avgustni, unga shunchaki bilimli bo'lishni o'zi yetarli emas edi go'yo, ruxiy tayyorgarlik xam anchagina as qotar edi. Endi bo'lsa sharoitlar anchagina yaxshi, yana 2 ta fandan test topshirsang bo'ldi, bir vaqtning o'zida 5 ta oliy ta'limga topshirish imkoniyati.
Эхххххх 1-август
Мени хаяжонга солган 1 августгаям нақ 20 йил бўлибдияя
SIDDIQOVA MUKARRAMXON HABIBULLAYEVNA
1-avgust desa ,yuragimda shirin hayajon va qo'rquv bo'lardi...O'zim emas , farzandlarim o'qishga kirganda...Katta farzandim imtihonga kirganda formulalarni qog'ozga yozib olgan ekan. Undan uni o'zim olib qo'yganman.Sizni chalg'itadi deb... Yonimizdagilar hayron bo'lgan. Lekin telefon va shpargalkasiz ham grantga kirgan.
Zokirjon
1 avgust juda hayajonli o‘tgan. Matematika dan bilgan savolimga noto‘g‘ri javob belgilab qo‘ygan ekanman. Oxirida qayta tekshirishda to‘g‘rilaganman. Xayronman qanday u javobni belgilaganimga. Bu yil magistraturada imtixonda xotirjamlikka berilishni maqsad qildim.
A X A D J O N
Salom Xushnud aka mana 4 yil ham qanday o‘tganini sezmay ham qoldim yaqinda talaba edim endi esa bu shirin xotiraga aylandi
Show next 100 comments