Тестсиз ўтган 1 август
Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!
Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.
Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба
1 август куни тест синовлари ўтказилмади.
Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.
Изоҳларда фикрларингизни кутаман.
👉 @xushnudbek 👈
Yili aniq esimda yo'q
Men ilk bor 2013-yil Sharqshunoslik institutiga óqishga topshirganman.Óqishga tayyorlanishni boshlaganimdan onam menga yo kirsang óz biliming bilan kirasan yoki umuman kirmaysan.Telefon va boshqa shpargalkalarni umuman hayolingdan chiqarib tashla deb uqtirganligi uchun faqat bilimim bilan kirishga harakat qildim.Lekin birinchi yil topshirayotgan insonda negadir hayajon ham qórquv ham deyarli bólmas ekan.Shuning uchun 1-avgust kuni hech ikkilanmasdan institutga faqatgina pasportimni kótarib borganman.Ha aytgancha ósha payti aksiga olib tomoģim oģrib qolganligi uchun ichib yurgan tabletkamni ham imtihonga kirish oldi uloqtirib yuborganman.Imtihon ótadigan xonaga kirgunimizgacha taxminan 6 ta tekshiruvdan ótdik.Hattoki remenning orqasiyu paypoqning ichiyu tuflimning poshnasi ham qolmadi.Men esa hech narsa olib kirmayotganligim uchun shunchalik xotirjam va xursand edimki ichkarida faqat bilimlilar imtihon topshira olar ekan deb quvonardim.Lekin afsus xonaga kirganimdan sóng naqadar yanglishganligimni tushunib yetdim.Guruhdagi 20 ta abituriyentdan atigi 3 kishi telefon olib kirmagan ekan.Biz qancha nazoratchiga bu haqida aytsaksa lekin natija bôlmadi.Imtihondan hafsalam pir bólib chiqdi.Qanchalik adolatsizliklarga insonlarning indamasdan kôz yumib turganligining guvohi bóldim.Ósha yili yiqildim.Lekin bu narsa menga ilk hayotiy haqiqatni ochib berdi.Keyingi yil yanada kuchliroq , bu safar yiqilsam nima bóladi degan qórquv bilan , fanlarimni ózim ishlab chiqqan ózimga moslashtirilgan holdagi jadval bilan ózlashtirdim.Kelasi yil Guliston Davlat Universitetiga birinchi órinda davlat granti asosida óqishga qabul qilindim.Hattoki ósha yili institutimiz rektori bilimlar kunida bu yutuģim uchun esdalik sovģalar bilan ham taqdirlagan edi.Óshanda aslida haqiqat ózimizda ekanligini, agarda chin dildan jon jahdimiz bilan biror nimaga harakat qilsak adolatsizlikdan ham ustun kela olishimiz mumkin ekanligini tushunib yetdim.Chunki men topshirgan institutda ham telefon yoki shpargalkalar bilan kirganlar bor edi.Lekin ulardan ham ustun kelish mumkin ekan.Bu faqat ózimizga boģliq.