Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Жамол Бекмуродов
Оллох хаммамизни уз панохида асрасин юримиз хамиша тинч булсин
FARIDA
2019-yil 1-avgust bu kun hayotimdagi unutilmas kunladan biri bo'lib xotiramga muxrlangan sababi talabalik baxtiga muyassar bo'lganman Alhamdulillah
Nasib qilsa bu yil imkoniyatlar katta barcha mehnat qilgan abituriyentlarga talaba bo‘lish nasib qilsin .Alloh barchamizga sabr bersin bu ham bir sinov.
Men 1-avgust 2014 - yil egzamenga bordim qarasam hech kim kirmayabdi. Ovqatlandim. Borib nazoratchidan surasam hamma kirib bulganmish. Tezda hujjatim olib choptim qolib kettim deb. Nazoratchilarga o'zim yordam berdim tez tekshirsin deb. Ichkariga kirsam hamma meni Nazoratchi deb boshqacha qarab qurqishdi chog'i. Men ham egzamenga dedim. Kirsam aynan menga sutul yo'q. Kiyin uch oyog'i bor mayib stol keldi. Tezda egzamen boshladim. Tugatib hujja topshiray desam stul og'nadi. Nega almashtirmadiz deganda vaqt yuqmatmay dedim. Hujjat topshirar ekan negadi mendan kiraolasizmi deb suradi. Men taqdir deb javob berdim. Xullas hammadan kyin kirib hammadan oldin chiqib uch oyoqli stulda 30 kishilik 87 gruppada faqat men meditsina talabasi bulganman. Shu yil tugatdim...
Ilohim hammamizga bu yil talabalik nasib qilsin.
Bu yil bitirish ham nasib qilmaydi 1- avgust kuni test topshirish ham
Шухрат Аликулов
1 август билимлилар қадрланадиган ягона кун эди
_ UZB_
Barcha abituriyentlarga OMAD !!!!!
Hammasi endi yolg‘iz ollohdan. Bizdan esa faqat va faqat sabr va iroda talab etiladi
Barcha abutirindlarni omadni bersin.
Perevod bilan bog'liq hujjatlarni topshirib beramiz. Bog'lanish uchun - @hulio94 ga murojaat qiling. Xizmat pullik.
nma gapla talabalaaa😂
Akram
2003 yil 1 august Toshkent Farmasevtika Institutiga imtihonga kirganman. 37 -guruh, 17- joy, 132 - variantdagi test varaqasi edi. Xullas birinchi yilim edi 9-kontrakt bo'lganman. Avvaliga hammasi adolatli bo'lgan deb o'ylaganman. O'qishga kirib bilganmanki adolat men o'ylagandek emas ekan. Byujetdagilarni deyarli yarmi o'zi kirmagan ekan. Ya'ni meni o'rnim ham byujetda bo'lishi kk edi. Va men hayotimdagi birinchi deyolmaymanu lekin adolatsizliklardan birini qurboni bo'lib 5 yil kontrakt to'lashga majbur bo'lganman. O'ta bemaza davr edi. Keyinchalik yana battarlashib ketdi.
2015-yil testga birinchi marta kirganman..shunchalik sodda bolganmanmi ili ahmoqgarchilikmi tel chontagimda qolib ketgan.Ichkarida tel qiladigan odamim yuq.Keyin bitta akam balnitsada edi ushanga tel qilib sogligini soraganman xolos shu yil kontrakt boldim lekin sharoit tufayli oqimadim keyin muddatli harbiy xizmatga bordim.2017 -yil Chirchiq Oliy Tank Qomondon-Muhandislik Bilim Yurtiga kirdim.Hozirda bolajak 4-kursman.Lekin 2015-yil 1-avgust umuman yodimdan chiqmasa kerak..🤣🤣🤣
Men ham abituriyentman bu yil imtihon topshiraman. Alloh roziligi uchun sizlar ham duo qiling studentkalik nasib qilsin.
Haa.1 avgust biz uchun omad eshiklariga eltuvchi yo‘l edi. Avgust oyida men ham talaba bo‘lganmaan😊😊😊
Tezroq karantin ochilsinu,studentligimga qaytay🙏🙏
3 yil o‘qishga topshirib 1-avgustni kutgandim bu yilgi 1-avgust juda g‘alati bo‘ldi. Kaarantinni bitta foydasi masofadan o‘qish bizda ham ozgina rivojlandi deb o‘ylayman
Shaxzod Mustafayev
1-avgust boshqacha edi baribir...
Doniyor Hasanov
Gulnora Sa'dullayevna
Magistratura imtihoni ham kechiktirilarmikanaa? Òqishga ulgurmagan kitoblarim bor edidaaa.
"Magstraturaga kirish imtihonlari ham qachon o'tkazilishi noma'lum". Oliy va o‘rta mahsus ta'lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev. @uzabt
Show next 100 comments